Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   165
Bog'liq
Etiket

 
 
 
 


18 
 
Suhbatlashish etiketi 
 
Etiket  bo‘yicha  muomala  qilishni  bilish  –  avvalambor,  suhbatni  olib  bora 
olish  qobiliyatidir.  Bu  yerda  ham  umumqabul  qilingan  qoidalar  mavjud. 
Suhbatlashish  muomala  madaniyatini  shakllantirishning  muhim  vositalaridan  biri 
sanaladi.  Har  qanday  suhbat  avvalo  ma’lumotlar  almanishuvidir.  Suhbatlashish 
orqali  insonlar  bir-birlari  bilan  muloqotga  kirishadilar,  bir-birlari  haqida 
ma’lumotga  ega  bo‘ladilar,  bir-birlarini  tushunib  boradilar,  shu  bilan  birga,  
muomala  madaniyatdagi  ayrim  bo‘shliqlarni  to‘ldiradilar.  Suhbatdoshning  gapini 
bo‘lmasdan uni oxirigacha tinglay olish  muhim xususiyatdir. Zero diqqat va sabr-
toqat  bilan  eshita  olish  qobiliyati  suhbatdoshga  nisbatan  hamdardlik,  layoqatlilik, 
xayrixohlikni  ko‘rsatadi.  Lekin  bu  qobiliyat  faqatgina  tug‘ma  xususiyat  kasb 
etmaydi  –  har  bir  inson  uni  o‘zida  hamda  farzandlarining  tarbiyasida  mujassam 
etib,  takomillashtirishi  mumkin.  Bunda  axloqiy  tarbiya  –  axloqiy  me’yorlar  katta 
ahamiyat kasb etadi.
 
Suhbat  olib  borish  mahoratini  o‘rganish  mumkin,  buning  uchun  qadimgi 
notiqlar  kabi  sizga  zarur  bo‘lgan  bilimlarni  egallash  lozim.  Ammo  bu  degani 
do‘stona  uchrashuvlarni  notiqlik  san’ati  bo‘yicha  musobaqaga  aylantirish  shart 
degani  emas.  Har  kimga  ham  aqlli  gaplarni  osonlik  bilan  yetkazish  qobiliyati 
berilmaydi.  Suhbat  san’atida  sergaplikka  yo‘l  qo‘ymay,  mashq  qilish  lozim, 
hamsuhbat  ruhiyatini  hisobga  olish  kerak  va  bu  yyetarli  darajadagi  tajribani  talab 
qiluvchi  faoliyatdir.  Avvalambor,  biz  o‘z  “men”lashimizdan  qochishimiz  lozim. 
O‘z  shaxsiyligini  berkitib,  o‘zgalarning  qiziqishiga  e’tibor  bermoq  –  bu  har  bir 
suhbatning  asosiy  afzalligidir.  Yaxshi  ohang  suhbatdoshiga  ko‘ngilsiz  yoki  uni 
tushkunlikka  tushiradigan  suhbatlardan  qochishni  talab  qiladi.  Jamoatga  yoqish 
uchun  suhbatdoshingizga  yaqin  bo‘lgan  va  uni  ko‘proq  qiziqtiradigan  suhbat 
mavzularini  tanlashingiz  lozim.  Jamiyatning  yoqimsiz  a’zolariga  doimo  hamma 
narsadan  noliyveradigan  va  ayb  qidiraveradigan  odamlar  kiradi.  Ammo  muloqot 
qilish  me’yori  va  tajribasiga  ega  haqiqiy  tarbiyali  inson  hamisha  o‘z  talabalari 
darajasida kamtarin, mulohazalarida esa notakabbur va bag‘ri kengdir. Agar jamoat 
sizga notanish bo‘lsa, suhbatda mavjud odamlar borasida gaplashmagingiz ma’qul, 
avval ularning o‘zaro munosabatlarini kuzatib, shu asosda biron – bir narsa deyish 
mumkin.  
So‘z  –  bu  o‘zingizga  qarshi  qurolga  aylanuvchi  kuchdir.  Yaqin  kishini 
ayblashdan  oldin,  o‘ylab  ko‘rgan  ma’qul.  Hasadgo‘ylik  –  eng  yomon  illat.  U 
barcha axloqiy  xususiyatlarni  yo‘qqa chiqaradi. Mardlik  yoki ochiqlik bahonasida 
ko‘rolmaslik  hissini  ochiqchasiga  ko‘rsatishni  odat  qilgan  kishiga  bo‘lgan 
munosabat hech qachon ijobiy o‘zgarish kasb etmaydi. Bu faqat munosabatlarning 
yomonlashishiga  olib  keladi.  Bundan  hech  kim  yaxshi  natijaga  erishmaydi. 
Atrofdagilar  uchun  notanish  bo‘lgan  tilda  biror  –  bir  odam  bilan  suhbatlashish  –  
madaniyatsizlikdir.  
Suhbatdagi  har  bir  so‘z  suhbatdosh  uchun  aniq  va  tushunarli  bo‘lmog‘i 
lozim.  Agar  sizning  nutqingizni  tinglayotgan  odam  biror  –  bir  so‘zni  qaytarish 
uchun gapingizni bo‘lsa, tez orada suhbatdosh sizga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotadi, 


19 
 
deganini anglatadi. Bunda nutq o‘ta baland ohangda bo‘lmasligi  lozim, aks holda, 
o‘zni  noqulay  axvolga  solib  qo‘yish  mumkin.  Sizning  suhbatingizga  uchinchi 
suhbatdosh  qo‘shilsa-yu,  mavzu  esa  o‘ta  nozik  xususiyat  kasb  etsa,  o‘zingizni 
iltifotli  va  xushmuomalik  jihatdan  ko‘rsatganingiz  ma’qul.  Jamoatda  barcha 
narsalar haqida gap ketadi, savollar chuqurlashib ketmaydi, bir narsa har taraflama 
ko‘rib  chiqilmaydi,  balki  qisqacha  mulohaza  yuritiladi,  ammo  yuzaki  emas. 
Boshqalar  bilan  gaplashish  istagi  borligini  yoki  suhbat  zerikali  ekanligini 
ko‘rsatmaslik  lozim.  Suhbat  chog‘ida  atrofga  alanglab,  qo‘lga  tushgan  biron 
narsani o‘ynab yoki soatga qarayverish suhbatdoshga hurmatsizlikdir.  
Suhbat chog‘ida o‘zini ko‘klarga ko‘tarib, o‘z faoliyati, izlanishlari, mulki, 
o‘z  tanishlari  doirasi  bilan  yoki  kimningdir  ismini  ro‘kach  qilish  bilan  maqtanish 
yaxshi  emas  –  bunday  iboralar  suhbatdosh  aqlining  qanchalik  tor  ekanligidan 
guvohlik  beradi.  Munozara  qilinayotgan  muammolar  doirasi  keng  bo‘lishi 
mumkin, biroq  nima bo‘lganda  ham o‘zingizni  ishonchli  his qiladigan, o‘zingizga 
mos bo‘lgan mavzularda suhbat olib borishingiz maqsadga muvofiqdir. 
 Suhbatdoshni  sog‘liqdan  nolish  va  ob

havo  haqidagi  so‘zlar  bilan 
charchatish  ham  etiketga  to‘gri  kelmaydi.  Suhbat  haqiqatan  ham  qiziqarli  bo‘lishi 
uchun  barcha  qobiliyat  va  imkoniyatlarni  yordamga  chaqirish  lozim.  Shu  jihatdan 
ham suhbatlashish etiketi bir nechta qoidalarni taqozo etadi: 

 
suhbatdoshingizga  og‘ir  botadigan,  xafa  qiladigan,    noqulay  vaziyatga  solib 
qo‘yadigan, u gapirishni xohlamaydigan mavzu bo‘yicha suhbatlashish vaziyatni 
og‘irlashtiradi; 

 
o‘zingizga  ta’rif-tavsif  berish,  o‘z  muammo  va  yutuqlaringiz  haqidagi 
ma’lumotlarga e’tiborni kuchaytirishdan qochish, suhbat chog‘ida o‘z “men” ini 
markaziy  joyga  qo‘ymaslik  lozim.  Bunda  axloqning  kamtarinlik  va  bosiqlik 
me’yorlari qo‘l keladi;  

 
o‘z  fikrini  uqtirishdan  avval,  noqulay  vaziyatga  tushib  qolmaslik  uchun 
suhbatdoshning  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  shaxs  sifatida,  aytilayotgan  masala 
yuzasidan qanday ma’lumotga ega ekanligini bilib olgan yaxshi; 

 
suhbatdoshni  hurmat  qilish,  hatto  uning  fikri  noto‘g‘ri  deb  hisoblanganda  ham 
uni  oxirigicha  eshitish  bilan  shaxsning  so‘z  erkinligini  ta’minlashga  intilish 
lozim; 

 
boshqa  insonlarni  g‘iybat  qilish,  ularning  shaxsiy  hayoti,  muammosi  haqida 
suhbat qurish ham odobsizlik sanaladi; 

 
har  qanday  suhbat  birinchi  navbatda,  ma’lumot  almanishuvidir.  Suhbat  jamoat 
joylarida  yoki  ko‘chada  bo‘lsa,  boshqalarni  o‘ziga  jalb  qilmagan  holda,  past 
ohangda  gaplashish  lozim.  Tez  yoki  haddan  tashqari  cho‘zib  gapirish  ham 
ma’lumotni o‘zlashtirishga xalaqit beradi;  

 
kam  muomala  qilinadigan,  yaxshi  tanish  bo’lmagan  insonlar  bilan    muloqotda 
bo‘lishda barchaga tushunarli yengil mavzu tanlab olinadi. M: 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish