45
Korxona rivojlanishida investitsiya turlarining o’zaro nisbati, kompaniya yoki
korxona hayotiy sikl bosqichlariga bog’liq bo’ladi.
Iqtisodiyotning umumiy holati barqaror bo’lmaganda, inflyatsiya darajasi
yuqori bo’lsa, soliq siyosati doimo o’zgarib tursa, unda real investitsiyalar
samaradorligi keskin kamayib ketadi va shu bilan birga investitsion risk oshib ketadi.
Bunday holatda qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar samarali hisoblanadi.(shu
shart bilanki, agar bu investitsiyadan
olingan daromad darajasi, inflyatsiya
darajasidan yuqori bo’lsa).
Bu shartlarni hisobga olgan holda korxona investitsion strategiyasi har bir
bosqichi bo’yicha investitsiya turlarining o’zaro nisbati differensiyalanib turadi.
Korxona yoki kompaniya investitsion faoliyatining tarmoq yo’nalishini
belgilash investitsiya strategiyasini ishlab chiqishning eng qiyin va og’ir vazifasi
hisoblanadi.
Korxonaning investitsiya faoliyatini, uning
umumiqtisodiy rivojlanish
strategiyasi bilan bog’liqlikda bosqichma-bosqich olib borishni taqazo etadi.
Birinchi bosqichda, investitsiya faoliyatining tarmoq konsentratsiyasi
(markazlashuvi) yoki diversifikatsiyasi maqsadliligi ko’rib chiqiladi.
Qoidaga ko’ra korxona investitsiya faoliyatinig boshlang’ich bosqichi investor
uchun yaxshi tanish bo’lgan bir tarmoqqa konsentratsiya qilish bilan bog’liq bo’ladi.
Ko’pgina G’arb davlatlari kompaniyalari amaliyoti shuni ko’rsatadiki, ular o’z
strategiyasi yo’nalishlarini ko’p tarmoqli emas, balki bir tarmoqqa konsentratsiya
qilish orqali boshlang’ich yaxshi samaraga erishganlar. Ko’p xollarda kompaniyalar
o’z investitsion faoliyatini ilk marta amalga oshirishda bir tarmoq bo’yicha
barcha resurslarini
konsentratsiya qilishmoqda, ya’ni xozirgi kunda ko’p korxonalar
kompyuter texnikalar ishlab chiqarish, kompyuter dasturlari yaratishga sarf
etmoqdalar. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, bunday investitsion faoliyat strategiyasi
korxonani bankrot holatiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ko’p xollarda
kompaniyalar o’z investitsion strategiyasi yo’nalishlarini ishlab chiqishda,
investitsiya faoliyatini tarmoqlar bo’yicha diversifikatsiya qilib beradilar.
Ba’zi yirik kompaniyalar investitsiya faoliyatini
muvofiqlashtirish maqsadida
46
strategik xo’jalik markazlari tuzmoqdalar. Bunday xo’jalik markazlari birinchi
marta AQShning “Djeneral Elektrik” kompaniyasida paydo bo’ldi.
Kompaniya investitsion faoliyat strategiyasi yo’nalishlarini ishlab chiqishda,
kompaniya investitsiya faoliyatining hududlari yo’nalishi ham hisobga olinadi.
Chunki, bunday kompaniyalar iloji boricha yuqori riskli investitsion faoliyat
olib bormaydilar.
Kompaniyalar investitsion faoliyat strategiyasi hudud yo’nalishlarini ishlab
chiqishda, mamlakat hududlari bo’yicha investitsiyalarni jalb etish bo’yicha
shart-
sharoitlar hisobga olinadi.
Investitsion faoliyat yo’nalishlarini hududiy belgilash. Bu 2 (ikki) shart bilan
bog’liq. Birinchi shart kompaniya xajmi hisoblanadi. Bu kompaniya o’z faoliyatini
investorlar yashab turgan hududda (bir hudud doirasida) amalga oshirishi tushuniladi.
Ikkinchi sharti kompaniya faoliyatining davomiyligi hisoblanadi, ya’ni kompaniya
o’z faoliyatini 1 ta hududda amalga oshira turib, uni ko’zda tutgan maqsadini uzoqqa
mo’ljallanganligi tushunish mumkin bo’ladi, ya’ni bir
hududda uzoqroq faoliyat
yuritish hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida kompaniyaning investitsion va xo’jalik
faoliyati yo’nalishlari samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi.
Investitsion faoliyatning tarmoq yo’nalishlarini belgilash jarayoni har bir
tarmoq rivojlanish prognozlari bahosini olgan holda investitsion faoliyatini
diversifikatsiya qilish hisoblanadi.
Kompaniya investitsiya resurslarini tashkil etish strategiyasini ishlab chiqish
alohida bosqichlar bo’yicha amalga oshiriladi, bu jarayon 2.4-rasmda o’z
aksini
topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: