Borliq va rivojlanish falsafasi


Inson borlig‘ining o‘ziga xos xususiyati



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/36
Sana07.12.2022
Hajmi0,59 Mb.
#880462
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
2.BORLIQ VA RIVOJLANISH FALSAFASI

Inson borlig‘ining o‘ziga xos xususiyati
. Inson borlig‘i tirik tabiatdan tabiiy 
rivojlanishning butunlay yangi, yuqoriroq bosqichi ekanligi bilan ajralib turadi. Ayni 
shu sababli yuqoridagi mavzuda jonli narsalar borlig‘i haqida nima deyilgan bo‘lsa, 
barchasi insonga ham tegishli va uning tabiiy-jismoniy, biologik asosi hisoblanadi. 
Shunday qilib, jonli organizmlarning mavjudlik qonunlari va tamoyillari his etuvchi 
mavjudot sanalgan insonga nisbatan ham to‘la tatbiq etiladi. Ammo bundan tashqari 
insonni qolgan barcha jonli narsalardan farqlash imkonini beradigan, unda hech 
shubhasiz mavjud bo‘lgan, lekin sinchiklab qaraganda ko‘rinmaydigan, aniq tavsif 
berishning iloji bo‘lmagan nimadir mavjud. Insonning ichki dunyosini aks ettiruvchi 
bu «nimadir» turli davrlarda turli mutafakkirlar tomonidan jon, ruhiyat, ong, tafakkur, 
ideal va hokazolar deb atalgan.
Insonning mohiyatini tushunishga urinishlar, inson borlig‘ining o‘ziga xos 
xususiyatini aniqlash istagiga biz ibtidoiy jamoa davridayoq duch kelamiz. Falsafa 
tarixida inson individualligining ichki, yashirin holatini aks ettiruvchi «jon» va «ong» 
tushunchalarining tahliliga alohida e’tibor qaratilgan.


Jumladan atoqli sofistlardan biri Protagor (mil. av. 490-420 yillar) mil. av. V 
asrdayoq «inson barcha narsalar mezonidir: u mavjud narsalarning mavjudligini, yo‘q 
narsalarning esa yo‘qligini belgilaydi», deb qayd etgan edi. Suqrot (mil. av. 469-399 
yillar) ham haqiqat izlab insonga murojaat etadi. Inson o‘z joni faoliyatini boshqara 
oladi, shu bois dunyoni tushunish yo‘li o‘z-o‘zini bilish orqali o‘tadi, deb hisoblaydi. 
Suqrotning mashhur shogirdi Platon birinchi bo‘lib jon haqidagi yaxlit ta’limotni 
yaratdi. U odamlar jonining qandayligiga qarab ularni har xil tiplarga ajratdi.
Keyingi davrlarda Seneka, R.Dekart, A.Navoiy, A.Jomiy, I.Kant, I.G.Fixte, 
J.P.Sartr, M.Xaydegger va boshqa mutafakkirlar insonning ma’naviy negizini 
birinchi o‘ringa qo‘yib, uning ongi, ma’naviy dunyosi va bilish qobiliyatlarini 
o‘rganish ishiga salmoqli hissa qo‘shdilar. Biroq XXI asrda deyarli ikki yarim yillik 
tarixiy taraqqiyot jarayonida ham inson muammosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish