BIRLAMCHI TIZIMDA ONALAR VA BOLALAR BILAN ISHLASH
BO‘YICHA PATRONAJ HAMSHIRALAR ISHINI TASHKIL ETISH
O‘QITISH NATIJA LARI
Ushbu modul yakunlanganda quyidagilarga ega bo‘linadi:
• ijobiy tarbiyaning asosiy jihatlarini ta’riflash;
• mehr ko‘rsatish, so‘zlashish, kitob o‘qib berish va bolalar bilan o‘ynash bolalar
rivojlanishi
uchun naqadar muhimligini oilalarga tushuntirish;
• ota-onalar bola rivojlanishining turli bosqichlarida nima qilishlari mumkinligi
to‘g‘risida ularga muayyan takliflar berish.
Butun dunyoda go‘daklar hamda kichik yoshdagi bolalarga mehr ko‘rsatish va
so‘zlashish, kitob o‘qib berish, ular bilan o‘ynash, bolalarning boshqa insonlar bilan
ijobiy munosabatlarini o‘rnatish, nutq rivojini yaxshilash, kognitiv, ijtimoiy
ko‘nikmalarini (jamiyatdagi boshqa insonlar bilan munosabat o‘rnatish) shakllantirish
hamda bolalarning maktabga borishga tayyor bo‘lishi va yaxshi o‘qishiga yordam
beradigan ijrochilik funksiyalarini (o‘z-o‘zini nazorat qilish, e’tiborini jamlash
qobiliyati va boshqalar) shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini
tasdiqlaydigan katta hajmdagi asos va isbotlar to‘plangan. Masalan:
• kichik yoshdagi bolalar o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantiradilar. Bunday ishonch
ularga (ota-ona, parvarishni ta’minlaydigan shaxs hisoblanib, kichik yoshdagi bolalar
o‘rtasida mehr tuyg‘ulari va ishonchli bog‘liqlik mavjud bo‘lganda) atrofdagi olamni
o‘rganish va ta’lim olish uchun kerak;
• ota-ona va parvarishni ta’minlovchi shaxs tomonidan og‘zaki nutq ko‘p
yangraganida, ya’ni kattalar o‘z farzandlariga mehr bilan ularning muhitida nimalar
bo‘layotganligini ta’riflaydigan, kitob o‘qib beradigan holatlarni yuzaga
keltirganlarida ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar ancha ko‘proq retseptiv (nutqni
tushunish) va ekspressiv (nutq ohangini anglash) so‘zlarni biladigan bo‘ladilar. Ikki
yoshdagi bola nutqining yaxshi rivojlanishi, uning maktabga borishga ancha
tez tayyor bo‘lishidan dalolat beradi;
• ota-onalar o‘z bolalari bilan so‘zlashish va mashq qilish orqali maktabgacha yoshdagi
bolalarining ijtimoiy xulqi yanada yaxshi rivojlanishi va ulardagi tajovuzkorlikning
kamayishiga yordam beradilar;
• ma’lumki, otaning o‘ta ziyrakligi, ilk yoshdanoq bola parvarishida ishtirok etishi,
bola bilan birga o‘ynashi va savodxonlikni (matn o‘qishni) rivojlantirish bilan bog‘liq
mashqlarni o‘tkazishi, ota va bola o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik shakllanishiga va u
maktabda yaxshi o‘qishiga (bola matn o‘qish ko‘nikmalari, matematikani erta yoshdan
o‘rganishi, oladigan baholari nuqtayi nazaridan)
hamda ijrochilik funksiyalari va ijtimoiy ko‘nikmalari yaxshilanishiga yordam beradi;
• ko‘pgina insonlarning fikricha, oiladagi kam ta’minlanganlik bolalarning rivojlanishi
va hayotda muvaffaqiyat qozonishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayrim tadqiqot
natijalariga ko‘ra, bolaning ijobiy tarbiyasi kam ta’minlanganlikning ta’siridan
himoyalovchi to‘siqqa aylanishi mumkin. Bu ayniqsa, oilalar mavjud xizmatlar orqali,
shu jumladan, patronaj hamshirasining xonadonga tashrif buyurishi natijasida kerakli
ko‘mak olganlarida o‘z aksini topadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya”ni (BHK)
ratifikatsiya qilgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiradi, bu esa 2008-yil 7-yanvardagi 139-
sonli «Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunda tasdiqlangan. “Bola huquqlari
to‘g‘risidagi konvensiya” (BHK) va 139-sonli «Bola huquqlarining kafolatlari
to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq ota-onalar o‘zlari qodir bo‘lgan eng
maqbul rivojlanish negizini ta’minlash huquqi va majburiyatiga ega, ya’ni farzandiga
mehr ko‘rsatish, u bilan so‘zlashish, birga o‘ynash va ovoz chiqarib kitob o‘qishidir.
BHK davlatdan «bolalarni tarbiyalash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun
ota-onalarga zaruriy yordam ko‘rsatish» (modda-18.2) va «ota-onalar bolalarga ilk
yoshda ta’lim berish bo‘yicha o‘z rolini yanada chuqur anglashlari uchun barcha
zaruriy choralarni ko‘rish, bolaga yo‘naltirilgan tarbiyalash uslublarini uning qadr-
qimmatini hurmat qilinishini rag‘batlantirish va bolaning anglash qobiliyati, o‘zini-o‘zi
hurmat qilishi hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchini rivojlantirishi uchun imkon
yaratishi»ni talab qiladi. Shuningdek, 139-sonli «Bola huquqlarining kafolatlari
to‘g‘risida»gi Qonunda yuqorida aytib o‘tilgan qoida va me’yorlar mamlakat
qonunlarining mohiyat va me’yorlarini hisobga olgan holda ifodalanadi. Davlat
tomonidan ota-onalar va bolalarni parvarishlashda qatnashadigan shaxslarning ularni
tarbiyalashda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng qamrovli xizmatlar tarmog‘i
shakllantirilgan (uydagi patronaj xizmati, maktabgacha ta’lim muassasalari, xususiy
bolalar bog‘chalari va boshqalar).
Konvensiya hamda 139-sonli «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun
«kichik yoshdagi bolalarga yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlardan ota-onalar rolini
kuchaytirish va ular bilan hamkorlikda bolaning shaxsiyati, iqtidori, aqliy va jismoniy
qobiliyatlarini to‘liq hajmda rivojlantirishda otaonalar, mutaxassislar va boshqa
tegishli shaxslar o‘rtasida faol hamkorlik yo‘li bilan yordamlarni
rivojlantirishni talab qiladi», 29.1(a)-modda.
Ushbu modulda shunday muayyan yordamga e’tibor qaratilganki, ularga amal qilingan
holda xonadonlarga tashrif buyurgan vaqtda ota-onalar va bola parvarishini
ta’minlaydigan boshqa shaxslarga tegishli yordam ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Oilalarga bolalar bilan birga o‘ynash, ular uchun eshittirib o‘qish kabi bolalar bilan
birgalikdagi faoliyat va ular bilan muloqot qilishga asoslangan
ijobiy o‘rgatish muhitini yaratishga yordam berish mumkin. Buning yordamida bola va
ota-ona yoki bolani parvarishlaydigan boshqa shaxs o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni
mustahkamlash mumkin.
Xonadonga borilganda ota-onalar va bolani parvarishlaydigan boshqa shaxslarga bola
bilan o‘zaro munosabatlar sezgirlik, hurmat va bolaning muloqot qilishga intilishini
ma’qullashga asoslanganda, bolaning o‘qishi va rivojlanishi uchun poydevor
shakllanishi to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etiladi.
Shuningdek, xonadonlarga kirganda kun davomida bolani parvarishlashi mumkin
bo‘lgan boshqa oila a’zolarini, masalan, buvi va bobolar, katta aka hamda opalar
aniqlanadi. Ularning barchasi bola bilan so‘zlashib, u bilan o‘ynab va kitob o‘qib berib
bolaning samarali rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Ota-onalar bu insonlar
bolaning rivojiga ijobiy hissa qo‘shishlari mumkinligidan xabardor
bo‘ladilar va ularga taqdim etilgan ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashadilar.
Ushbu mavzu patronaj hamshiralarga oilalar bilan ish olib borishida muhim ahamiyat
kasb etadi.
Xususan, patronaj hamshira xonadonlarga borganda ota-onalar va bola parvarishini
ta’minlaydigan shaxslarning kichik yoshdagi bolalar harakatlariga qanchalik sezgirligi
va bunga xayrixohligi yoki ularga yordam berish talab etilishi ehtimolini kuzatadilar.
Ayni paytda patronaj hamshira go‘daklari bor xonadonlarga ilk marta tashrifi chog‘ida
bolalar naqadar dilkashligi va hozirjavobligini otaonalar
va bolani parvarishlaydigan shaxslarga namoyish qilishi mumkin. Shuningdek, ota-
onalar va parvarishni ta’minlaydigan shaxslar go‘dak bilan muloqot qilishi, uni
tarbiyalashi va u bilan birga o‘ynashiga boshidanoq yordam berishi ham muhimdir.
Modulda ifodalangani kabi, ijobiy o‘zaro munosabatlarda qatnashish mehribonlik
munosabatlarini rivojlantirish uchun asos bo‘ladi hamda kognitiv va ijtimoiy-hissiy
rivojlanish uchun zamin yaratadi.
Patronaj hamshiraning vazifasi ota-onalar va parvarishni ta’minlaydigan shaxslarning
ko‘nikmalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning madaniy qadriyatlarini hurmat qilishdan
iborat.
Ota-onalar va parvarishni ta’minlovchi shaxslar o‘zaro muloqot va birgalikda o‘ynash
borasidagi ijobiy ko‘nikmalarini yanada oshirib, o‘z bolalarini parvarishlash
qobiliyatlariga ishonadilar, shu yo‘sinda ijobiy munosabatlarni rivojlantirib, bola
tarbiyasiga daxldorlikni sezadilar, ayni paytda,
bolalar rivojlanishi va o‘rganishiga yordam beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |