Borliq shakllari


Borliq shakllari va ularning mazmun-mohiyati



Download 157 Kb.
bet4/17
Sana03.07.2022
Hajmi157 Kb.
#736752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
BORLIQ SHAKLLARI

2. Borliq shakllari va ularning mazmun-mohiyati
Moddiy va g'oyaviy borliq
Atrofimizni o'rab turgan dunyo ikki xil reallikdan tashkil topgandir. Ular ob'ektiv reallik va sub'ektiv reallik, deb ataladi. Ongimizdan tashqarida va unga bog'liq bo'lmagan holda mavjud bo'lgan reallik ob'ektiv reallik deyiladi. Bu tushunchani materialistlar materiya tushunchasi bilan aynan bir ma'noda ishlatishadi. Reallikning inson ongi bilan bog'liq bo'lgan va ongning maxsuli hisoblangan qismi sub'ektiv reallik, deyiladi. Ob'ektiv reallik moddiy borliq tushunchasiga mos kelsa, sub'ektiv reallik esa borliqning g'oyaviy, ma'naviy shakliga muvofiq keladi. Materializm vakillari borliqning g'oyaviy shaklini moddiy shaklining mahsuli, deb hisoblaydi. Idealistik konsepsiya tarafdorlari esa moddiylik g'oyaviylikning ijodiy hosilasi yoki g'oyaviylikning namoyon bo'lish shaklidir, deb hisoblaydi. Aslida ikki reallik ham mavjudlik siftida borliqning mustaqil ko'rinishlaridir. Ular bir-biri bilan chambarchas bog'langan va bir-birini taqozo qiladi. Shu sababli ularni birlamchi yoki ikkilamchi mohiyatga ega deb, bir-biridan ajratish, bir-biriga qarama-qarshi qo'yish maqsadga muvofiq emas. Borliqning muhim xususiyati uning o'zgaruvchanligi, rivojlanuvchanligi, takomillashuvchanligidir. Bu xususiyat moddiy va ma'naviy borliqning birligi oqibatida namoyon bo'ladi.
Aktual va potensial borliq
Aktual borliq - borliqning ayni paytda va shu joydagi voqyelikda namoyon bo'lib turgan va shu voqyelik bilan aloqadorlikdagi qismi. Bu ob'ektiv reallik tushunchasiga mos keladi, chunki ob'ektiv reallik
Aslida borliq butun mavjudlik va reallikning barcha shakllarini o'ziga qamrab oluvchi universal falsafiy kategoriyadir. Mavjudlik borliqning ro'y berayotgan qismi bo'lib, u ham ob'ektiv, ham sub'ektiv reallikni birday qamrab oladi, reallik esa ro'y bergan, ro'y berayotgan va ro'y berishi mumkin bo'lgan voqyelikdir. Virtual voqyelik, ehtimoliy voqyelik reallikka kirmaydi. Reallik konkretlik (muayyanlik) va zaruriylik belgisiga ega bo'lgan voqyelikdir.
Borliqni matematik g'oyalar dunyosi sifatida talqin etuvchi konsepsiyalar ham mavjud bo'lib, bunday konsepsiya tarafdorlaridan biri Oksford universitetining matematika professori Rodjer Penrouzning fikricha, flzik dunyo "vaqtdan tashqaridagi" matematik g 'oyalar (kursiv bizniki. - B.T.) dunyosming hosilasidir1. Uning fikricha, biz tabiat qonunlarini qanchalik chuqurroq tushuna boshlasak, fizik dunyo shunchalik yo'qolib boradi, "erib ketadi" va oxir oqibatda sof matematik g'oyalar, qoidalar va tushunchalar bilan yuzma-yuz kelamiz2. Bu go'yoki Platon aytgan g'oyalar dunyosini eslatadi. Haqiqatan ham Koinot evolyusiyasining ilk bosqichi haqida gap borganda, shubhasiz biz odatlanib qolgan qo'pol fizik voqyelikdan juda ham uzoqlashib, borliqni matematik g'oyalar dunyosi vositasidagina anglab yetamiz.
Albatta, bunday fikrlar voqyelikka yondashuvning bir ko'rinishi. Voqyelik esa o'zining yanada murakkabligi va xilma-xilligini saqlab qolaveradi. Olimlar esa har doim uning yangi-yangi qirralarini ochib boraveradi.
Pozitronlar haqidagi haqiqat 1932 yili o'z isbotini topdi. O'tgan asrlarda elektromagnit maydoni, ko'pgina elementar zarrachalarning mavjudligi haqidagi tasawurlar yo'q edi. Aniqrog'i, biz ularning mavjudligini bilmas edik. Ular biz uchun "yo'qlik" hisoblanar edi. Aslida esa ular o'zicha mavjud bo'lgan. Biz endi ularning borligini bildik yoki ular endi bizning bilim doiramizga kirdi. Mana shunga borliq va yo'qlikni gnoseologik tushunish, deyiladi.
Borliq: mavjudlik va reallik
Borliq voqyelikning eng umumiy, ichki va tashqi mohiyati va mazmuniga aloqador barcha jihatlarini aks ettirsa, mavjudlik esa falsafa tarixida voqyelikning tashqi, ko'zga tashlanadigan, shakliga aloqador va tajriba vositasida bilib olinadigan tomonini ifodalaydi, deb hisoblanadi. Borliq esa voqyelikning chuqur mohiyatini ham qamrab olgan bo'lib, u aql vositasidagina bilib olinadi, deyiladi. Mavjudlik so'zi lotincha -ex(s)istodan olingan bo'lib, mavjudman degan ma'noni beradi. Ekzistensializm - mavjudlik falsafasi shu so'zdan olingan. Reallik esa borliqning muayyan ob'ektda mavjud bo'lgan, mujassamlashgan qismini ifodalaydi. Reallik borliqning ayni shu paytda biz uchun mavjud bo'lgan qismidir. Reallik ob'ektiv va sub'ektiv shakllarda namoyon bo'ladi. Biluvchi sub'ektning irodasidan tashqarida, har qanday sub'ektga bog'liq bo'lmagan holda mavjud bo'lgan reallik - ob'ektiv reallik. Reallikning sub'ekt ongi bilan bog'langan shakli - sub'ektiv reallik. Shuningdek, reallik voqyelikka qanday nuqtai nazar bilan yondashishga ham bog'liqdir. Voqyelikning fizik aloqadorliklar doirasiga kiruvchi, fizik aloqadorliklar bilan bog'liq qismi fizik reallik, ximiyaviy munosabatlar doirasiga mansub bo'lib, ximiyaviy aloqadorliklarda namoyon bo'luvchi qismi ximiyaviy reallik, biologik, hayotiy jarayonlar bilan bog'liq bo'lgan reallik biologik reallik, voqyelikning ijtimoiy aloqadorlikka oid qismi ijtimoiy reallik yoki psixologik jarayonlar bilan bog'liq qismi psixologik reallik deb ataladi.
Ba'zan borliq tushunchasini voqyelikning u yoki bu shakli bilan aynanlashtirish, mavjudlikni esa ob'ektiv reallikning hozirgi qismi bilan chegaralab qo'yish, reallikni sub'ektga ayni paytda ko'rinib turgan voqyelik bilan almashtirib qo'yish hollari uchrab turadi. yo'q edi, ammo potensial (imkoniyatdagi) borliq sifatida mavjud edi. Ertangi hodisa ham hozircha yo'qlik, ammo potensial borliqdir. Biz o'tmishni bugun qoldirgan iziga qarab, kelajakni esa bugungi hodisalardagi o'zgarish sur'ati (tempi) va tendensiyalariga qarab baholaymiz. Bugungi voqyelik ertaga yo'qlikka aylanadi, ko'pgina tirik jonivorlar ertaga o'lik bo'ladi, ya'ni hayot o'limga aylanadi. O'lim - bu hayotning yo'qligidir. Oniy individning hayotiy borlig'i, u o'lgach, yo'qlikka aylanadi. Ammo uning qoldiqlari, tanasi birdan yo'qolmasligi mumkin. Ular ham yo'qolgach, odamlar xotirasida uning siymosi qolishi mumkin. Xullas, absolyut (mutlaq) yo'qlikning o'zi yo'qdir. Yo'qlik shu ma'noda nisbiy mazmun kasb etadi.
Yo'qlik(hyech nima)ni gnoseologik ma'noda ham tushunish mumkin. Biz yo'q deb hisoblagan ob'ektlar hozircha bizning fikr doiramizdan (bilish chegarasidan) chetda qolgan bo'lishi ham mumkin. Voqyelikning muayyan joyida, ma'lum bir sinfga mansub ob'ektlarda biror munosabat va aloqadorliklar uchramasligini ham yo'qlik, deyish mumkin.
Masalan, fizik vakuumda bizga ma'lum bo'lgan biror fizik ob'ekt uchramaydi. Aslida u yerda ham biz hali bilmaydigan, sezmaydigan gipotetik olamlar va ularning o'ziga xos bo'lgan xususiyatlari, qonuniyatlari mavjuddir. Fanni ommalashtiruvchi taniqli ingliz olimi Pol Devis (Paul Charles William Davies) (1946) fizik vakuum haqida shunday yozadi: «Bu shunday fazo sohasiki, u yerdan hamma narsa - zarrachalar, maydon, to'lqinlar butkul olibtashlangan... Fiziklar kvant maydoni nazariyasini ishlab chiqqach, vakuumning uzoq yillar mobaynida o'ylab kelinganidek, moddadan mahrum bo'lgan hayotsiz, bo'm-bo'sh fazo emasligini anglab yetdi"3. Mashhur ingliz olimi Pol Andrien Moris Dirak (Paul Adrien Maurice Dirac) (1902-1984) esa vakuumni manfiy energiyaga ega- bo'lgan elektronlar dengizi deb faraz qilgan4. Manfiy energiyaga ega bu elektronlar - musbat zaryadli pozitronlar edi. Elektronlar esa musbat energiyali va manfiy zaryadli zarrachalardir Qadimgi Yunon falsafasida, Levkipp (tax.m.a.500-440), Demokrit (m.a.460-370), Epikur (m.a.341-270), Lukretsiy (m.a.99-55) fikricha, dunyo atomlar va bo'shliqdan tashkil topgan, Anaksimandr (m.a.588-525)

  • apeyrondan, Platon (m.a.427-347) - g'oya, ruhdan, Fales (m.a.625-547)

  • suvdan, Geraklit (m.a.544-483) - olovdan iborat, deb ta'lim bergan. Forobiyning yozishicha, qadimgi yunon faylasuflari har qanday narsa qandaydir bir substratdan tashkil topganini uqtirish bilan bir qatorda, uning absolyut va o'zgarmasligini ta'kidlagan. Xullas, har qanday ob'ektning nimalardan tashkil topgani, sistemaning asosida shu sistemani tashkil etuvchi asosni axtarish substratni axtarishdir. Masalan, RNK (ribonuklein kislota), DNK (dezoksiribonuklein kislota) va oqsillar biologik organizmlar uchun substrat bo'lsa, elektron hisoblash mashinalar asosida axborot almashish jarayoni substrat bo'lib keladi. Borliqning asosida yotuvchi birlamchi mohiyatni axtarish substansial yondashuv bo'lsa, har qanday sistemaning, umuman, borliqning nimalardan "qurilganini", tashkil topganini axtarish substrat yondashuvdir.

Ikkala yondashuvda ham qaysidir darajada, bir yoqlamalik, voqyelikni substansiya yoki substratga bog'lab qo'yish, uning murakkabligi va xilma-xilligini e'tibordan chetlashtirish ko'zga tashlanadi. Aslida borliqqa kengroq, umumiyroq nuqtai nazardan yondashish maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashishlardan biri borliqni yo'qlik, ya'ni "hyech nima" orqali ifodalash bilan bog'liq.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish