Book · June 020 citations reads 3,563 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/181
Sana23.04.2022
Hajmi2,84 Mb.
#577544
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   181
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

10.1-jadval. 
O’zbekiston iqtisodiyotiga qilingan investitsiyalarning
texnologik tarkibi
11
(foiz hisobida) 
Iqtisodiyot 
tarmoqlari 
Yillar 
2017 yilda 2007 
yilga nisbatan 
o’zgarishi, f.p. 
2007 2010 2013 2016 2017 
Investitsiyalar jami 
100 
100 
100 
100 
100 

Shu jumladan: 
Qurilish-montaj ishlari 49,6 
52,1 
52,8 
56 
59,5 
9,9 
Uskunalar, 
instrumentlar, 
inventarlarga qilingan 
xarajatlar 
38,1 
39 
37,4 
34 
31,6 
-6,5 
Boshqa 
ishlar 
va 
xarajatlar 
12,3 
8,9 
9,8 
10 
8,9 
-3,4 
Ma’lumki, yangi korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish ob’ektlarini texnik jihatdan qayta qurollantirish bilan bog’liq bo’lgan 
moliyaviy, iqtisodiy, moddiy va mehnat xarajatlari yig’indisi kapital qo’yilmalarni 
anglatadi. O’z navbatida, kapital qo’yilmalar iqtisodiy 
jihatdan kapital 
11
Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари. 


198 
investitsiyalarni anglatadi, ular deyarli bir mazmunni bildiradi. Ular mahsulot ishlab 
chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohasida kiritiladigan investitsiyalarni – 
qo’yilmalarni – xarajatlar majmuasini anglatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda kapital 
qo’yilmalarning mohiyatiga quyidagicha ta’riflar berilgan: «kapital qo’yilmalar - bu 
asosiy kapitalga yo’naltirilgan real investitsiyalarni (qo’yilmalarni), shu jumladan, 
yangi qurilish, faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni texnik qayta qurollantirish, 
ta’mirlash, kengaytirish, mashina va uskunalar sotib olish, loyiha-qidiruv ishlari, 
shuningdek, uy-joy hamda madaniy-maishiy qurilishlarni amalga oshirishga 
yo’naltirilgan xarajatlardir»
12
. Statistik hisobotlarda va iqtisodiy tahlil jarayonlarida 
bunday investitsiyalarni kapital hosil qiluvchi investitsiyalar deb ham nomlanadi. 
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni takror ishlab 
chiqarishga yo’naltirilgan qo’yilmalarni anglatadi. Umuman olganda, kapital 
qo’yilmalar aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va iqtisodiyot tarmoqlarini 
rivojlantirish uchun mo’ljallangan hamda asosiy fondlarni barpo etish va yangilash 
bilan bog’liq bo’lgan jami xarajatlarni aks ettiradi.
Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarni sotib olish, 
qurish bilan bog’liq xarajatlar kapital sarflar yoki kapital qo’yilmalar deyiladi. 
Kapital qo’yilmalar bilan xarajatlarni bir-biridan farqlay bilish kerak. Xarajat albatta 
shu davrda daromad keltirishi kerak. Kapital qo’yilma esa bir necha yillardan keyin 
daromad keltira boshlaydi.
Kapital qo’yilmalar tarkibiga asosiy vositalar, tabiiy resurslar va nomoddiy 
aktivlarni sotib olishdan tashqari asosiy vositalarni o’stirish va ularni yaxshilanishiga 
sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Asosiy vositani o’sishi (additions) deganda ishlab 
chiqarish quvvatini fizik jihatdan kengaytirish tushuniladi. 
Kapital qo’yilmalar bu korxonaning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlarini 
qayta ishlab chiqarish va ular sifat tarkibini yaxshilash borasida qiladigan sarf 
xarajatlaridir. 
«Kapital qo’yilma» tushunchasi «kapital qurilish» tushunchasiga nisbatan 
kengroq ma’noga ega. Kapital qo’yilmalarning bir qismi qurilishni amalga 
12
Нешитой А.С. Инвестиции: Учебник. – 4-е изд., перераб. и доп. – М.: «Дашков и К
0
», 2006. – С. 13.


199 
oshirishga, shu jumladan, transport vositalari, qishloq xo’jaligi texnikalari, texnologik 
uskunalar sotib olishga safarbar qilinadi.
Kapital qo’yilmalar quyidagi belgilariga ko’ra tasniflanadi: 
1.
ishlab chiqarish (mo’ljallangan) ob’ektlari qurilishi; 
2.
qishloq xo’jaligi (mo’ljallangan) ob’ektlari qurilishi; 
3.
transport va aloqa ob’ektlari qurilishi; 
4.
uy-joy qurilishi; 
5.
ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishi.
Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish shakli bo’yicha kapital qo’yilmalar 
quyidagilarga ajratladi: 
6.
yangi qurilishga; 
7.
faoliyat yuritayotgan korxonalarni kengaytirishga; 
8.
korxonalarni ta’mirlash va texnik qayta qurollantirishga. 
Texnologik belgilariga ko’ra kapital qo’yilmalar quyidagi turlarga ajratiladi: 
9.
qurilish-montaj ishlari; 
10.
mashina va uskunalarni sotib olish
11.
va boshqa kapital ishlar va xarajatlar.
Kapital qo’yilmalar tarkibi takror ishlab chiqarish strukturasining yo’nalishlari, 
texnologik struktura, mo’ljallanishi, xalq xo’jalik tarmoqlari, ishlarni bajarish usuli, 
mablag’ bilan ta’minlash manbalariga ko’ra guruhlanadi. 
Kapital qo’yilmalar maqsadga ko’ra: a) ishlab chiqarish maqsadlaridagi 
ob’ektlar qurilishiga (qurilishi tuganlangandan so’ng moddiy ishlab chiqarish sohasi: 
sanoat, qishloq xo’jaligi, transport aloqa va shu kabilarda ishlaydigan ob’ektlar); b) 
noishlab chiqarish maqsadlaridagi (turar joy va kommunal xojalik sog’liqni saqlash 
muassasalari, ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi va boshqa) ob’ektlarga ajratiladi. 
Xalq xo’jaligi tarmoqlari bo’yicha kapital qo’yilmalar sanoat, qishloq xo’jaligi, 
qurilish, transport, sog’liqni saqlash, xalq ta’limi va boshqa tarmoqlardagi kapital 
qo’yilmalarga ajratiladi. 


200 
Kapital qo’yilmalar tarkibi takror ishlab chiqarish strukturasining yo’nalishlari, 
texnologik struktura, mo’ljallanishi, xalq xo’jalik tarmoqlari, ishlarni bajarish usuli, 
mablag’ bilan ta’minlash manbalariga ko’ra guruhlanadi. 
Takror ishlab chiqarish strukturasining yo’nalishlari bo’yicha kapital 
qo’yilmalar yangi qurilish, kengaytirish, ta’mirlash, texnik qayta jihozlash va ishlab 
turgan korxonalar quvvatlarini saqlashga ajratiladi. 
Texnologik strukturasiga ko’ra kapital qo’yilmalar quyidagi ish va xarajat turlari 
qiymatidan tarkib topadi: qurilish ishlarining barcha turlari; uskunalar natijasi 
bo’yicha ishlar; qurilish smetalarida nazarda tutilgan uskunalar xarajatlari (montaj 
talab qiladigan va qilmaydigan); qurilish smetasiga kiritiladigan asbob va inventarlar 
xarajatlari; boshqa kapital ish va xarajatlar. 
Yangi qurilish deganda yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarga 
xizmat ko’rsatuvchi asosiy va yordamchi ob’ektlar majmuining qurilishi tushuniladi, 
shuningdek, tasdiqlangan loyihalar bo’yicha yangi qurilish maydonida tashkil etilgan 
ishlab chiqarish bo’limlari tushuniladi. Shuningdek, yangi qurilishga yangitdan 
tashkil etilayotgan korxonalar, binolar va inshootlar, ishga tushirilgandan so’ng 
mustaqil balansda bo’ladigan, yangi maydonchada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini 
yaratish maqsadlarida filial va ayrim ishlab chiqarishlarda amalga oshiriladigan 
asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish maqsadlaridagi ob’ektlar kompleksining 
qurilishi kiritiladi. 
Kengaytirish deganda faoliyat yurituvchi korxonalar va tashkilotlarda alohida 
sexlar, 
qo’shimcha 
ishlab chiqarish ob’ektlarining qurilishi tushuniladi. 
Kengaytirishdan maqsad – ishlab chiqarish quvvatini oshirishdir. Ishlab turgan 
korxonalarni kengaytirish deganda ishlab turgan korxona (inshoot) larda qo’shimcha 
ishlab chiqarishlarni qurish, shuningdek, ishlab turgan korxona hududi yoki unga 
qo’shni maydonchada qo’shimcha yoki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish 
maqsadlarida ayrim sexlar yoki asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatishga 
mo’ljallangan ob’ektlarni qurish va ishlab turganlarni kengaytirish tushuniladi. Ishlab 
turgan korxonani kengaytirish, uning ishlab chiqarish quvvatini (unumdorligi) 
ko’paytirish ishlari yangi qurilish yo’li bilan shunday quvvatlar yaratishdan ko’ra 


201 
qisqaroq muddat va kam xarajatlarda amalga oshirilishi lozim. 
Ta’mirlash deganda faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlarda mavjud 
ishlab chiqarishni, sexlarni va boshqa ob’ektlarni to’liq yoki qisman qaytadan qurish 
(bunda, qoida tarzida, birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan mavjud bino va 
inshootlarni kengaytirmasdan turib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida 
ularning texnik-iqtisodiy darajasini ko’tarish va ishlab chiqarishni takomillashtirish) 
tushuniladi. Ishlab turgan korxonalarni ta’mirlash asosiy va yordamchi va xizmat 
ko’rsatishga mo’ljallangan, ishlab turgan sex va ob’ektlarni ishlab chiqarshni 
takomillashtirish va ularni texnik-iqtisodiy darajasini oshirish maqsadlarida qayta 
qurish tushuniladi. Bu, odatda, asosiy maqsaddagi bino hamda inshootlarni 
kengaytirmay amalga oshiriladi. 
Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarni texnik qayta qurollantirish - 
alohida 
ishlab 
chiqarishlarni, 
sexlarni, uchastkalarni zamonaviy 
texnika-
texnologiyalarni 
joriy 
etish, 
ishlab 
chiqarishni 
mexanizatsiyalash 
va 
avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, modernizatsiyalash, jismoniy va ma’naviy 
eskirgan uskunalarni yangisiga almashtirish, ularni intensivlashtirish asosida texnik 
darajasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini anglatadi. 
Ta’mirlash va texnik qayta qurollantirishning asosiy maqsadi ishlab chiqarishni 
texnik qayta qurollantirish orqali uning samaradorligini oshirishga qaratiladi va bu, 
o’z navbatida, mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, uning sifatini oshirish va 
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi. 
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, kapital qo’yilmalarni amalga oshirishda va 
investitsion jarayonlarda asosiy rolni kapital qurilish o’ynaydi. Kapital qurilishning 
investitsion jarayondagi o’rni va ahamiyati quyidagilar bilan izohlanadi: 
1.
kapital qurilish kapital qo’yilmalarni o’zlashtirishda (amalga oshirishda) 
qatnashadi. Jami kapital qo’yilmalar summasining 2/3 qismi qurilish-montaj va 
qurilish tashkilotlari tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlariga, loyiha-qidiruv 
va boshqa qurilish ishlariga to’g’ri keladi; 
2.
kapital qurilish korxonalar ishlab chiqarish quvvatining oshishi va asosiy 
fondlari o’sishini ta’minlaydi, bu esa, o’z navbatida, aholining turmush farovonligini 


202 
oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda xalq xo’jaligi tarmoqlarini 
rivojlantirish imkonini beradi; 
3.
kapital qurilish korxonalarda zamonaviy texnika va texnologiyalarni 
qo’llanilishi asosida ishlab chiqarishda ilmiy-texnik taraqqiyotni ta’minlaydi; 
4.
ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish jarayonida qurilishning o’ziga 
xos o’rni shundaki, bir vaqtning o’zida bino va inshootlarni texnologik, energetik va 
boshqa uskunalar montaj qilish ishlarini amalga oshiraturib, zavod, fabrika, 
kombinatlarni ishga tushirish uchun sharoitni yaratadi (ta’minlaydi) va shu bilan 
ularni barpo etishning umumiy jarayonini yakunlaydi (tugallaydi); 
5.
qurilish tarmog’ida qurilishga qaratilgan investitsion loyihalarni ishlab 
chiqish bilan bog’liq bo’lgan loyihaviy tashkilotlar (loyiha-qidiruv ishlari bilan 
shug’ullanuvchi tashkilotlar) faoliyat ko’rsatadi.

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish