Book · June 020 citations reads 3,563 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/181
Sana23.04.2022
Hajmi2,84 Mb.
#577544
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   181
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

 
 
2.5. Loyihaning innovatsion faoliyat xususiyatlari va innovatsiya 
strategiyasini ishlab chiqishning ahamiyati 
 
Innovatsiya
– bu har qanday faoliyat sohasida kiritiluvchi ilmiy yangiliklardir 
(ilmiy kashfiyotlar, nou-xau, ilmiy ixtirolar va hokazo), xususan: 

fan-texnika sohasida bu ilmiy-texnik innovatsiyalar – kompyuter, lazer, 
mikroto’lqinli yarimo’tkazgich texnologiyalari, elektron pochta, uyali aloqa va 


53 
Internet global tarmoqlari ishini ta’minlovchi integratsiyalangan aloqa liniyalari va 
sun’iy yo’ldosh aloqasi, robot texnikasi;

energetika sohasida – atom energetikasi, sintetik yoqilg’i va oziq-ovqat 
mahsulotlari olish; 

tibbiyot sohasida - gen muhandisligi (DNK). 
Mehnat, kapital, tabiiy resurslar va tadbirkorlik kabi sanoat ishlab 
chiqarishidagi muhim omillar qatorida yana bir omil - innovatsion resurs paydo 
bo’lgan. Biroq bunda ilmiy-texnik loyihalarni tijoratlashtirish, ya’ni ulardan bozor 
raqobati sharoitlarida foyda olish maqsadida foydalanish borasida ayrim muammolar 
mavjud. 
Ko’p sonli empirik ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, iqtisodiy o’sishning 
asosiy harakatlantiruvchi kuchi texnik taraqqiyot hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitlarida kichik biznes va tadbirkorlik innovatsion jarayonda markaziy rol 
o’ynaydi, innovatsiyalar esa texnik taraqqiyot sur’ati yuqori bo’lgan tarmoqlarda 
asosiy raqobat quroli hisoblanadi. Bu kuzatuvlar yangi emas. Adam Smit o’zining 
«Xalqlar boyliklari» asarida texnik taraqqiyot va iqtisodiy rivojlanishni qo’llab-
quvvatlovchi institutlarga alohida e’tibor qaratgan. XX asrning birinchi yarmi 
iqtisodchilari orasida Yozef Aloiz Shumpeter (1883-1950) alohida o’rin egallaydi. 
Uning zamonaviy iqtisodiy fikrlashga ko’rsatgan ta’siri neoklassik maktab vakillari 
ta’siridan kam emas. Aynan shu olim innovatsiyalarni olg’a suruvchi va unda normal 
darajadan katta bo’lgan daromadning asosiy manbasi bo’luvchi raqobat mexanizmini 
tavsiflab bergan.
Innovatsiyalar yoki «yangi kombinatsiyalarni amalga oshirish» tushunchasiga 
Shumpeter tashkilot, mahsulot yoki ishlab chiqarish jarayonini doimiy 
takomillashtirish yo’li bilan olinuvchi strategik afzallik va yutuqlarni kiritgan. U 
quyidagi besh holatni ko’rsatib o’tgan: 
1) yangi ne’mat tayyorlash;
2) ishlab chiqarishning yangi usulini joriy qilish; 
3) yangi sotuv bozorini o’zlashtirish;
4) xomashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar yangi manbasiga ega bo’lish;


54 
5) tegishlicha qayta tashkil qilish, masalan, monopol holatni ta’minlash
3
.
Innovatsiyalarni amalga oshirishda pul bozorining roli ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. Shumpeter uchun kapital «tadbirkorlarga berilishi lozim bo’lgan to’lov 
vositalari summasi»
4
hisoblanadi. Aynan pul bozorida iqtisodiy loyihalar taqqoslanib, 
rivojlanish moliyalashtiriladi, «kelajakdagi qiymat tizimi paydo bo’ladi
5
». 
Iqtisodiyotning «yetakchi sektori» hisoblangan banklar ishlab chiqarishni 
kengaytirishni yoki yangiliklar kiritishni moliyalashtirishi mumkin. Shumpeterga 
ko’ra, ular milliy firmalar raqobatbardoshligini oshirishda strategik rol o’ynashi yoki 
aksincha, vaziyatga sustkashlik bilan javob qaytarishi va «kelajakdagi qiymat»ni 
izlamasligi mumkin. 
Sanoat tarmoqlarida innovatsion-texnologik ustuvorliklar texnologiyalar 
ro’yxatida aks etadi: bu ro’yxatlarni maksimal darajada kichraytirish, har 4-5 yilda 
qayta ko’rib chiqish hamda mamlakatning maqsadli ilmiy-texnik va innovatsion 
dasturlari tarkibini belgilashda asos qilib olish lozim. 
Tanlab olingan ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish bo’yicha samarali 
tizimni shakllantiruvchi omillar quyidagilarga asosan tasniflanishi lozim: 

jahon texnologik makoni bo’yicha bo’lgani kabi, O’zbekiston Respublikasi 
va MDH uchun ham olimlar jamoasi tomonidan muqobil konkursli asosda ishlab 
chiqiluvchi uzoq muddatli (20-30 yil) ilmiy-texnik va innovatsion-investitsion 
bashoratlar;

eng muhim bazaviy texnologiyalar bo’yicha ilmiy-texnik va innovatsion 
xarakterga ega maqsadli dasturlar; 

sanoat tarmoqlarida bazaviy texnologiyalarning ayrim bo’g’inlarini amalga 
oshiruvchi davlat ahamiyatiga molik eng muhim innovatsion loyihalar. 
Shuni qayd etish kerakki, iqtisodiy o’sishning tanlab olingan ustuvor 
yo’nalishlarini amalga oshirishni resurslar bilan to’liq ta’minlash ko’p kanalli asosda 
bajariladi: 

Шумпетер И. Теория экономического развития (исследование предпринимательской прибыли, капитала, 
кредита, процента и цикла конъюнктуры).-М.: Прогресс, 1982. - С. 159.
4
Шумпетер, 1934. - С. 122. 
5
Шумпетер, 1934. - С. 125. 


55 

noishlab chiqarish sohasida innovatsion loyiha va dasturlarni, shuningdek, 
eng muhim innovatsion loyihalar, maqsadli dasturlar, strategik rejalar va 
bashoratlarni ishlab chiqishni byudjetdan moliyalashtirish, byudjet mablag’larini 
dastur va loyihalar amalga oshiriluvchi butun muddat bo’yicha taqsimlash; 

tanlab olingan ustuvor sanoat tarmoqlariga yo’naltirilgan innovatsion dastur 
va loyihalar uchun soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etish; 

bunday dastur va loyihalarga xususiy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish 
uchun sharoitlar yaratish

investitsiyalarga innovatsion mazmun bag’ishlash uchun sanoat tarmoqlarida 
investitsion dastur va loyihalarning innovatsion-texnologik ekspertizasini tashkil 
qilish. 
Agar tadbirkorlardan «Nima uchun yangi texnologiyalarni o’zlashtirishga 
shoshilmaysiz?» deb so’ralsa, ulardan deyarli har biri «Agar soliqlar kamroq, 
kreditlar arzonroq bo’lib, import bojlari unchalik bo’g’maganda edi, innovatsiyalarni 
joriy qilish haqida o’ylab ko’rish va hatto buni amalga oshirishga kirishish ham 
mumkin bo’lar edi» deb javob berar edi. Quloqqa qanchalik erish tuyo’lmasin, lekin, 
bu bor haqiqat. Tadbirkor kerakli axborot va intellektual resurslarga ega bo’lgan va 
qaysi innovatsiyani ishlab chiqish yoki ishlab chiqarishga tatbiq etish lozimligini 
bilgan taqdirda ham u moliyalashtirish muammosiga duch keladi. Bu muammoni 
uchta tarkibiy qismga ajratish mumkin: korxonaning o’z mablag’lari yetishmasligi, 
banklarning kredit resurslariga ega bo’lishning qiyinligi hamda innovatsion 
jarayonlarni qo’llab-quvvatlash mexanizmlarining mukammal emasligi. 
Innovatsiyalarni rag’batlantirishga jahon amaliyotida keng qo’llanuvchi soliq 
imtiyozlaridan maqsadli yo’nalgan holda foydalanish katta yordam ko’rsatgan bo’lar 
edi. Mamlakatimizda mazkur sohada soliq imtiyozlari bilan rag’batlantirishning afzal 
yo’llari deb ekspertlar quyidagilarni ko’rsatadilar: 

yuridik shaxslarning investitsiyalarga va bu investitsiyalarni olish uchun 
sarflangan kreditlarni qoplashga yo’naltiriluvchi xarajatlari miqdorida ularning 
soliqqa tortiluvchi daromadini qisqartirish imkoniyatini taqdim etish. Bu imtiyoz 


56 
umuman olganda mavjud bo’lsada, biroq «hisoblangan eskirish hajmi to’liq 
foydalanilgan sharoitda» qo’llanadi va amalda hech qanday samara bermaydi; 

texnologik innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga investitsiyalar 
ajratuvchi xususiy sektor korxonalarini maqsadli yo’nalgan holda soliq imtiyozlari 
bilan rag’batlantirish. Jahon tajribalari ITTKI va ishlab chiqarish vositalariga 
investitsiya qilinuvchi mablag’larni soliqdan ozod qilishning amaliy yordam 
ko’rsatishini tasdiqlaydi; 

tezlashtirilgan amortizatsiyani hisoblash uchun imkoniyatlar yaratish, 
xususan, uning uchun baland normalar belgilash. Amaldagi amortizatsiya 
mexanizmida bir qator cheklovlar mavjud: tezlashtirilgan amortizatsiyani hisoblash 
oddiy amortizatsiya normasidan ikki baravardan ortiq bo’lishi mumkin emas; xarid 
qilingan asosiy vositalarning katta qismini birinchi yilda amortizatsiya qilish 
imkonining yo’qligi. Bunday cheklashlar natijasida ko’plab kichik korxonalar texnik 
jihozlanishni oshirish uchun amortizatsiyadan foydalana olmaydi. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish