2.4. Loyiha bo’yicha investitsiyalash maqsadi va strategik yo’nalishlarini
(resurslardan foydalanish) aniqlash
Tashkilot ishlab chiqarish strukturasining shakllanishi asosini mahsulot
tayyorlashdagi ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi.
Bu jarayonning asosiy foizlari – tayyorlov, ishlov berish, yig’ish orqali
boshlang’ich resurslarini mahsulot yoki xizmatlarga aylantiradi.
Mahsulot tayyorlash jarayonining asosiy operatsiyalarining oqlovchanligidan
asosiy ishlab chiqarish yuzaga keladi.
50
Barcha energetik resurlarini ishlash barcha operatsiyalar texnologik detallarni
tayyorlash va ta’mirlash, jihozlar va boshqalar yordamchi ishlab chiqarishga kiradi.
Mahsulotlarni omborlashtirish, taqsimlash, buyurtmachiga yetkazish bo’yicha
operatsiyalar turli xizmat ko’rsatuvchi yuklatiladi.
Mahsulot tayyorlash ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiruvchi sexlar va
xizmatlar tarkibi, shakli va o’zaro aloqalari ishlab chiqarish strukturasini
shakllantiradi.
Ishlab chiqarish strukturasining shakllanishida ratsional strukturalarni qurishda
talablarni aniqlovchi bir qator omillarni hisobga olish zarur.
Tashqi muhit omillari – iqtisodiy, huquqiy, texnik, ijtimoiy-madaniy, ekologik.
Ichki muhit omillari – korxona maqsadi va rivojlanish strategiyasi, resurlar
cheklanganligi, mahsulot, texnologiya, xodimlar soni ishlab chiqarish quvvati va
boshqalar.
Lekin, o’rta tuzilmaviy qarorlarni tanlash avvalambor quyidagi omillarga
bog’liq:
1. Bo’linmalarning kooperatsiyalashuvi va maxsuslashishi shakli.
2. Ishlab chiqarish mo’ljali, quvvati va ko’lami.
3. Texnika va texnologiya rivoji.
4. Tashkiliy muhit.
5. Ishlab chiqarish joylashgan o’rni.
Ishlab chiqarish bo’linmalarining maxsuslashish shakllari. Mahsuslashish
shakllari asosiy ikki turga bo’linadi – texnologik va buyumli.
Bo’linmalarning texnologik maxsuslashishi turli buyumlar bilan bir turdagi
operatsiyalar bajarish bo’yicha bir turdagi ishchi o’rinlarning guruhiy joylashishi
bilan xarakterlanadi.
Texnologik maxsuslashishdan foydalanuvchi strukturaviy bo’linmalarga misol
sifatida – temirchilik, quyma, mexanik, qoplash sexi, shuningdek, turli bo’linmalar
bo’yicha notejamkor taqsimlangan kapital talab va yuqori samaradorli jihozli alohida
guruhlar kiradi.
51
Buyumni maxsuslashish mahsulotga yakuniy ishlov berishni ta’minlovchi bir
turdagi yoki turli turdagi operatsiyalarni turlangan strukturaviy bo’linmalar bilan
harakterlanadi.
Bunday maxsuslashishning turli ko’rinishi sifatida buyumli – detalli va
buyumli-uzelli mahsulotni tayyorlashning to’liq bo’lmagan siklli mahsuslashtirilgan
sexlar qo’llashadi.
Buyumli maxsuslashishni qo’llaydigan strukturaviy bo’linmalar ishlab
chiqariladigan mahsulotlar tasnifi belgilari bo’yicha farqlanadi. Masalan, bir turdagi
konstruktsiyadagi buyumlar bo’yicha – standart buyumlar bo’linmasi (gayka, bolt,
shesterna); mahsulotlar o’lchamli va texnik jihozlarni qo’llash bo’yicha – yirik
detallarni shtamplovchi va mayda detallarni shtamplovchi bo’linmalar.
Mahsulot ishlab chiqarishda mahsuslashish va kooperatsiyalashish struktaviy
bo’linmalarning qisqarishiga va ularning aloqalarini ko’payishiga olib keladi. Ishlab
chiqarish ishlab chiqarish jarayonining biror fazasida maxsuslashish mumkin,
masalan mahsulotni yig’ish yoki mexanik ishlov berish. Lekin,, ishlab chiqarish
mahsulot ishlab chiqarishning barcha fazalarida - xaridordan buyurtmachiga yetkazib
berishgacha maxsuslashishi mumkin.
Hozirgi vaqtda ko’pgina korxonalar intilayotgan keng maxsuslashish
harajatlarini minimallashtirish, mahsulotni ishlab chiqarish sikli vaqtini qisqartirish,
uning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi.
Biroq korxonani jahon darajasida rivojlantirish istiqboli – bu tor
maxsuslashgan zavodlardir.
Buyumli maxsuslashishning murakkablashishi o’z navbatida ilm talab va
kapital talab mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha ishlab chiqarish jarayonlari
sonining oshishiga olib keladi.
Bunday
korxonalarning
ishlab
chiqarish
strukturasi
texnologiyaning
rivojlanishiga mo’ljallangan bo’lib, ishlab chiqarish bo’linmasini texnologik
jarayonga qat’iy bog’liqlikda shakllanishi talab etadi.
Ish bilan bir vaqtda bir necha oddiy bir turdagi mahsulot turlarini tayyorlovchi
mahsulotga mo’ljal olgan ishlab chiqarish strukturali ko’pgina korxonalar ham bor.
52
Mahsulotning murakkabligi va ishlab chiqarishning murakkabligi ishlab
chiqarish korxonalari mo’ljalini shakllantiradi va strukturaviy qarorlarni qabul
qilishga bevosita ta’sir o’tkazadi.
Ilmiy texnik taraqqiyoti natijasida texnika va texnologiyaning rivojlanishi
quyidagi o’zgarishlarga olib keladi:
Ishlab chiqarish va ularning struktaralari tashkiliy shakli;
Ishlab chiqarish fazalari (bosqichlari) o’rtasidagi proporsiya;
Mahsulotlarni almashtirish darajasi va uning modifikatsiyasi.
Texnika va texnologiyaning rivojlanishi egiluvchan tizimni (guruhiy
texnologiya) o’zlashtirishga ham yordam beradiki, bu o’z navbatida mahsulot
yaratishning barcha hayotiy sikllari fazalari (davri)ni avtomatlashtirishni birlashtirish
asosida ishlab chiqarish strukturasini rivojlantiradi.
Tashkiliy muhit va elementlar, uning shakllantiruvchilari, masalan ishlab
chiqarish tashkiliy (boshqaruv) madaniyati ichkaridan ishlab chiqarish strukturasini
rivojlantirishning potensial imkoniyatlarini harakterlaydi va yangi strukturaviy
bo’linmalarni shakllantirish uchun tayyorlovni yaratadi.
Ishlab chiqarish o’rni va strukturaviy bo’linmasi u yoki bu mamlakatda
tayyorlanayotgan mahsulot mijozlari talabi bilan aniqlanadi. Ishlab chiqarish
bazalarining globallashuvi yangi ishlab chiqarish mamlakatlarda joylashtirishda
minimum harajatlarni ta’minlash imkoniyatlari, birinchi navbatda arzon resurslar
hisobiga va iste’mol bozorlarining yaqinligiga e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |