Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   165
Bog'liq
Etiket

 
Murojaat qilish etiketi 
 
Murojaat  qilish  insondan  ko‘p  narsani  talab  qilmaydi.  U  kishini  tarbiya 
ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar majmuasidir. Aslida, murojaat qilish har 
xil  kechib,  bu  insonni  qayerda,  kim  bilan,  qay  paytda,  suhbatdosh  bilan  o‘zaro 
munosabatdan  kelib  chiqqan  holda  bildiriladi.  Murojaat  qilib  aytilayotgan  so‘zlar 
nafaqat  unga  bo‘lgan  hurmat,  balki  maqsadga  muvofiqlikda  ham  qo‘llanadi.  
Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat hurmat belgisi, balki maqsadga erishish  
vositasi  hamdir.  Murojaat    vaziyatga,  sharoitga,  jamoaga,  muhitga  qarab  yakka 
shaxsga  yoki  jamoaga  yo‘naltirilgan  bo‘ladi.  Biroq  barcha  murojaatlar  axloq 
me’yorlariga bo‘ysungandagina ijobiy natija berishi mumkin. 
Insoniy  munosabatlarda  aytilayotgan  so‘zlar  faqat  axloqiy  me’yorlarga 
tayanadi.  Bu esa qarindoshlar, sevishganlar, er-xotin, do‘stu – birodar,  mansabdor 
shaxs  va  xodim  o‘rtasidagi  munosabatlarda  qo‘llaniladigan  so‘zlar  turlicha 
bo‘lishini  anglatadi.  Murojaat  ijtimoiy-siyosiy,  ma’naviy-tarbiyaviy  ahamiyatga 
ega bo‘lgan munosabat turi bo‘lib, ular og‘zaki yoki yozma ko‘rinishga ega. 
Murojaat  qilish  ham  bir  necha  turlarga  bo‘linadi:  rasmiy,  ishonchli,  intim 
va egasiz.  
Rasmiy  murojaatlarda
  “Xonimlar  va  janoblar”  deb  jamoatga  murojaat 
qilinadi.
 
Rasmiy  murojaatlar  mehnat  jamoasida  rahbarga,  ishlab  chiqarish 
korxonalarida  yetakchi  mutaxassisga,  ta’lim  muassasalarida  ta’lim  beruvchi 
ustozga,  harbiy  va  huquq  –  tartibot  organlarida  unvoni  katta  zobitlarga,  davlat 
ahamiyatiga  molik  tadbirlarda  jinsga  qarab  yoki    barchaga  rasmiy  murojaat 
qilinadi. M: Yakka shaxsga nisbatan “janob Toxirov” deb murojaat qilish mumkin. 
Agar  familiya  ishlatilmasa,  “janob  direktor”,  “direktor  xonim”  deb  murojat  qilish 
maqsadga  muvofiq.  “O‘rtoq  Abdullayev”,  “o‘rtoq  general”,  ya’ni  “o‘rtoq”  so‘zini 
harbiylar  qo‘llaydilar.  Elchilar  hamda  yuqori  martabali  insonlarga  nisbatan 


17 
 
“Janobi  oliylari”
  deb  murojaat  qilinadi.  Rasmiy  munosabatda  faqat  sizlab 
gaplashiladi. Rahbarning qo‘l ostidagi  barcha kishilar bilan bo‘lgan  munosabatida 
ham,  9  yoshdan  yuqori  bo‘lgan  maktab  o‘quvchilardan  tortib,  talabalar  bilan 
bo‘lgan  munosabatda  ham,  notanish  insonga  murojaat  qilganingizda  ham  sizlab 
murojaat qilinadi. 
Ishonchli  munosabatlarda 
yaqin  insonlar,  qarindosh  –  urug‘,  hamqishloq, 
vatanishlarga  qilinadigan  munosablarga  aytiladi.  Bunday  munosabatlarda    “Sen” 
deb  faqat  oilada  yoki  yaqin  munosabatdagi  insonlarga  murojaat  qilish  mumkin. 
«Amaki»,  “hola”,  “tog‘a”,  “opoqi”,  “kelinoyi”
  va  boshqa  qarindoshlar  o‘rtasida 
shevadan  kelib  chiqqan  holda  murojaat  qilish  mumkin
.  “Yaxshi  yigit”
  yoki 
“yaxshi  qiz”
  degan  so‘zlar  yoshlarga  qarata  qo‘llaniladi.  Jamoat  joylarida  kasbi 
kor  daraja  hamda  yoshga  qarab  shofyor,  doktor,  o‘quvchilar,  talabalar, 
yo‘lovchilar,  qizlar,  yigitlar,  bolalar  kabi  nomlarni  ishlatish  mumkin.  Intim,  ya’ni 
yaqin  munosabatlarda “azizim, jonim, begim, oyim, yulduzim” kabi  murojaatlarni 
uchratamiz.  Egasiz  murojaatlar:
“Kechirasiz  falonchi  ko‘cha  qayerda?”,  “Aytib 
berolmaysizmi soat necha  bo‘ldi?”, “Ruxsat bersangiz kirsam” 
va boshqalar. 
Intim  murojaatlarda   
shaxsga  nisbatan  chiroyli,  yoqimli,  erkalash 
ma’nosidagi  so‘zlardan  foydalangan  holda  murojaat  etiladi:  “Azizim”, 
“Mehribonim”, “Jonim”, “Begim” kabi so‘zlardan o‘rnida va samarali foydalanish 
zarur.  Murojaatning  bu  turi  insonning  didli  va  farosatli  ekanligini  ham  belgilaydi. 
Biroq  ushbu  so‘zlarni  bemavrid  ishlatish  bachkanalikka  olib  keladi.  Ayniqsa, 
«jonim”  so‘zini  barchaga  nisbatan  ishlatish  aslo  mumkin  emas,  bu  so‘z  faqatgina 
nikohdan  o‘tgan,  hayotini  bir-biri  bilan  bog‘lagan  kimsalarga  nisbatangina 
ishlatilsa maqsadga muvofiq. 
Nomsiz  murojaatlarda
  shaxsning  kim  ekanligini  yaqindan  bilish  katta 
ahamiyatga  ega  emas.  Bunday  murojaat  qisqa  mazmunda  bo‘lib,  biror  noma’lum 
obyekt  yoki  subyektni  aniqlash,  u  haqda  muayyan  ma’lumot  olish  uchun 
qo‘llaniladi.  Masalan,  “Kechirasiz,  Olmazor  ko‘chasini  ko‘rsatib  yuborsangiz?” 
“Hurmatli  yo‘lovchilar  yo‘l  haqini  o‘z  vaqtida  to‘lashni  unutmang”    “Doktor 
bolamni  ko‘rib  qo‘ysangiz,  issig‘i  tushmayapti.”singari  murojaatlarda  shaxsning 
aniq ismi ko‘rsatilmasa-da, u haqdagi ma’lumotlar va aytiladigan fikrlar tushunarli 
bo‘ladi.  
Aslini  olganda,  O‘zbekistonda  murojaatning  aniq  bir  shakli  yo‘q.  Ko‘p 
holatlarda  har  bir  joyning  o‘zidan  kelib  chiqib,  shevaga  hamda  urf-odatga 
asoslangan holda murojaat qilinadi.  
Yangi  tanishgan  odam  bilan  munosabatda  tushunmovchilikdan  saqlanish 
uchun  tashrifnoma  juda  qulaydir.  Chet  mamlakatlarda  tashrifnoma  juda  keng 
qo‘llaniladi.  Ularning  raqamlari  hamda  o‘lchamlari  qat’i  qoida  bilan 
cheklanmagan.  Inson  o‘z  tashrifnomasini  tutqazar  ekan,  kelajakda  shaxsiy  hamda 
ish bilan bog‘liq aloqani qo‘llab-quvvatlayotganini bildiradi.  

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish