Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   165
Bog'liq
Etiket

“Ha, aytib bergan edingiz” 
qabilida 
gapirib qo‘ygan ma’qul. Odobli odam, garchi hikoyani avval eshitgan bo‘lsa ham, 
so‘zlayotgan  odamni  bo‘lmaydi.  Tasodifan  eshitib  qolgan  narsalarga  chuqur 
sho‘ng‘ib ketib, munozara qilmaydi. 
Bunda  axloqiy  tarbiyaning  ba’zi  vositalarini  yoki  unga  yaqin  yo‘llarni 
tanlash  qo‘l  keladi.  “Axloqiy  tarbiyaning  eng  kuchli  vositasi  –  san’at.  Bu  vosita 
aholining  barcha  tabaqasini,  turli  yoshdagi  shaxslarni  qamrab  oladi”.
1
  Zero, 
zamonaviy  ruhshunoslik  insonning  jamiyat  va  borliq  bilan  bo‘lgan  turli 
munosabatlarini  nafaqat  yo‘lga  qo‘yadi,  balki  uni  mustahkamlaydi  ham.  Misol 
uchun,  ruhiy  tahlil  falsafasi  asoschisi  Freyd  ta’limotiga  ko‘ra,  madaniy  ijod  bilan 
birgalikda badiiy ijod jamiyat faoliyatida shahvoniy qudrat va nafsning ular o‘rnini 
bosadigan  ijobiy  hodisalarga  aylanish  orqali,  (sublimatsiya)  ya’ni  tubanlikdan 
ulug‘vorlikka 
o‘tish 
natijasida 
vujudga 
keladi. 
Ijodkor 
jamiyatdagi 
muammolarning  yechimini  san’at  asarlari  orqali  obrazli  tarzda  jamiyatning  o‘ziga 
taqdim  etish  bilan  topishga  intiladi.  Ammo,  barchaga  ham  iste’dod  va  daholik 
berilavermaydi.  Shu  jihatdan  ham  ruhiy  tahlil  bu  masalaning  yechimni  ikki  yo‘l 
bilan  hal  qilishni  taklif  etdi.  Ilmiy  tadqiqotlar  natijasi  insonning  axloqiy 
munosabatlarida  estetik  faoliyatning  muhim  ekanligini  ta’kidlay  boshladi.  Zotan, 
san’at asarini idrok etish insonda ijodiylik va hozirjavoblik qobiliyatini o‘stiradi.  
   Muomala  etiketida  hozirjavoblik  katta  o‘ringa  ega.  Aksariyat  hollarda 
insonlar  davraga  kirib  kelgan  kishini  sergakligi  va  hozirjavobligiga  katta  e’tibor 
beradilar. 
Ayniqsa, 
etiketda 
ko‘rishish  va  so‘rashish  jarayoni  o‘zaro 
kuzatuvchanlik  bilan  amalga  oshiriladi.  Agar  ulardan  biri  bu  borada  “soddalik” 
qilsa,  odamlar  orasida  buni  bildirishning  har  qanday  yo‘lidan  foydalanishga 
intilishni  ko‘rish  mumkin.  Buning  ruhiy-axloqiy  jihati  shundaki,  o‘z  vaqtida 
berilmagan “javob” yoki “soddalik” boshqarilishga loyiq kishi sanalishi, boshqalar 
oldida  “kulgi”  bo‘lish  xavfi,  bir  tomondan,  jamiyat  qo‘ygan  etiket  qoidalarini  o‘z 
vaqtida  amalga  oshirishga  intiltirsa,  ikkinchi  tomondan,  o‘ng‘aysizlikni  yengish 
uchun hozirjavoblikni qo‘llash orqali badiiy ijodiylikka intiltiradi. Bu borada Freyd 
“Hozirjavoblik va uning anglanmaganlikka munosabati” asarida hozirjavoblikning 
vujudga  kelishi  va  uning  qabul  qilinishdagi  ruhiy  holatlari  talqinini  berish  bilan 
birga,  Freyd  kulgililikka  ham  alohida  to‘xtalib,  uning  boshqa  turlarini,  ular 
orasidagi  o‘zaro  farqini  tushuntirishga  harakat  qiladi.
2
  Davradagi  odam  boshqaga 
murojaat  qilganda  yoki  munosabatga  kirishganda,  beixtiyor  suhbatdoshiga 
so‘zlayotgan so‘zlaridan birining  unli  yoki undosh  harflarini almashtirib  yuborish 
orqali  kulguni  vujudga  keltiradi.  Agar  bu  so‘z  o‘yini  atayin,  ongli  tarzda  amalga 
oshirilgan 
taqdirda 
ham 
so‘zlovchi  ijodiy  jarayondagi  ijodkor  kabi 
                                                             
1
 Шер.А. Ахлоқшунослик. Дарслик. Т.: Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти, 2010, 312-б. 
2
 Фрейд З. Остроумие и его отношение к бессознательному. 

 Минск. Попурри , 1999.-.5 с. 
 


23 
 
anglanmaganlikka  keng  yo‘l  qo‘yib  beradi.  Zero  bu  jarayon  san’atkorona 
mahoratni talab qiladi. Muallif so‘zlardagi unli va undosh, so‘zlarga qo‘shiladigan 
qo‘shimchalarni  o‘zgartirish  bilan  juda  chiroyli  tarzda  o‘z  maqsadi  yo‘lida 
foydalanarkan,  bir  jihatdan  so‘zlovchining  ruhiyatidagi  ziddiyatlarni  kulgulilik 
orqali  o‘zini  dovdir  qilib  yoki  bilmasdan  gapirib  yuborgan  qilib  ko‘rsatish  bilan 
tashqariga,  suhbatdoshiga  zimdan  uyushtirilgan  hujum  sifatida  amalga  oshiradi. 
Ikkinchi  jihatdan  esa,  dilini  og‘ritmagan  holda,  ochiqdan-ochiq  kurashlarsiz, 
kulgulilik  orqali  suhbatdoshini  “silliqlik”  bilan  “haqiqatga”  yetkazib  qo‘yadi. 
Bunday  jarayon  muomala  etiketida  to‘satdan  paydo  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan 
qo‘pol  munosabatlarning  oldini  oladi.  Biroq  ortiqcha  hazil,  hozirjavoblik  doimo 
to‘g‘ri kelavermasligini unutmaslik lozim. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish