222
Amaliyotda, ba’zi hollarda qurilishda narxlarni aniqlashda tarmoqdagi ishchilar
o’rtacha oylik ish xaqi fondidan kelib chiqib aniqlanadi.
Loyiha tugallanishining ikkinchi bosqichi bo’lib kontraktni tugallanishi
hisoblanadi. Kontrakt tugallanishining asosiy bosqichlari bo’lib:
- moliyaviy hisobot berilishini tekshirish;
- pasport joriy qilish;
- bajarilmagan majburiyatlarni aniqlash;
- bajarilmagan ishlarni tugallanishi;
- kafolatli xizmat va oxirgi hisoblash;
Moliyaviy hisobot berilishini tekshirish buyurtmachi
va pudratchining
hisobotiga tegishli.
Buyurtmachining moliyaviy hisobotini tekshirish quyidagilarni o’z ichiga
oladi:
- tugallangan ishlarning hajmini to’liq fakturaga yozilishini tekshirishni;
- mavjud hujjatlarni o’zgartirilishi bo’yicha tekshirish;
- buyurtmachi orqali ushlab qolinishlar summasi nazorati.
Pudratchining moliyaviy hisobotini tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- yetkazib beruvchi va subpudratchilarni soliq to’lovlarini tekshirish;
- yetkazib beruvchining soliq to’lovlarini muddatini uzaytirilishini izlash;
- ushlab qolinishga muvofiq tasdiqlash.
Bunday tekshirishlar loyiha bo’yicha oxirgi moliyaviy hisobotlarni olish
imqoniyatini beradi.
Pasport joriy qilish kontraktni tugallanishini asosiy elementlarni biri bo’lib
hisoblanadi. Uni joriy qilishda bir nechta hujjatlarni joriy qilish kerak. Masalan, xom
ashyo va materiallarini texnik sharoitini ifodalovchi hujjatlar.
Bajarilmagan majburiyatlar kontrakt tugallanish jarayonida to’liq bajarilishi
shart. Ish olib boruvchi hamma savollarga muzokara orqali javob topishi kerak.
Tekshirish jarayonida quyidagilar o’rnatiladi:
- ortiqcha kuchayishni va yopilishni talab qilmaydi ishlar hajmini;
- kelishilgan ishlarni tugallanishini talab qiluvchi ish xajmlarini.
223
Xuddi shu vaqtni o’zida loyiha ish boshqaruvchisi buyurtmachidan ishga qabul
qilinishigacha bo’lgan kamchiliklarni va uzilishlarni ro’yxatini so’raydi. Bu ro’yxat
shartnoma majburiyatlari asosida amalga oshiriladi.
Bajarilmagan majburiyatlarni tugallash bosqichida
brak va tartibsizliklarni
tuzatilishi ustidan kuchlanish amalga oshiriladi. Bu kuchayishlar juda qimmat va
uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda loyiha rahbari buyurtmachi
bilan muammolarni ayrim talablarga ko’ra unga yon bosish yoki jarima to’lash yo’li
bilan hal etadi.
Shartnomada jarima ayrim majburiyatlarni bajarmaganda qo’llaniladi.
Agarda ish o’z vaqtida bajarilmasa, u holda shartnomaga o’zgartirish kiritilish
xaqida savol qo’yiladi. Shartnoma shartlarini o’zgartirilishi xaqidagi muzokaralar
shartnoma tugallanishidan oldin olib borilishi kerak. Barcha o’zgartirishlar
shartnomada
buyurtmachi
tomonidan
amalga
oshiriladi.
U
tomonidan
tasdiqlanmagunicha hech bir ish bajarilmaydi. Shartnoma bo’yicha barcha
qilinadigan ishlar haqida ma’lumotni loyiha rahbari ob’ektni
qabul qiluvchi
a’zolariga topshiradi.
Shartnoma tugallanishi hisoblashdagi yangilanish bilan birgalikda kuzatilish
kerak, ya’ni oxirgi to’lovlarni to’lash.
Qurilishni boshlashdan oldin pudratchi kafolatlangan rezervni ko’rsatishi
mumkin, ya’ni sifatliligini tasdiqlash maqsadida. Agarda ob’ektni ekspluatatsiyaga
topshirilish jarayonida nuqson aniqlansa, u holda kafolatlangan rezervdan qilinadigan
ishlarga to’lov amalga oshiriladi. Bu rezerv pudratchiga kamchilik topilmagandagina
qaytarib beriladi.
Ma’lumotlarga qaraganda qurilish ishlarini bajarilishini sifatsizligi rahbarning
xatolari, sifat darajasiga (35-45% vaziyat), reja bu loyihada xatolarning natijasida,
sifatsiz materiallar va konstruksiyalar hisobiga yo’l qo’yiladi.
Bulardan tashqari, ekspluatatsiya jarayonida shartnomada
kafolatlangan dalil
bo’yicha defekt yoki oxiriga yetmagan ishlar aniqlansa, buyurtmachi pudratchidan
qirqish, ya’ni maoshidan ushlab qolish yoki pudratchi o’zining kamchiligini
to’g’irlashi shart.
224
Loyiha tugallangandan so’ng, unga ketgan pul mablag’larini ortiqchaligini yoki
iqtisod qilinganligi xaqida yakuniy hisobot tuziladi. Agarda qurilish jarayonida
pudratchi ma’lum bir
miqdorda iqtisod qilsa, u holda u taqdirlanadi.
Loyiha tugallanishida asosiy qism bo’lib, idora xodimlarining loyiha rahbari
bahosi hisoblanadi.
Kafolatli xizmat ko’rsatish loyiha bo’yicha guruhiy holda emas, balki
funksional guruhlar, javobgar va kafolatli xizmat ko’rsatilgandan
keyin shartnoma
tugallanganda amalga oshiriladi.
Bu guruhga quyidagilar kiradi:
- texnik ma’lumot;
- jihoz;
- asbob-uskunalar;
- ekspluatatsiya bo’yicha rahbariyat;
- chizmalar;
- firma ta’minotchilarining har xil materiallari.
Kafolatli xizmat ko’rsatish sharoiti shartnomada kelishiladi. Qurilgan ob’ekt
o’rnatilgan shakllar asosida o’zlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: