14 – Ma’ruza: Bino konstruktsiyalarida uchraydigan defektlar



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana11.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#344899
1   2   3   4
Bog'liq
14 – Ma’ruza Bino konstruktsiyalarida uchraydigan defektlar

 

 

3-rasm. Lentasimon poydevorlarni quyma 

banketlar yordamida kuchaytirish: 

a – quyma beton bilan bir tomonlama 

kengaytirish; b, v – ikki tomonlama 

kengaytirish;  g – xuddi shunday, asosni qum 

– tsementli ustunqoziqlar bilan kuchaytirgan 

holda;  d – bikr temirbeton banketalar bilan 

kengaytirish; ye – moyil temirbeton 

banketalar bilan kengaytirish; 1 – kashak; 2-

yuksizlantiruvchi to’sinlar;  

3 – щebenь to’shama; 4 – ankerlar; 5 – 

to’sinlar tayanchlari; 6 – balandlik bo’yicha 

har 25 smda qo’yiluvchi robita – qoziqlar; 7 – 

qum-tsementli robitalar; 8 – tsementli 

qorishmada qotirish. 

 

 

           



Quyida  konstruktiv  elementlarni  kuchaytirishning  keng  tarqalgan  usul  va 

yo’llari keltirilgan.   

Metall  konstruktsiyalarni  kuchaytirishda  po’lat,  beton,  temirbeton,  shu 

jumladan fibrobeton, vaqtincha kuchaytirish uchun esa yog’och qo’llaniladi. 

Po’lat 

konstruktsiyalar 

quyidagicha 

kuchaytiriladi: 

qo’shimcha 

konstruktsiya va elementlar kiritish yo’li bilan; qo’shimcha robitalar qo’yish yo’li 

bilan  –  qobirg’alar,  diafragmalar,  tortqilar  va  xovonlar  ko’rinishidagi; 

elementlarning  ko’ndalang  kesim  yuzasini  ochirish  orqali;  birikish  tugunlarini 

kuchaytirish  vositasida;  fazoviy  bikrligini  ochirish  natijasida.  Bundan  tashqari, 

“maxsus  tadbirlar”  turkumiga  kiruvchi  quyidagi    usullar  ham  qo’llanilishi 

mumkin: hisobga olinmagan mustahkamlik zahiralarini aniqlash, konstruktsiya va 

elementlarga ta’sir etuvchi yuklarning qiymati va qo’yilish sxemasini o’zgartirish 

va sh.k. 

Temirbeton  konstruktsiyalarni  kuchaytirishda  quyidagi  usullar  keng 

tarqalgan: poydevorlar va ustunlar uchun – temirbeton gardish (xalqa) tiklash yo’li 

bilan;  torkret  betonlash  usuli  –  devorlar  va  b.  Konstruktsiyalar  uchun; 

konstruktsiya  kesimini  oshirish  yo’li  bilan;  metall  tortqilar  va  qoplamalar 

vositasida;  qo’shimcha  armatura  sinchlari  va  to’rlarini  o’rnatish  va  betonlash 

orqali. 

Tosh – g’isht konstruktsiyalarni kuchaytirishda armaturalangan suvoq hosil 

qilish,  yangi  g’ishtin  qoplama  tiklash,  temirbeton  qoplama  yordamida 

kuchaytirish,  po’lat  gardishlar,  kamarlar  va  tortqilar  vositasida  kuchaytirish  kabi 

usullar keng qo’llaniladi. 



Nuqsonli  konstruktsiyalarni  kuchaytirishda  qo’llaniluvchi  materiallarga 

oshirilgan  talablar  qo’yiladi,  ular  QMQ  va  standartlarda  belgilangan 

ko’rsatkichlarga va xossalarga ega bo’lishi zarur. 

Konstruktsiyalarni  kuchaytirish  ishlari  texnik  tekshirish  ishlari  natijasida 

ishlab  chiqilgan  amaliy  tavsiyanomalar,  rekonstruktsiya  va  kapital  ta’mirlash 

loyihalarida belgilab qo’yilgan qoidalar, ishlarni  bajarish tartiblari, sxemalari va 

yechimlari  asosida  bajarilishi  kerak.  Tugallangan  ishlar  me’yorlarda  belgilangan 

tartibda qabul qilinadi va ularga maxsus dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 

 O’tkazilgan  texnik  tekshirish  ishlari,  ularning  natijalarini  tahlil  qilish, 

konstruktsiyalarda hosil bo’luvchi nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, 

konstruktiv  elementlarning  haqiqiy  ishini  o’rganish,  ularning  texnik  holatini 

baholash  bo’yicha  bajarilgan  ilmiy-tadqiqot  ishlari  hosil  bo’lgan  yorilish, 

deformatsiyalar, latlar, shikastlanish va buzilishlarni  ishonchli tarzda bartaraf etish 

usullarini takomillashtirish va sifat jihatidan mutlaqo yangi, ishonchli va bajarilishi 

oddiy bo’lgan usul va yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatini berdi.  

Quyida  bino  -  inshootlarning  asosiy  yuk  ko’taruvchi  va  to’siq 

konstruktsiyalarini  kuchaytirishning  ishlab  chiqilib  taklif  etilgan,  qisman  qurilish 

amaliyotiga joriy etilgan yechim va usullarining bayoni keltirilgan.



 

Yuqorida  ko’rsatib  o’tilganidek,  tosh-g’isht  konstruktsiyalarda  turli 

ko’rinishlardagi  nuqsonlar  vujudga  kelishi  mumkin;  bulardan  eng  ko’p 

uchraydiganlari vertikalь va qiya yoriqlar hosil bo’lishi, vertikaldan og’ishi, nurashi 

va yemirilishi hisoblanadi.  

Tosh-g’isht  konstruktsiyalarni  kuchaytirishda  ana  shu  kabi  latlar  va 

shikastlanishlarning  asorati  butunlay  bartaraf  etilishi  zarur.  Bajariladigan 

konstruktiv  kuchaytirish  tadbirlarida  ushbu  holat  to’liq  e’tiborga  olinishi  talab 

etiladi. 

Tosh-g’isht  ustunlar  va  oradevorlarni  po’lat  va  temirbeton  gardishlar  tiklab 

kuchaytirish  keng  qo’llaniluvchi  usul  bo’lib,  bunda  elementning  yuk  ko’tarish 

qobiliyati sezilarli darajada ortadi. 

Po’lat  gardishlar  vositasida  kuchaytirish  burchak  profillar  va  listli 

po’latlardan tayyorlanuvchi biriktirish plankalari va tsementli qorishma yordamida 

bajariladi. Po’lat elementlarni korroziyadan himoyalash uchun M50-M100 markali 

qorishma bilan metall to’r ustidan 2-3 sm qalinlikda suvoq qilinadi.  

Kuchaytirish  uchun  tokchasining  o’lchamlari  50-75  mmli  burchak  profillar, 

xomutlar sifatida kesimining o’lchamlari 40x5 - 60x12 mmli plankalar yoki Ø12-28 

mmli  armatura  sterjenlari  qo’llaniladi.  Kuchchaytiruvchi  gardish  terimni  qisishi 

uchun kuchlantiriluvchi xomutlar ko’zda tutiladi. 

Temirbeton gardishlar sinfi V12,5dan kichik bo’lmagan beton, Ø10-16 mmli 

vertikalь sterjenlar va Ø6-10 mm li xomutlar ishlatiladi. Xomutlar orasidagi masofa 




15  sm  dan  ortiq  bo’lmasligi,  betonning  sinfi  g’ishtning  markasidan  kichik 

bo’lmasligi  zarur.  Temirbeton  gardishning  qalinligi  4  -  12  sm  ni  tashkil  etadi. 

Betonlashtirish qolipda amalga oshiriladi. 

Tosh-g’isht 

konstruktsiyalar 

armaturalangan 

suvoqlar 

bilan 


ham 

kuchaytiriladi. Bunda 2-4 sm qalinlikdagi  suvoq qatlami bir necha  martada M75 - 

M200  markali  qorishmadan  qo’lda,  qorishma  nasosi  yordamida  yoki  torkretlash 

usulida bajariladi. 

Mahalliy  latlarda  shikastlangan  joyning  o’zini  kuchaytirish  ham  mumkin; 

bunda  po’lat  xomutlar  o’rnatilib,  g’isht  terimi  tsementli  qorishma  yordamida 

in’ektsiyalab kuchaytiriladi. 

Devor va poydevorlarning yuk ko’tarish qobiliyati qoplama terim tiklash va 

armaturalangan  -  temirbeton  qoplamalar  yordamida  kuchaytiriladi.  Qoplamalar 

terimning  faqat  bir  tomonidan  yoki  har  ikkala  tomonidan  tiklanishi  mumkin. 

Temirbeton qoplamalar 4-12 sm qalinlikda sinfi V7,5 - V15 bo’lgan beton va Ø4-

12 mmli simlardan tayyorlanuvchi po’lat to’rlardan bajariladi 

Qurilish amaliyotidan  ma’lum bo’lishicha, bino-inshootlarni rekonstruktsiya 

qilishdagi eng murakkab masalalardan biri - yig’ma temirbeton elementlarda hosil 

bo’luvchi  shikastlanishlar  va  buzilishlarni    bartaraf  etish  va  yo’qotishdir;  shunga 

qaramasdan, bu  masala amalda eng ko’p duch kelinadigan  muammolardan bo’lib, 

konkret tarzda hal etilishini talab etadi.  

Hozirgi  kunda  ushbu  muammoni  hal  etish  bo’yicha  birmuncha  tajribalar 

to’plangan  bo’lib,  ular  asosiy  turlardagi  yig’ma  temirbeton  konstruktsiyalarni 

qamrab oladi. 

Qurilish  amaliyotining  ko’rsatishicha,  quyma  temirbetondan  tiklanuvchi 

konstruktsiyalarda betonlashtirish ishlari tugallangandan keyingi dastlabki 3-7 kun 

davomida  zaruriy  parvarishlar  ishlari  olib  borilmasligi  oqibatida  betonda  kirishish 

yoriqlarining hosil bo’lishi, mustahkamlikning keskin pasayishi yuz beradi, natijada 

konstruktsiyalarning  yuk  ko’tarish  qobiliyati  sezilarli  darajada  pasayadi,  ularning 

sifat ko’rsatkichlari yomonlashadi. 

Foydalanish  davrida  ham  quruq  issiq  iqlim  binolarning  konstruktiv 

elementlariga  sezilarli  salbiy  ta’sir  ko’rsatadi  ushbu  holat  tekshirishlarda  yaqqol 

namoyon bo’ladi.  

Bevosita  quyosh  radiatsiyasi  ostida  ishlatiluvchi  konstruktiv  elementlarda  - 

tom  konstruktsiyalari,  devor  panellari,  oshiq  inshootlar  qismlarining  muddatidan 

oldin yorilish, yemirilish va buzilish hollari amalda ko’p qayd etilgan. 

Zilzilalar  oqibatida  bino  va  inshootlarning  yuk  ko’taruvchi  va  to’siq 

konstruktsiyalari  turli  darajadagi  shikastlanishlarga  uchraydi,  ularda  yoriqlar  hosil 

bo’ladi, deformatsiyalarining ortishi kuzatiladi.  



Qurilish  joyining  sharoitlari  bino  va  inshootlarning,  ularning  konstruktiv 

elementlarining  foydalanish  davridagi  asosiy  ko’rsatkichlariga  hal  etuvchi  ta’sir 

ko’rsatadi, 

yuzaga 


keluvchi 

shikastlanishlar, 

buzilishlar, 

yoriqlar 

va 

deformatsiyalarning  xarakterini  belgilaydi  va  miqyosiga  ta’sir  ko’rsatadi.  SHu 



sababli,  aniqlangan  nuqsonlarni  bartaraf  etishda,  kuchaytirish  usullarini  ishlab 

chiqishda ushbu holat aniq hisobga olinishi talab etiladi. 

 


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish