14 – Ma’ruza:
Bino konstruktsiyalarida uchraydigan defektlar.
Reja:
1)
Devorlarda uchraydigan shikastlanish.Deformatsiya turlari bo’yicha
yemirilishni aniqlash.
2)
Orayopmalar, ularda uchraydigan shikastlanish. Deformatsiya turlari
bo’yicha yemirilishni aniqlash.
Tayanch so’zlar:
orayopmalar, elementlar ekspluatatsiyasi, nuqsonlar, bartaraf etish
tadbirlari, texnik holat, elementlarni kuchaytirish, diafragmalar, fibrobeton, foydalanish davri,
texnik ekspluatatsiya, devor panellarida uchraydigan nuqsonlar, deffektlarni bartaraf etish
tadbirlari, deformatsiya turlar, yemirilish.
Ekspluatatsiya qilish uchun odatda binolarning tiklanish narxiga nisbatan 25
- 55% miqdorda mablag’ sarflashadi. Ekspluatatsiyalashning taqribiy narxi maxsus
grafiklar va yiriklashtirilgan narxnomalar asosida aniqlanadi. Bunda 1m
2
yashash
maydoni, 1m
2
ishchi maydon yoki 1m
3
bino hajmi asos qilib olinadi.
Ekspluatatsiya loyihasi ishlab chiqilgandan so’ng unga asosan smeta hisoblari
bajariladi va ishlar majmuasining aniq narxi hisoblab topiladi. Bunda bino -
inshootlarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, kapital ta’mirlash uchun maxsus
ishlab chiqilgan yagona me’yorlar va narxlar, maxsus narxnomalardan
foydalaniladi. Ekspluatatsiya qilish ishlari ularning xarakteriga ko’ra turli
manbaalardan moliyalashtiriladi. Ishlarning smeta narxi shartnomaviy narxlar
asosida belgilanadi. Bunda ishlab-chiqarishni rivojlantirish fondi, rezerv fanlar va
markazlashgan fondlar hisobidan mablag’lar ajratiladi. Bundan tashqari, ajratilgan
mablag’lar yetarli bo’lmasa, bank kreditlaridan foydalaniladi.
Ekspluatatsiya qilish variantida ishlarning narxi yangi qurilishga nisbatan
sezilarli darajada kam bo’lar ekan. SHu sababli, mavjud barcha nuqson va
kamchiliklarga qaramasdan, binoni ekspluatatsiya qilish maqsadga muvofiqdir.
Bino-inshootlarning asoslari gruntlarini kuchaytirishning asosiy mohiyati
ularni sun’iy yo’l bilan mustahkamlash orqali yuk ko’tarish qobiliyatini oshirishdan
iborat bo’ladi. Buning uchun qurilish amaliyotida silikatlash va elektrosilikatlash,
termik kuydirish, yangi poydevorlar ostiga qum – shag’al yostiqlar yotqizish usullari
qo’llaniladi.
Asos gruntlarini silikatlash uchun poydevorlar tagligining ostiga diametri 19-
38 mmli in’ektorlar – po’lat quvurlar tushiriladi va ular orqali 0,3-0,6 MPa bosim
ostida qorishma singdiriladi. Tasmasimon poydevorlar ostiga in’ektorlar har ikki
tomondan tushiriladi, poydevor tagligining eni katta bo’lgan hollarda in’ektorlar
qiya holatda joylashtiriladi. Elektrosilikatlashda mustahkamlanuvchi gruntga
doimiy elektr toki yuboriladi, natijada gruntga singdiriluvchi qorishmaning siljishini
tezlashtirib, miqdorini 20% gacha oshirishga imkon beradi.
Termik usul lyossimon cho’kuvchan gruntlarni mustahkamlashda qo’llanilib,
unda issiqqa chidamli quvurlar orqali gruntga 600-800
0
S gacha qizdirilgan havo
oqimi yuboriladi.
Bino - inshootlarning poydevorlarini kuchaytirishda tsementlashtirish, beton
va temirbeton gardishlar tiklash, tagligini kengaytirish, ustunqoziqlar vositasida
kuchaytirish kabi usullar qo’llaniladi.
Tosh - g’isht terimidan tashkil topgan poydevorlarni tsementlashtirib
kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Bunda poydevor tanasida diametri 25 mmli
teshiklar ochilib, ular orqali 1:1 (tsement-suv) tarkibli tsementli qorishma 0,3 – 0,5
MPa bosim ostida singdiriladi. TSementlashtirish imkoni yo’q bo’lgan hollarda
poydevor beton va temirbeton gardishlar tiklab kuchaytiriladi. Bunda beton
gardishning minimalь eni 15 smdan kam bo’lmasligi kerak. Temirbeton gardishlar
bir tomonlama yoki har ikki tomondan tiklanishi mumkin. Ularning minimalь eni 10
sm bo’lib, bir–biri bilan diametri 20 mm li ankerlar bilan bog’lanadi.
Poydevorlarni tagligining enini kattalashtirib kuchaytirishda bir yoki ikki
tomonlama tiklanuvchi banketlar hosil qilinadi. Banketning eni quyida 30 smdan,
yuqorida 20 smdan kam bo’lmasligi kerak. Bu usulda kuchaytirishda turli kashaklar,
rafaqlar, yuklarni taqsimlovchi to’sinlar sifatida prokat profilli po’latlar ham
ishlatiladi. Poydevorlarning kuchaytiriluvchi va kuchaytiruvchi qismlarining yuk
ko’tarish qobiliyati hisoblar natijasida va talablar asosida armaturalanadi.
Mavjud poydevorlardan past sathlardagi gruntning yaxlitligi buziluvchi
hollarda, hamda bino – inshootlarning vaqt davomida intensiv ravishda ortib
boruvchi deformatsiyalarini to’xtatish uchun yangi poydevorlar tiklash usuli
qo’llaniladi. Hozirgi paytda mavjud poydevorlar ostiga ustunqoziqli poydevorlar
hosil qilib ularni o’tqazish usullari ham amalga oshirilmoqda.
Foydalanilayotgan
bino-inshootlarning
shikastlangan
poydevorlarini
kuchaytirish ishlarini bajarishda ularning konstruktsiyalarini yer osti suvlari
ta’siridan himoyalashga ham alohida ahamiyat berilishi zarur. Bu maqsadda
samarali gidroizolyatsiyalash ishlarini amalga oshirish talab etiladi.
Pardevorlarni almashtirishda ko’plab zamonaviy konstruktsiyalar va detallar
qo’llaniladi. Ichki konstruktsiyalar to’liq almashtiriladigan hollarda minorali kran
mavjud bo’lsa panalli gipsobeton pardevorlar qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir.
Binolarning o’lchamlari turlicha bo’lganligi sababli, ko’p hollarda plita va bloklar
ko’rinishidagi pardevorlar qo’llanilishi qulaydir.
1-rasm
.
Gruntni
ximiyaviy in’ektsiya usulida
mustahkamlashning hisobiy
sxemasi: a – yakka yurish
usulida; b – yaxlit massiv
ko’rinishida.
2-rasm. Lentasimon
poydevorlar asosini
silikatlashtirish sxemasi:
1-in’ektor; 2-poydevor; 3
- mustahkamlangan soha.
Ayrim hollarda yog’och sinchli pardevorlar qo’llaniladi. Bunda 50mm
qalinlikdagi taxtalardan sinch tiklanadi, ularning orasida meneral paxta yoki
plitasimon to’ldirgich joylashtiriladi, qoplama sifatida quruq suvoq yoki
asbestotsement listlardan foydalaniladi. Ekspluatatsiya qilinadigan binolarda yirik
blokli sanitariya kabinalari, ventilyatsiya kanallari, gazoxodlar qo’llanilishi
maqsadga muvofiqdir.
Oshxonalar va sanitariya xonalari ekspluatatsiyadan oldingi joylarida
joylashtiriladigan hollarda kapital devorlarda mavjud bo’lgan kanallardan
foydalanish imkoniyatlari tekshirib ko’rilishi zarur. Bunday kanallarning joylashishi
devorlarning yoyma chizmalarida hamda o’lchov chizmalarida ko’rsatilishi kerak.
Eshik bloklari va deraza romlari komplekt holda almashtiriladi. Eshik va
derazalar zamonaviy standartlar va tipovoy yechimlar asosida almashtiriladi. Eshik
va derazalar o’rniga qarab ularning o’lchamlari, tuzilishi va konstruktsiyalari
aniqlanadi. Ayrim hollarda eshik va derazalar o’lchamlari kattalashtiriladi, bir necha
deraza va eshiklar o’rni birlashtirilishi ham mumkin.
Havfli, yo’l qo’yib bo’lmaydigan nuqsonlari, latlari va shikastlanishlari
borligi aniqlangan konstruktiv elementlarning texnik holatini me’yoriy talablarga
javob beradigan holatga keltirish uchun ularni kuchaytirish va almashtirish
tadbirlari amalga oshiriladi. Hozirda mavjud usullar yordamida bino va
inshootlarning ekspluatatsiyasini birmuncha muvaffaqiyat bilan talablarga javob
beradigan darajaga keltirish imkoniyati bor.