Borliq shakllari


Substansiya, aksidensiya va substrat



Download 157 Kb.
bet6/17
Sana03.07.2022
Hajmi157 Kb.
#736752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
BORLIQ SHAKLLARI

Substansiya, aksidensiya va substrat
Falsafaga oid bir darslikda haqli ravishda bunday deb yozilgan: "Borliq - bu tushunishni talab qiladigan va tushunish asosida yuzaga chiqadigan, shakllanadigan narsa. Borliq - bu predmetlarning ko'rinishi yoki shakllaridan biri emas, predmetlar sinfining umumiy tushunchasi ham emas, borliq - bu mavjudlikning borlig'idir. Borliq - bu borliqni ko'rishda nima kutilayotgan va tushunilayotgan bo'lsa, o'shaning o'zidir"10.
Borliq shakllarini ajratishda uning asosida, mohiyatida nimalar yotishiga e'tibor qilinadi. Shu tarzda falsafada substansiya kategoriyasi shakllangan. Substansiya (lot. substantia - mohiyat, narsaning asosida yotuvchi nimadir) muayyan narsalar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar xilma-xilligining ichki birligida namoyon bo'luvchi mohiyat.
Substansiya deyilganda, dastlabki paytlarda, falsafada borliq, tabiat, jamiyat, inson va dunyodagi barcha narsa va hodisalar asosida yotuvchi moddiy yoki ruhiy mohiyat tushunilgan. O'rta asr Sharq falsafasi
Borliq ilgari mavjud bo'lgan, hozir mavjud va kelajakda ham mavjud bo'ladigan butun ob'ektiv11 va sub'ektiv12 reallikni o'ziga qamrab oladi. Ya'ni tabiat, inson, fikrlar, g'oyalar, jamiyat - hammasi turli shakllarda mavjuddir. Ularning barchasi mavjud bo'lgani uchun ham yaxlit yagona borliqni tashkil etadi.
Ko'pincha borliqni inson ongidan tashqarida va unga bog'liq bo'lmagan holda mavjud bo'lgan reallikni ifodalovchi falsafiy kategoriya sifatida ta'riflashadi. Bu bir yoqlama yondashuv bo'lib, unda borliq "ob'ektiv reallik" tushunchasi bilan aynanlashib qolgan.
Aslida esa borliq kategoriyasi haddan ziyod umumiy abstraksiya bo'lib mavjudlik belgisi bo'yicha turli hodisalar, narsalar va jarayonlarni o'ziga birlashtiradi. Tabiiy ob'ektlar, ularning xossalari, aloqalari va munosabatlari, kishilar jamoasi va ayrim odamlar, ijtimoiy tashkilotlar, inson ongining holati va boshqalar borliq tushunchasiga kiradi. Borliq nafaqat predmetlarni, jismlarni, ob'ektiv reallikni, balki ma'naviy hodisalarni -ruhiyatni, ong va tasawurni - sub'ektiv reallikni ham qamrab oladi.
Borliqning asosiy sohalariga tabiat, jamiyat va ong kiradi. Bu sohalar uchun umumiy jihat ularning mavjudligidir. Rus faylasufi A.G.Spirkin bunday yozadi: "Barcha mavjud narsalar borliqqa mansubdir. Ularga moddiy jismlar ham, barcha jarayonlar (fizik, ximik, geologik, biologik, ijtimoiy, psixologik, ma'naviy) ham, ularning xossalari, aloqalari va munosabatlari ham kiradi. Uchqur hayolotning mevasi bo'lgan ertak va afsonalar, hatto bemorning hayolidagi alahsirashlar ham borliqning qismi bo'lgan ma'naviy reallik sifatida mavjuddir"13.
Shunday qilib, "ruh va materiya, hyech bo'lmaganda mavjudlik sifatida umumiylikka egadir". (I.Ditsgen).
A.G.Spirkinning yuqoridagi mulohazasi borliqning moddiyligini absolyutlashtiruvchi marksist faylasuflarning keskin tanqidiga uchradi, chunki marksistik falsafada borliq moddiylik bilan aynanlashtirib tasavvurlar shakllangan. Shuningdek, bir kishi uchun yo'qlik bo'lgan ob'ekt boshqa uchun borliq bo'lishi yoki aksincha, bir kishi uchun borliq bo'lgan ob'ekt boshqa uchun yo'qlik bo'lishi mumkin. Borliq va yo'qlik masalasining yana bir jihati ijtimoiy ma'noda namoyon bo'ladi. O'zi bor bo'lsa-da ko'pchilik uchun yo'q bo'lgan individlar va garchi o'zi bo'lmasa ham ya'ni vafot etgan bo'lsa-da ko'pchilik uchun hamon bordek, yashayotgandek individlar. Bu shu individ faoliyatining maxsuloti bo'lgan ob'ektlarning boshqalar uchun ham kerak bo'layotgani yoki aksincha boshqalarning faoliyatiga xalaqit berayotgani bilan izohlanadi.
Masalan, I.Nyuton yoki A.Eynshteyn kashf etgan tabiiy-ilmiy qonunlar hozir ham olamni o'rganishda tadqiqotchi-olimlarga xizmat qilib kelmoqda yoki insoniyatning kelajagiga tahdid soluvchi biologik, ximiyaviy va yadroviy qurollarni kashf etgan olimlarning kashfiyotlari insoniyatni halokat girdobiga yaqinlashtirib, bugungi kunda bashariyatni xilma-xil muammolarga duchor qilmoqda.
Oddiy misol, ayrim davlatlar o'zining hududida to'planib qolgan ximiyaviy qirg'in qurollarni yo'qotishning ilojini topa olmayotir. Bunday qurollar saqlanadigan idishlar (konteynerlar) ob-havo yoki tashqi jismoiy ta'sirlar oqibatida buzilgudek bo'lsa, ulardagi zahar ochiq havoga chiqib ketishi va oqibatda atrof-muhitga katta zarar yetishi hamda tirik jonivorlar, jumladan insoniyat ham halokatga uchrashi mumkin.
Borliqning ta'riflanishi
Borliq turli konsepsiyalarda, ya'ni qarashlarda turlicha talqin etiladi. Ayrim tadqiqotchilar uni muayyan moddiy jism, moddiy borliq sifatida tushuntiradi, boshqalar esa uni g'oyaviy, ma'naviy, ruhiy, ilohiy mohiyat shaklida tushunadi. Borliq tushunchasi atrofida faylasuflar har doim keskin munozaralar, tortushuvlar, baxslar olib borgan va bu baxslar hali ham to'xtagani yo'q. Xullas, "borliq" falsafadagi eng umumiy tushunchadir. Borliqqa aksil tushuncha sifatida yo'qlik tushunchasini ishlatiladi. Yo'qlik hyech nimani, ya'ni nazarda tutilgan joyda hyech nima mavjud emasligini anglatadi.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish