BOLANI TARBIYALASH SAN’ATI
Bolalik davri inson rivojlanishining eng mas’uliyatli va muhim rivojlanish pallasi
hisoblanadi, chunki bolalar maqbul o‘sishlari va rivojlanishlari uchun mehrli, xavfsiz
va rag‘batlantiruvchi muhitga muhtoj bo‘ladilar. Buning uchun ularning jismoniy,
histuyg‘uli, ruhiy-ijtimoiy va rivojlanish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa ehtiyojlari
qondirilishi lozim. Patronaj hamshiralari ushbu kompleks ehtiyojlar to‘g‘risida
ma’lumot berish va bu bilan ota-onalarning xabardorligini oshirish imkoniga ega
bo‘ladilar.
• Uyda ota-onalar, parvarishni ta’minlovchi shaxslar va boshqa oila a’zolari bilan
ijobiy munosabatlardan hosil bo‘ladigan rag‘batlantiruvchi muhit bola miyasining
arxitekturasini shakllantiradi va uni barcha sohalarda (jismoniy, ijtimoiy, his-tuyg‘uli,
nutq va kognitiv) rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Xonadonlarga tashrif buyurilganda
ota-onalar yoki parvarishni ta’minlovchi shaxslar va kichik yoshdagi bola o‘rtasidagi
munosabatlarni mustahkamlash hamda bolalar o‘z ko‘nikmalarini rivojlantirishi uchun
muhtoj bo‘lgan rag‘batlantiruvchi va xavfsiz muhitni yaratishga yordam berish lozim.
Bolalar atrof-muhitni o‘rganib, kerakli ko‘nikmalar va bilimlarni egallaydilar.
• Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati bolalar rivojlanishi natijalariga doim ham ta’sir
ko‘rsatmasligi mumkin. Oilalar o‘z farzandlarining o‘sib rivojlanishini qo‘llab-
quvvatlashi, ularning rivojlanish natijalariga birmuncha jiddiyroq ta’sir ko‘rsatishi
mumkin.
• Bu esa xonadonlarga tashrif buyurilganda oilalarga, ayniqsa, ularning eng
muhtojlariga yordam ko‘rsatish jarayonida, hatto ijtimoiy jihatdan noma’qul
vaziyatlarda yashaydigan, o‘z bolalari hayotining ilk kunlaridan yaxshi sharoitlarni
ta’minlab berishlari uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etishga barcha
imkoniyatlari mavjudligini tushuntirib berish zarur.
• Oilalarga o‘z bolalarini ilk yoshidanoq rivojlantirish uchun amalga oshirishlari
mumkin bo‘lgan quyidagi to‘rtta muhim jihatlar to‘g‘risida so‘zlab berish kerak,
ularga quyidagilar kiradi: bolalarga mehr ko‘rsatish, ular bilan so‘zlashish, kitob o‘qib
berish va ular bilan o‘ynash. Shuningdek, bolalar rivojlanishi uchun mehr ko‘rsatish,
sog‘lom ovqatlanish kabi muhim jihat
hisoblanishini tushuntirish muhimdir.
Xonadonlarga tashrif buyurilganda oilalarga o‘z farzandlari bilan qanday so‘zlashish,
o‘ynash, kitob o‘qish kerakligi yuzasidan bilim va ko‘nikmalarni berish mumkin. Ota-
onalarga mehr va g‘amxo‘rlik, e’tibor va tushunish, ota-onalar va bolalar o‘rtasida
mustahkam munosabatlarni yaratish, erta bilim olish va maktabga tayyorlashga
yordam berishi haqidagi bilimlarni yetkazish lozim.
Bolalar o‘yinlar orqali qanday ko‘nikmalarga o‘rganishlari, nima uchun kitob o‘qish
muhim hisoblanishi va bolalar bilan so‘zlashish ularning kommunikativ
ko‘nikmalarini qanday rivojlantirishiga ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida tushunchalar
berish lozim.
• Xonadonlarga tashrif buyurilganda ota-onalarning bilim hamda imkoniyatlarini
kengaytirishga, ular o‘z farzandlari uchun eng yaxshi ota-ona bo‘lishlariga yordam
berish uchun bolalarni tarbiyalash masalasida ularning o‘zlariga bo‘lgan ishonchini
mustahkamlashga ko‘maklashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |