Borliq shakllari


Harakatning moddiy tashuvchisi va harakatlantiruvchi kuch



Download 157 Kb.
bet14/17
Sana03.07.2022
Hajmi157 Kb.
#736752
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
BORLIQ SHAKLLARI

Harakatning moddiy tashuvchisi va harakatlantiruvchi kuch
Harakatning moddiy shakllari to'g'risida gap borganda, u yoki bu "harakat shaklining moddiy tashuvchisi" degan tushunchaga duch kelamiz. Buning ma'nosi shuki: harakat o'z-o'zicha mavjud emas, u har doim «nimaningdir» harakati, «nimaningdir» o'zgarishi. O'sha «nima» harakatning moddiy tashuvchisi bo'ladi. Harakatlanish bu energetik jarayon. Moddiy jism muayyan energetik holatda bo'ladi. Jismning harakatlanishi bilan energiya sarflanadi yoki energiya bir turdan boshqa turga o'tadi. Shunga asoslanib, ayrim faylasuflar harakatni energiya bilan aynanlashtirishtirib tushuntirishga harakat qilishdi (E.Max, RAvenarius). Energiya ham borliqning muayyan shaklidir.
Mexanik harakatda harakatlanuvchi kuch «moddiy nuqta» bo'lsa, fizik harakatda - moddiy jism yoki may don, atomlar yoki elementar zarra(antizarra)lar, ximiyaviy harakatda - molekulalar, ximiyaviy birikmalar, biologik harakatda - tirik organizmlar, jamiyatda esa odamlar va ijtimoiy guruhlardir. G'oyaviy shakldagi harakatlar to'g'risida gap borganda, «harakatning moddiy tashuvchisi» degan tushuncha o'z ma'nosini yo'qotadi. Uning o'rnini «harakatlanuvchi sistema», «o'zgarayotgan sistema» degan tushunchalar egallaydi. Bunday sistema moddiy yoki ma'naviy shaklda bo'lishi mumkin. Inson tafakkuri, axborotlar sistemasi, g'oyalar sistemasi, fikrlar majmuasi va shu kabilar ma'naviy shakldagi harakatlanuvchi sistemaga misol bo'lishi mumkin. Harakatlanuvchi sistema ayni vaqtning o'zida harakatlanuvchi kuchdir. Har qanday o'zgarish, har qanday harakat qandaydir bir sabab tufayli ro'y beradi. Bunday sabab harakat manbai bo'lib xizmat qiladi. Bu sabab nafaqat moddiy sabab ko'rinishida, balki g'oyaviy sabab ko'rinishida ham bo'lishi mumkin.
Harakat manbasi haqida
Harakat manbasi to'g'risida gapirganda mutafakkirlar qadimdan ziddiyatlarni nazarda tutgan. Ichki ziddiyatlar harakatning ichki manbaidir. Ayrim olimlar harakat manbasi sifatida tashqi turtkini yoki dastlabki turtkini oladi. Ularning fikricha, olamda abadiy sokinlik hukmron bo'lib, keyin dastlabki turtki tufayli u harakatga kelgan. Aristotelning nuqtai nazari ham shunday edi. Bu fikrning chegaralanganini Ibn Sino tanqid ostiga olgan va harakatning manbasi hayvoniy va jismoniy mayllarda, degan g'oyani ilgari surgan. Aristotel va Ibn Sino fikrlaridagi xatolarni arab olimi Abul Barakat (vaf.1072) o'zining "Kitab-ul mu'tabar fil-hikmat val ilahiyat val mantiq" asarining 3-jildida "Otilgan tosh muammosi" deb atalgan bobda maxsus tahlil etgan va fan tarixida birinchi bor inersial harakat g'oyasini ilgari surgan. Ya'ni tinch jismga tashqi ta'sir bo'lmasa, u o'zining tinch holatini saqlaydi, harakatdagi jismga ham tashqi kuch ta'siri, ya'ni havoning ta'siri, yerning tortish kuchi ta'siri bo'lmaganda edi u o'zining to'g'ri chiziqli tekis harakatini saqlagan bo'lar edi. Shunday qilib, harakatsiz voqyelikni haraktga keltiruvchi kuch nima, degan savol javobsiz qolaverdi.
Aslida voqyelik harakatsiz bo'lishi mumkin emas, u doimo harakatda, o'zgarishda bo'ladi. Bu o'zgarishlar ichki va tashqi ziddiyatlar tufayli amalga oshadi. Ibn Sino jism ayni bir paytda va shu joyning o'zida harakatda ham, sukunatda ham bo'lmaydi, harakat - ziddiyatlidir va uning natijasidir, deb ko'rsatgan. Haqiqatan ham ziddiyatlar jismni harakatga keltiradi. Shu ma'noda har qanday harakatning manbasi ziddiyatdadir.
Harakat shakllari borliqdagi o'zaro aloqadorliklarning namoyon bo'lishidir. O'zaro aloqadorliklar moddiy va ma'naviy shakllarda bo'ladi va olamning yaxlitligini ta'minlaydi. Moddiy dunyoning asosida 4 xil asosiy o'zaro aloqadorlik - gravitatsion, elektromagnit, kuchli va kuchsiz yadroviy o'zaro aloqadorliklar yotadi. Aloqadorliklar majmuasi esa fazo va vaqt strukturasini tashkil etadi. Xullas, harakat yoki harakatlanuvchi sistema u moddiy ko'rinishda yo ma'naviy ko'rinishda bo'lishidan qat'i nazar olamning o'zgarishi va rivojlanishining asosida yotadi. Harakat mavjudlik bo'lsa, harakatsizlik - sokinlik yo'qlikka mos keladi. Shu sababli, o'tmish mutafakkirlari harakatni borliqning abadiy va absolyut xususiyati, sokinlikni esa o'tkinchi va nisbiy xususiyati deb hisoblagan.
Demak, borliqning mavjudligi undagi o'zgarishlar bilan belgilanadi. Agar o'zgarish bo'lmasa, borliqning bor yoki yo'qligi noma'lumligicha qolar edi. Har qanday o'zgarishni harakatdagi ob'ektning namoyon bo'lishi, deb tushunsa bo'ladi. O'zgarishlarning nafaqat moddiy ob'ektlar, balki ma'naviy, g'oyaviy ob'ektlarga ham xos ekanini ta'kidlagan edik. Shunday qilib, har qanday (moddiy yoki g'oyaviy) ob'ektning mavjudligi undagi harakat va o'zgarishlar tufayli namoyon bo'ladi. Bu esa harakat borliqning asosiy mavjudlik usulidir degan xulosaga kelishimizga asosdir.
Harakatning moddiy shakllari bilan ma'naviy shakllari bir-biridan farq qiladi. Masalan, mexanik harakat - moddiy nuqtaning fazodagi siljishi bo'lsa, ijtimoiy jarayonlarni ifodalovchi murakkab sotsial harakatda kishilarning ongli faoliyati va jamiyatda ro'y beruvchi turli ijtimoiy hodisalar ifodalanadi. Jamiyatdagi kishilarning oddiy oldi-berdi savdo munosabatlaridan, millatlar va davlatlarning vujudga kelishigacha, oddiy oilaviy mojarolardan mamlakatlararo harbiy to'qnashuvlar-u, ijtimoiy revolyusiyalargacha, shaxsiy fikrdan milliy g'oyagacha barcha-barcha ma'naviy o'zgarishlarni o'ziga qamrab oluvchi harakatga sotsial harakat deymiz. Sotsial harakat juda murakkab ijtimoiy o'zgarishlarning mazmun-mohiyatini ifodalab beradi. Sotsial harakatda o'zini o'zi boshqarish, o'zini o'zi sozlash, o'zini o'zi muvofiqlashtirish va o'zini o'zi tashkillashtirish mexanizmi o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi. Bu hozirgi zamon falsafasida avtopoezis xodisasi deb ataladi. Sotsial harakat kooperativ tarzda, bir-biri bilan murakkab aloqadorliklar vositasida bog'langan hodisalarning o'zgarishi tarzida ro'y beradi. Bunday murakkab nochiziqli o'zgarish jarayonlarining tabiati sinergetik konsepsiyada yaxshi asoslangan.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish