Book · June 020 citations reads 3,563 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Mustaqil o’zlashtirish va nazorat uchun savollar



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/181
Sana23.04.2022
Hajmi2,84 Mb.
#577544
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   181
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Mustaqil o’zlashtirish va nazorat uchun savollar: 
 
1.
Investitsiya loyihalari sifatini boshqarish nima? 
2.
Investitsiya loyihalari sifatini boshqarishning qanday usullari mavjud? 
3.
Investitsiya loyihalari sifatini boshqarishni tizimini aytib bering. 
4.
Texnologiyalarga bo’lgan talab va uning sifatini tekshirish qanday amalga 
oshiriladi?
5.
Ishlab chiqarishga joriy etiladigan xom ashyo, materiallar va yarim tayyor 
mahsulotlar sifatini baholash va nazorat qilish nima uchun zarur? 
6.
Loyihaning sifat menejmentining dasturida nimalar aks ettiriladi? 


203 
11-BOB. LOYIHA KOMANDASINI BOSHQARISH 
 
11.1. Komandani shakllantirish va rivojlantirish 
 
Inson-loyihaning asosiy omilidir. Har bir moddiy va moliyaviy taminlangan 
istalgan loyiha. Uni amalga oshiruvchi insonlarsiz mo’rt hisoblanadi. 
Loyiha-menejeri, ish faoliyatining turiga qarab, maxsus sohalardan keng 
ko’lamdagi bilimga ega bo’lishi kerak. Effektiv loyiha boshqaruvchisi, loyihaning 
hamma hayotiy davrlarini mufassal tushunishi lozim. Lekin,, uning ish faoliyatidagi 
muhimroq va ko’p qirrali sohalardan – bu ko’pchilik bilan natija beruvchi hamkorlik 
qilishdir: guruh azolari, firma ishchilari, loyiha ishtirokchilari, to’g’ri va bevosita 
tasir etadigan atrof- muhitdir. 
Bu faoliyat sohasining ustunligini, ko’pchilik mutaxassis - menejerlar orasida 
o’tkazilgan so’roq natijalari tasdiqlaydi 
So’roqdan o’tganlarning 82 foizi loyiha muvaffaqiyatli amalga oshishida tasir 
etuvchi omillardan – insonlararo munosabatni birinchi o’ringa qo’yishdir.
Loyiha-menejmentining insoniy jihatlari loyihaning hamma davrlarida o’z 
aksini 
topadi, 
chunki 
muzokaralar, 
majlislar, 
qaror 
qabul 
qilinganda, 
kelishmovchiliklar hal qilinayotganda va aloqaning boshqa turlari loyihani amalga 
oshirishda asosiy omildir. 
Loyiha - menejeri insonlarni ajrata bilishi, ulardan qanday vaziyatda nima 
kutish mumkinligini avvaldan taxmin qila olishi kerak. Bu ma’lumotlar unga guruh 
azolari, firma ishchilari, buyurtmachilar va boshqa loyiha ishtirokchilari bilan til 
topishida yordam beradi. 
Inson 
psixologiyasini 
tushunish, 
unga 
muzokaralarda, 
majlislarda, 
kelishmovchiliklarda to’g’ri o’rin egallashda ko’maklashadi. 
Ijtimoiy hayotning turli xil sohalarida muvaffaqiyatga erishgan, ko’pchilik 
odamlar, 
jamiyatda 
o’z 
hulq-atvorlarini 
va 
munosabatlarini 
to’g’ri 
«programmalashtirishni»bilganlar, shuningdek, aloqada bo’lish va odamlarga tasir 
qilishni psixologik jihatlari haqida ma’lumotga ega bo’lganlar va bu bilimlardan 


204 
amaliyotda muvaffaqiyatli foydalanganlar.
2 ta sabab mavjudligi: yo’naltirilmagan 
aloqa vaziyatida ishlash va vaqtning yetishmovchiligi–doimiy stress sharoitida 
ishlaydigan loyiha–menejerlarni tayyorlashda psixologiyani kiritishga yetarlicha asos 
yaratdi. 
Bugungi kunga kelib, psixologik dadillikka va mustahkamlikka erishish uchun,
atrofdagilarga tasir etish usullari va o’z taqdirlarini shakllantirish uchun yordam 
beruvchi turli xil metodika va retseptlar mavjud. 
Loyiha-menejerlarini psixologik tayyorlashda, bir vaqtda o’qitish maqsadi 
hamda psixologik bilimga ega bo’lish vositasini o’taydigan testlardan foydalanish 
zarur. 
O’zini bilib olish hamma uchun foydali, ayniqsa, ishning muvaffaqiyatliligi, 
ularning to’g’ri yoki noto’g’ri xarakatlariga bog’liq bo’lgan boshqaruvchilarga, o’zini 
bilib, hulq-atvorni ham to’g’irlash mumkin: kamchiliklarni, agar ularni umuman 
yo’qotish mumkin bo’lmasa, kamaytirish, yaxshi fazilatlarni esa rivojlantirish 
kerakdir. O’zining kuchli va kuchsiz taraflarini yaqqol tasavvur qilgan holda, turli xil 
qiyin, murakkab vaziyatlarda avvaldan to’g’ri yo’l va fel-atvor shaklini tanlash 
mumkin. 
Turli xil odamlarning muloqot qilishi va ularning turli xil vaziyatdagi 
xarakatlarining ahloqiy asosini shaxslarining psixologik tavsiflari tashkil qiladi. 
Shuning uchun, asosiy bo’limdagi bu mavzu insonning psixologik xislatlari va 
tavsiflarini o’rganish va aniqlashga bag’ishlanadi. Buni aniqlash uchun esa amaliy 
psixologiyada ko’pgina turli xil testlar mavjud. 
Loyiha–menejeri va uning komandasi bir yoqadan bosh chiqargan holda ish 
yuritishlari lozim-bu loyiha muvaffaqiyatligining belgidir. 
Yangi loyiha uchun professional komanda tuzish-bu loyiha–menejerning 
ishidagi birinchi bosqichida bajariladigan asosiy vazifalaridandir. 
Bu jarayon turli xil bo’lim va tashkilotlardan ishbilarmonlarni aniqlash, tanlash 
va bir guruhga birlashtirish jarayonida boshqaruvining turli yo’nalishlarini bilishni 
talab qiladi. 


205 
Qo’sh bo’ysunish mavjud bo’lgan matritsa tuzilmalarida tanlov, funksional 
bo’lim boshliqlari bilan kelishilgan holda, loyiha-menejer orqali suhbat bilan amalga 
oshirilishi kerak. Tanlov jarayonida loyihaning maqsadi va vazifalari, kutilayotgan 
natijalar, imkoniyatlar sarflanishi, komanda azolarining masuliyatlari, hisobot, 
mukofotlanish va firma uchun loyihaning muhimligi haqida suhbat boradi. 
Agar nomzod yetarli darajada lavozimga qo’yilgan professional shartlarga 
javob bersa, loyiha muvaffaqiyatligida manfaatdorligi yaqqol ko’rinib tursa, u 
komandaga qabul qilinishi mumkin. 
Loyiha-menejeri turli xil usullar bilan mutaxassislar guruhini komandaga 
aylantirish jarayoniga o’z hissasini qo’shish lozim. 
Avvalambor, loyihada ishtirokchilar tez orada o’zlashib borishi uchun qulay 
psixologik iqlim yaratib berishlari kerak. Loyiha-menejeri quyida ifodalangan asosiy 
tashkiliy muammolarni hal qilinishi lozim. 
- professional–rag’batlantiruvchi muhit yaratish; 
- savodli rahbarlikni amalga oshirish; 
- malakali texnik ishchilar bilan taminlash; 
- doimiy qulay atrof-muhit va rahbar yordami bilan taminlash. 
Loyiha rahbari shunday muhit yaratishi kerakki, unda yangi loyiha bajaruvchi 
komanda ishtirokchilari professional jihatidan qondirilishi, umumiy ishga 
biriktirilishi, javobgarlik meyorini va o’z vazifalarini aniq bilishi zarur.
Guruh tuyg’usi qanchalik chuqur bo’lsa, shunchalik ma’lumotlar, fikrlar va 
qarorlar almashinuv sifati yuqoriroq bo’ladi, loyiha muvaffaqiyatliligidagi 
manfaatdorlik ancha baland bo’ladi. 
2. Komanda – bu vaqtinchalik guruhligiga va firma ichida tashkil qilinishiga 
qaramay, o’z tuzilishiga ega. Komandaning tashkiliy qismi, loyihaning maqsadi
vazifasi va boshqa ko’rsatkichlariga bog’liq. 
Loyiha-menejment amaliyotida loyiha bajaruvchilar komandasining asosiy 2 
xil qismidan foydalanadi. 
Komanda tuzilmasining matritsa shakli. 


206 
Matritsa shaklining mohiyati shundaki, loyiha bajaruvchilar komandasiga, 
vaqtinchalik shartnoma asosida, firmaning funksional bo’limlardan mutaxassislarni 
tanlab olishdir. Matritsaviy shakl, loyiha boshqaruvining insoniy jihatlari nuqtai 
nazaridan imtiyoz va kamchiliklari mavjud. 
Imtiyozlar: 
- komandani tashkil qilish va rivojlantirishda ixchamlik; 
- firmaning funksional bo’limlarining vakolatlari; 
- komanda azolarida ertangi kunga ishonch tuyg’usi borligi. 
Loyiha-menejeri, berilgan davr mobaynida ish miqdorini (hajm, sig’im) 
bajarish uchun funksional bo’limlardan yetarli darajada mutaxassislar tanlash 
imkoniyatiga ega. 
Miqdorning ko’payishi yoki kamayishida, yoki ishning yangi turlari yuzaga 
kelganda, u firma bo’limlari hisobiga komanda tarkibini sifat va miqdor jihatidan 
o’zgartirishi mumkin. Bu komanda rivojining tabiiy jarayoni. 
Loyiha bajaruvchilar komanda ichida o’z funksional bo’limlar yaratilmaydi
shuning uchun alohida mutaxassislarning vazifalari va vakolatlari aynan loyihaga 
bevosita aloqador bo’lganlar, firma funksional bo’limlari vakolatlari bilan 
kesishmaydi. 
Loyiha tugagach, komanda ishtirokchilari o’z funksional bo’limlariga qaytib, 
firmada ishlashni davom ettirishadi. Loyiha bo’yicha ishlar yakunlanishi, ularda 
xavotirlanish, ishonchsizlik tuyg’usi, ish qidirish zaruratlari bilan bog’liq emas. Bu 
matritsa tuzilmasining muhim ijobiy omillaridandir. 
Kamchiliklar: 
- yakkahokimlik asosi yo’qligi; 
- kollektivning vaqtinchaligi; 
- firma «chegaralarida» imkoniyatlarini taqsimlash muammosi; 
- firma ichida o’zaro munosabatning qiyinchiligi. 
Komandaning matritsa tuzilmasining asosiy kamchiligi bu yakka hokimlik 
asosining buzilishi. Vertikal va gorizontal aloqalarning kesishishi, komandani tashkil 
qilish va boshqarishda qiyinchiliklar yaratadi. 


207 
Doimiy dilemma: nima muhimroq funksional bo’limga sodiqligini yoki loyiha 
bajaruvchilar komandasiga mansubligi.
Yakkaxonlik yo’qligi, shu bilan birga, loyiha-menejer uchun muhim 
muammolar tug’diradi. Boshqa boshqaruvchiga, qisman bo’yicha ham, bo’ysungan 
odamlarga rahbarlik qilish qiyin, albatta.
Loyiha vaqtinchaligi tuyg’usi rahbar, hamda butun guruhini qiynaydi. 
Komanda ishtirokchilari bir-birilarini tushunishlari, til bildirishlari, do’stona 
munosabatlar o’rnatishlari vaqt zarur. Kichik loyihalarda, ko’pincha, bu jarayon 
tugallanmay qolishi mumkin. Ajratilish juda tez sodir bo’ladi, o’zaro munosabatlar 
uziladi.
Ishtirokchilar mavqeining vaqtinchaliligi, ikki taraflamaligi firma ichida ham 
kelishmovchiliklarini yuzaga keltiradi. Kelishmovchiliklar, mutaxassislarni ajratib 
olish va firma ichida imkoniyatlarning taqsimlanishi kabi muhim masalalar bo’yicha 
yuzaga keladi. Loyiha-menejerning firma boshlig’i bilan, funksional bo’lim 
rahbarlari bilan o’rnatgan munosabatlari ham ko’pchilik narsaga ta’sir qiladi.
Komanda tuzimining loyihaviy shakli. 
Katta hajmdagi loyihani boshqarish uchun, ko’pchilik firmalar maxsus 
loyihaviy shakldan foydalanadigan bo’lishdi. Yangi shaklning funksional bo’limlari 
esa loyiha bajaruvchilar komandasini tashkil qiladi.
Bu tashkiliy shakl ham, afzallik va kamchiliklarga ega. 
Imtiyozlar: 
- yakkaxonlik asosi; 
- firma ichida mavqening tayinligi; 
- imkoniyatlar to’planib loyiha natijasida, butun komandaning diqqat-e’tibori 
to’planishi. 
Komanda uzoq muddatga tuzilayotgani sababli, u to’liq loyiha va uning 
rahbariga 
yo’naltirilgan. 
Loyihaviy 
shaklning 
muhim 
afzalligi 
shundaki, 
ishtirokchilarning diqqat-e’tiborini faqat loyihaning asosiy maqsadiga yo’naltiriladi. 
Komandaning doimiy guruhi, uzoq muddatga yig’ilgan holda, o’zlarining 
tarkib topishlarning vaqtinchaligini anglab yetishmaydi va firmada ma’lum bir 


208 
mavqeni egallashadi. Qoidaga muvofiq, yirik miqyosdagi loyihalar, kichik loyihalar 
bo’lsa ham, firmada martabali hisoblanadi, bu esa mutahassislar tanlab olishda va 
imkoniyatlarni taqsimlashda juda muhim. Shu bois, loyiha-menejer bu kabi muhim 
masalalardagi qiyinchiliklarga duch kelishi vaziyatlari kamayadi. 
Kamchiliklar: 
- firma ichidagi funksiyalarning; 
- komandani qayta tuzish va rivojlantirishda ixchamlik yo’qligi; 
- loyiha tugagach, komanda a’zolaridagi ishsiz qolish xavfi. 
Loyiha bajaruvchilar komandasidagi firma funksional bo’limlari filiallari 
mavjudligi, funksiyalarning olib keladi. 
Bu, firmaning qo’shimcha harajatlari bilan bog’liq. Komandaning funksiya va 
vakolatlari, 
firmaning 
asosiy 
funksional 
bo’limlari 
bilan 
kelishuvi 
kelishmovchiliklarni yuzaga keltiradi. Loyiha-menejer komandaning qaytadan 
tuzilishi yoki rivojlantirish jarayonida, ortiqcha mutaxassislarni ish bilan ta’minlash 
va firmaning asosiy bo’limlaridan yangilarini ajratib olish kabi kamchiliklarga duch 
keladi.
Yirik loyiha tugashi bilan, ko’pchilik ishtirokchilar avvalgi ish joylariga qaytib 
borish imkoniyatiga ega emaslar. Bu 2 xil usul bilan yuzaga keladi: 
Birinchidan, xuddi shu loyiha-menejeriga topshiriladigan yirik loyihalarga 
yangi buyurtma ko’tarilmoqda.
Komanda a’zolari, loyiha yakunlanishining oxirgi bosqichlarida ishlab 
chiqarishni ko’tarishga harakat qilishadi, shu bilan, yangi loyihada bajaruvchilar 
komandasidagilar o’zlarining zarurliklarini ko’rsatadi.
Ikkinchidan, yangi loyiha kutilayapti. Loyiha yakunlanish bosqichida ishlab 
chiqarish ancha va tez pasayib ketdi, chunki hamma ishtirokchilar yangi ish joyi 
topish tashvishidalar.
Ikkinchi holatda, proyekt-menejer vazifasi komanda ish faoliyatini jadallik 
bilan ko’tarish uchun yangi, undaydigan sabablar topish va loyiha tugagach, qo’lidan 
kelgancha, o’z hamkasblarini ish bilan ta’minlashidir. 


209 
Uchinchidan, loyiha bajaruvchilar komandasi, asosan, 5 ta bosqichni boshidan 
o’tqazadi. Ulardan asosiysi «shakllanish» hisoblanadi. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish