Borliq shakllari



Download 157 Kb.
bet5/17
Sana03.07.2022
Hajmi157 Kb.
#736752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
BORLIQ SHAKLLARI

Borliq va yo'qlik
Borliq tushunchasiga qarama-qarshi bo'lgan tushuncha - bu yo'qlikdir. Agar borliq tushunchasi nimaning&vc mavjudligini ifodalasa, yo'qlik tushunchasi esa hyech nimani aks ettiradi. Borliq, yuqorida qayd etganimizdek, absolyut mazmunga ega bo'lib, muayyan (konkret) narsalar shaklida va nisbiy sifatiy muayyan holda mavjud bo'lgan butun ob'ektiv va sub'ektiv reallikni qamrab oladi.
Yo'qlik esa nisbiy mazmundagi tushuncha bo'lib, qaerdadir yoki nimadadir nimaningdir ayni paytda mavjud emasligini ifodalaydi. Masalan, yo'qlik deb o'tmishdagi va kelajakdagi hodisalarning hozirgi zamonda (ayni shu vaqtda) yo'qligini aytishadi. Bugungi hodisa kecha
Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716) fikricha, olamning asosida ko'plab mustaqil substansiyalar (monadalar) yotadi.
Gnoseologik yo'nalish bo'yicha, substansiya olamning asosida yotuvchi shartli g'oyalardan iboratdir /Jon Lokk (1632-1704)/. Jorj Berkli (1685-753) ham moddiy, ham ma'naviy substansiyalarning mavjudligini inkor etgan va substansiya deb dunyoni idrok qilishning gipotetik assotsiatsiyasini anglagan. Immanuil Kant (1724-1804) nuqtai nazaricha, "u shunday bir doimiy narsaki, faqat unga nisbatangina hamma vaqtinchalik, o'tkinchi hodisalarni aniqlash mumkin". U "substansiya -idrokning, ya'ni tajribaning, har qanday sintetik birligi imkoniyatlari shartidir; tajriba ma'lumotlarini sintezlashtiruvchi tafakkurning aprior shaklidir", deydi.
Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770-1831) "absolyut g'oya", "absolyut ruh"ni substansiya deb qarab, uni narsalarning muhim, o'zgaruvchan, rivojlanuvchan tomonlarining yaxlit birligidir, deb hisoblaydi.
Ba'zi bir hozirgi zamon falsafiy konsepsiyalarida substansiya kategoriyasiga nisbatan salbiy munosabatlarni ham kuzatish mumkin. Masalan, neopozitivistlar substansiya odamlarning dunyo to'g'risidagi tasavvurlarini qo'pollashtiradi deb hisoblashadi. Ularning fikricha, bu kategoriya borliqning mohiyatini sodda va jaydari tarzda tushunish natijasida paydo bo'lgan.
Olamning tuzilishini tushuntirish uchun olimlar yana bir tushuncha -"substrat" kategoriyasidan ham foydalanadi. Substrat (lot. substratun -asos, to'shama, patak) narsa va hodisalarning umumiy moddiy asosi; nisbatan oddiy va sifat jihatdan elementar bo'lgan moddiy yoki g'oyaviy tuzilmalar majmuasi. Ayrim falsafiy konsepsiyalarda substrat deb dunyoni tashkil etuvchi. mutlaq elementar va bo'linmas asoslar tushunilgan. Masalan, qadimgi Hindistonda shakllangan Charvaka maktabi falsafasida olamning asosida to'rtta bo'linmas unsur - suv, havo, tuproq va olov yotadi, deb ta'lim beriladi. Bunday qarash Markaziy Osiyoda, chunonchi O'zbekiston hududida yaratilgan muqaddas kitob - Avestoda (tax. m.a.VIII-VIIasr) ham uchraydi. Bu g'oya Avestogacha ham og'zaki shaklda mavjud bo'lgan.
namoyandalari (Al Kindiy (VHI-IXasr), Abu Bakr Roziy (865-925), Abu Nasr Forobiy (873-950), Ibn Sino (980-1037), Ibn Ro'shd (1126-1198)) asarlarida hamma narsaning moddiy yoki ma'naviy asosi, mohiyati substansiya deb atalgan.
Aristotel (m.a.384-322) muayyan ob'ektning ajralmas xususiyati -atributini, uning o'tkinchi xususiyati hisoblanuvchi aksidensiyadan farqlashni tavsiya etgan. Aksidensiya substansiyaga qarama-qarshi tushunchadir. Aksidensiya (\ot.accidentia - o'tkinchi, tasodifiy) narsa va hodisalarning o'tkinchi sifatlarini ifodalovchi falsafiy tushunchadir.
O'rta asrlar musulmon Sharqida substansiya va aksidensiya kategoriyalari haqida Abu Nasr Forobiy batafsil ma'lumot bergan. Forobiyning yozishicha, "olamda substansiya va aksidensiya hamda ularni yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hyech narsa yo'qdir"5; "Aksidensiyani sezgilar orqali his etish mumkin, substansiyani esa faqat aql qabul qiladi"6; "Masalan, olma - substansiya bo'lsa, uning qizilligi esa aksidensiyadir"7.
Rene Dekart (1596-1650) atributni substansiyaning xususiyati deb ta'riflagan, jismiy substansiyaning atributi, uning fikricha, tafakkur hisoblangan8.
Substansiyani talqin etishda falsafada ikki xil - ontologik va gnoseologik yondashuvlarga asoslangan yo'nalishlar bor. Ontologik yo'nalish bo'yicha Frensis Bekon (1561-1626) substansiya borliqning eng tub asosida yotadi, deb hisoblagan va substansiyani muayyan narsalarning shakli bilan aynanlashtirgan.
R.Dekart borliqning asosida ikki xil mustaqil substansiya: moddiy va ma'naviy substansiya yotadi deydi. Moddiy substansiya borliqning ko'lami bilan, ma'naviy substansiya esa tafakkur bilan belgilanadi.
Benidikt (Barux) Spinoza (1632-1677) tafakkur va ko'lam - ikki xil mustaqil substansiya emas, balki yagona substansiyaning ikki xil atributidir, deb hisoblagan (atribut haqida keyinroq maxsus ma'lumot beramiz).
qo'yilgan edi. To'g'ri, moddiylik va ma'naviylik borliqning turli shakllari sifatida birlikka ega, ammo ular shubhasiz bir-biridan farq ham qiladi. Agar moddiylik va ma'naviylikni bir-biriga taqqoslasak, moddiylik sub'ektdan mustaqil ravishda, ma'naviylik esa unga bog'liq ravishda mavjud bo'ladi.
Shunday qilib, borliq mazmunan moddiy borliq va ma'naviy borliqqa bo'linadi. Moddiy borliq inson ongiga bog'liq bo'lmagan holda mavjud bo'lgan tabiiy ob'ektlarni qamrab oladi. Ma'naviy borliq esa sub'ektlarning ongiga, o'y-hayollariga, ruhiyatiga bog'liq ravishda mavjud bo'lgan g'oyaviy, ruhiy ob'ektlarni ifodalaydi.
Demak, "Borliq - mavjudlikning barcha (moddiy va ma'naviy) shakllarini, (real va noreal) turlarini va (o'tmishdagi, hozirgi va kelajakdagi) ko'rinishlarini o'ziga qamrab oluvchi eng umumiy va universal falsafiy kategoriyadir"9. Bu ta'rif borliqning asosiy tomonlarini qamrab oluvchi, uning yalpi umumiylikni ifodalashini, universalligini, hadsiz-hududsizligini, xilma-xilligini ta'kidlov-chi ta'rifdir.



Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish