Shirinsuxanlik ham katta san’at.
Shirin so‘z bilan kishining ishonchi va
qalbini egallash mumkin. Unda yuz ifodasi tilning ko‘rki hisoblanadi. Muomala
madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday kuchga egaki,
suyaksiz bo‘lsa ham “suyakka tegishi” mumkin.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni,
an’anaviy axloqiy me’yor talablarini bajarishni taqozo etadi. Shuning barobarida, u
insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib
turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z,
nutq vositasida ro‘y beradi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati –
muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois, muomala odobi o‘zini, eng
avvalo, shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llilik singari axloqiy
me’yorlarda namoyon qiladi. Muomala odobining yana biri bu –
inson nigohi.
Ma’lumki, odamning nigohida, yuz ifodasida, qo‘l harakatlarida uning qay
sabablardandir tilga chiqmagan, so‘zga aylanmagan hissiyoti, talablari o‘z aksini
topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qo‘l siltab ketishi
yoki fikrini bo‘lib, qo‘pol muomalada bo‘lishi madaniyatsizlikni anglatadi.
Suhbatdosh fikrini noto‘g‘ri deb bilgan taqdirda ham tarbiyali va kamtar inson:
“Menimcha adashdingiz?” “Uzr, men boshqa fikrdaman”, “Kechirasiz, men
sizning fikringizga qo‘shilmayman”
degan iboralar bilan murojaat qiladi. Hech
qachon
“Umuman noto‘g‘ri”, “Bu to‘g‘rida hech narsani tushunmaysiz”, “Bu
narsani yosh bola ham biladi”
degan iboralarni ishlatish mumkin emas.
Gapirayotgan insonning fikrini bo‘lib,
“Bo‘lishi mumkin emas”, “O‘zingiz
ishonasizmi?”
tarzidagi iboralar bilan chalg‘itish ham odobsizlik sanaladi.
Xushmuomalalik va xushfe’llilikning mug‘ombirlikdan va qalbaki
tortinchoqlikdan kelib chiqmasligi, samimiy, tabiiy va beg‘araz, har qanday
mug‘ombirlik va soxta tortinchoqlikdan holi bo‘lishi kerak.
Hamma davrlarda suhbat, muloqot inson muomalasining asosini tashkil
qilgan. Suhbat – bu insonlar o‘rtasidagi fikrlar almashunivi bo‘lib, u aqllilik va
chiroyli so‘zlashdan iborat bo‘la olmaydi. Ba’zi insonlar qanday qilib gap
boshlashni bilishmaydi, gapirganda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Juda ko‘p
keraksiz so‘zlar, ishlatadilar. Bugungi kunda ba’zi yoshlarimiz nutqidan mamnun
emasmiz. Chunki ularning nutqi umuman yo‘q hisob, gaplari faqat jargon va xunuk
so‘zlardan iborat. Agar suhbatdoshingizning nutqi jargon so‘zlar bilan to‘lib –
24
toshgan bo‘lsa, o‘zi qiynalib poyma-poy gapirsa, talaffuzi yaxshi bo‘lmasa, ohangi
quloqqa yoqmasa eng mazmunli suhbat ham o‘z qimmatini yo‘qotadi. Hamma vaqt
aniq-ravshan, hovliqmasdan, muloyimlik va mayin ovoz bilan gapirishga harakat
qilish kerak. Hovliqib aytilgan so‘zni tushunish qiyin bo‘ladi, juda cho‘zib, sekin
gapirish esa kishining sabr-kosasini to‘ldiradi. Talaffuz etilgan har bir so‘z, bo‘g‘in
va ohang aniq va ravshan jaranglashi lozim. Juda nozlanib gapirish ham xunuk
odat.
O‘z ona tilini hurmat qilgan inson uning buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Xorijiy so‘zlarning aniq ma’nosini bilgan va ularni to‘g‘ri talaffuz eta oladigan
kishi, zarurat bo‘lsa, ularni o‘z nutqida ishlatishi mumkin.
Ovoz, ohang.
Suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so‘z boyligi va
so‘zning grammatik qurilishi yetarli emas, bu yerda gaplashish ohangi va
intonatsiya muhim rol o‘ynaydi. So‘zlashish ohangi iroda va emotsional ta’sirni,
hissiyotni aks ettiradi. So‘zlashish ohangidan hatto kishining kayfiyatini bilish
mumkin. Ohang ma’lum darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. Ya‘ni,
suhbatdoshimizning tarbiyali yoki tarbiyasizligini ko‘rsatadi. Yurish-turish
vaziyatlari qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, so‘zlashish ohangi ham shunchalik
ahamiyatga ega. Bitta so‘z yoki iboraning o‘zi qanday ohangda aytilganligiga
qarab bizga har xil ta’sir etishi mumkin. Ko‘pincha, aytilgan so‘z emas, balki
haqoratomuz ohang kishini ranjitadi. Tovush ohangining chiroyligi yoki
ingichkaligi bilan siz bevosita atrofdagilarda og‘ir yoki yengil kayfiyat uyg‘otasiz.
Haqiqiy ma’lumot so‘z ohangdadir. Har bir zamonaviy inson o‘z so’z ohangini
o‘zgartirish imkoniga ega. Agar ohangizning yaxshiligiga ishonchingiz komil
bo‘lsa, unda ovozingizni tasmaga yozib olib, uni eshitib ko‘ring. Birinchi
eshitishdayoq ko‘pchilik o‘z so’zi ohangini hayrat bilan tanib qoladiar.
Yoqimli ohang – bunda biz ayollarni nazarda tutyapmiz – odatda, nafis
ohangdir, baland ham, past ham, tez ham, sekin ham emas. Agar sizning ovozingiz
boshqalarga
yoqmasa,
hayotingizdagi
tutgan
o‘rningizga ohangni mos
kelmaganidan bo‘lishi mumkin. Ehtimol, siz gaplashayotganda charcharsiz.
Boshqa nutqdagi qusurlarni ham to‘g‘irlasa bo‘ladi. Ammo chiroyli nutq uchun
faqat ohangning nafisligi yetmaydi. Dunyoqarashning boyligi nutqni yanada
go‘zallashtiradi. Zero, quruq so‘zlardan iborat chiroyli nutq odamlarda sizga
nisbatan bo‘lgan kinoyani uyg‘otadi. Buyuk mavlono Jaloliddin Rumiy
«Ichindagi
ichindadir»
nomli asarida “So‘z – idrok qilishda so‘zga muhtoj bo‘lganlar
uchundir. So‘zsiz idrok etganning so‘zga qanday ehtiyoji qoladi? Idrok eta bilgani
uchun ko‘klarning, yerning hammasi so‘zdir. Hafif bir sasni eshitganga baqirib-
chaqirishning nima hojati bor? Dunyo ham Qur’ondagi “Bo‘l” (Uning amri bo‘l
demak edi edi. U hamon bo‘ldi) so‘zidan bino bo‘lgandir”,
1
degan edi. Shunday
ekan, so‘zlarni mazmun bilan boyitish muhimdir. Chiroyli nutq egasi o‘z nutqi
bilan bir necha marotabagina odamlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin. Lekin
mazmunsiz chiroyli so‘zlar odamlarning me’dasiga tegadi. Ish, martaba,
kechinmalar va kayfiyatning yomonligi, betoblik atrofdagilar bilan qo‘pol
muomalada bo‘lish huquqini bermaydi. Xatto buyruqni ham muloyimlik, bosiq
1
Жалолиддин Румий. Ичиндаги ичиндадир. - Тошкент, Янги аср авлоди,2003. 29 – б.
25
ohang bilan va shu qatori, bir vaqtda ishga doir qat’iatlik bilan berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |