Ma’lumki, ba’zi hollarda farzandlar o’z otalarini umuman ko’rmasliklari afzal bo’ladi,
ammo bunday yechim juda kam holatlarda yagona to’g’ri yo’l bo’ladi. Ko’pchilik
farzandlar baribir u to’g’risida o’ylaydilar va qayg’uradilar va bunda u to’g’risida
vahshiy yoki eng yaxshi inson sifatida o’ylaydilar va yoki yonlarida uning yo’qligida
o’zlarini ayblaydilar. Oilaning ota bilan ayrilib ketishi u bilan muloqotga chek
qo’yilishini anglatmaydi. Bundan tashqari, zo’ravonlik qilishga moyil erkak oilani tark
etganida odatda u o’z farzandlari bilan yoki o’gay farzandlar bilan o’zaro
munosabatlarni davom ettiradi.
Bolalar hayotida otalar tomonidan zo’ravonlikni kamaytirish
AQSh, Nyu-York shtatining Buffalo shahrida yangi tug’ilgan chaqaloqlarning onalari
va otalariga bolalarni silkish xavfli ekanligi to’g’risida ma’lumot tarqatilgan va ularga
bolalarga qanday munosabatda bo’lish (masalan, bolaning doimiy yig’lashi
muammosini qanday qilib xavfsiz yo’l bilan hal qilish) to’g’risida yozma materiallar,
o’rgatuvchi plakatlar va video-lavhalar taqdim etilgan.
Xodimlarni tayyorlash dasturiga bolani parvarishlashga albatta otalarni jalb qilish
masalalari kiritilgan. Tug’ruqxonadan chiqishdan oldin ota-onalar (onalarning 96 foizi,
otalarning 76 foizi) ma’lumotni qabul qilganliklari va tushunganliklari to’g’risida
“majburiyat”ni imzolaganlar.
Xodimlarni tayyorlash dasturiga bolani parvarishlashga albatta otalarni jalb qilish
masalalari kiritilgan. Tug’ruqxonadan chiqishdan oldin ota-onalar (onalarning 96 foizi,
otalarning 76 foizi) ma’lumotni qabul qilganliklari va tushunganliklari to’g’risida
“majburiyat”ni imzolaganlar.
Ko’plab patronaj xizmat xodimlari, shuningdek ular ish olib borayotgan otalar va
onalar uchun onalik “oltin standart” sanalib, u bilan otalarni solishtiradilar, va odatda
otalar bu standartlarga javob berolmaydilar. Jamiyatda otalarning bolani parvarishlashi
xususida noto’g’ri fikrlar o’rnashib qolgan. Bunday fikrlar asosan qabul qilinadi.
Masalan, “o’z tabiatiga ko’ra” otalar chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalarga xuddi
onalarchalik qaray olmaydilar degan tushuncha mavjud. Olib borilgan nazariy
tadqiqotlar natijasida chaqaloqlarga hushyor qarash borasida jinslar o’rtasida sezilarli
darajadagi biologik asoslangan farq aniqlanmagan (tanishish uchun quyidagi maqolaga
qarang Lamb et al, 1987). “G’amxo’rlik garmonlari” darajasi farzandlari tug’ilguniga
qadar “chaqaloq stimuli”ta’sirida bo’lgan va undan keyin farzandlari bilan bevosita
muloqtda bo’lgan ayollarda ham erkaklarda ham bir xil ekan (Feldman et al, 2010).
Bundan ko’rinib turibdiki, otalarning e’tiborliligi chaqaloqlarini parvarishlash
bo’yicha o’z zimmalariga qay darajada mas’uliyat olganliklaridan kelib chiqqan holda
turlicha bo’lishi mumkin ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: