«Mohiyat va hodisa»
kategoriyasini olib ko‘raylik. Mohiyat-o‘zida alohidalik,
maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism,
sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. Hodisa esa, ularning bog‘lanishi,
aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir. Mohiyatni alohidalik, maxsuslik,
umumiylik, butun, qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib o‘rganish maqsadga
muvofiq. Bundan tashqari, subyekt nazarida ahamiyatiga va funksiyasiga ko‘ra, asosiy
va asosiy bo‘lmagan, nisbatan barqaror yoki o‘zgaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning
rivojlanishi jarayonida o‘rnini almashtirib turishlarini e’tiborga olish zarur.
Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish ularning inson ehtiyojlarini qondirish
vazifasi va maqsadlarini konkretlashtirishdan iborat. Masalan, jamiyat ustqurmasining
siyosiy elementi bo‘lgan davlatning maqsadi va vazifasi, ularni amalga oshirish usul
hamda vositalari mamlakat hududida yashayotgan kishilarning muayyan hayot
sharoitlarini ta’minlashdan iborat bo‘lib, uning mohiyatini tashkil qiladi. Shunga ko‘ra,
har qanday mohiyatni odamlarning manfaatlari va ehtiyojlariga, sivilizasiya kelajagiga
bog‘lab tahlil qilgandagina, u ahamiyatga ega bo‘ladi.
Narsa va hodisalarni bilish hamda o‘zgartirishga inson muayyan ehtiyojlar asosida
yondoshadi. Bu yondoshish subyektiv harakterga ega bo‘lib, uning konkret ehtiyojlari va
manfaatlari nuqtai nazaridan baholanadi. Masalan, chanqagan kishi uchun suv uning
chanqog‘ini qondirish, fizik uchun-agregat holati, elektr tokini o‘tkazishi yoki optik
xususiyatlari, ximik uchun, uning N
2
O kimyoviy birikma sifati, tegirmonchi uchun-
tegirmon parragini aylantirish xususiyatlari asosiy mohiyat hisoblanadi.
Narsa va hodisalar doimiy rivojlanib turishi jarayonida, ularning mohiyati ham,
shunga mos tarzda hodisa ham o‘zgarib turadi. Mohiyatdagi har qanday juz’iy o‘zgarish
ham, uning muqarrar o‘zgargan hodisasida ifodalanadi. Masalan, suvning elektr tokini
o‘tkazish xususiyati, uning temperaturasiga bog‘liqligi aniqlangan. Agar biz suvning
temperaturasini ma’lum darajada ko‘tarsak, uning elektr tokini o‘tkazish xususiyatini
o‘lchaydigan asboblar bu o‘zgarishlarni qayd qilmasligi mumkin. Lekin, bundan suvning
mohiyatini ifodalaydigan elektr tokini o‘tkazuvchanlik xususiyati yo‘qolgan, degan
xulosa kelib chiqmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |