Bolalarda hayotiy ko‘rsatm alar asosida ko‘pincha qisilib qolgan



Download 44,8 Kb.
bet8/18
Sana02.01.2022
Hajmi44,8 Kb.
#307305
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Bolalarda hayotiy koJK

Infuzion davo. Bola hayotining dastlabki kunlarida suyuqlikning
ekstrarenal patologik yo‘qotilishi qon aylanishining dekompensasiyasiga
olib keladigan hollardagina operatsiyadan oldin suv – elektrolit almashinuvini korreksiya qilish zarur. Masalan, qizilo‘ngach atreziyasida, tug‘ma ichak tutilishida tana massasining tugllgandagiga nisbatan 10 % ga yo‘qotilishi infuzion davoga ko‘rsatm a hisoblanadi. Ichakning tug‘ma buralib qolishida ichak tutqichida qon aylanishi buzilib, ichak devorining o‘tkazuvchanligi oshib ketadi, plazmaning ichak bo‘shlig‘iga
sekvestratsiyasi va gemorragiya sodir bo‘ladi, anemiya rivojlanadi.
Bunday hollarda tana vazni yo‘qotilmasa ham infuzion davoni, qon va
uning o‘rinbosarlari transfuziyasini boshlash kerak.
Shoshilinch xirurgik korreksiyani talab qiladigan rivojlanish nuqsonlari
orasida kindik tizimchasining katta va gigant churralari, ichakning tug‘ma
eventratsiyalari muhim o‘rin egallaydi. Bunday patologik holatlarda sirkulyatsiyadagi qon hajmining defisiti kuchliroq namoyon boiadi, bunda gipovolemiyaning sababi plazmorragiya hisoblanadi. Yuboriladigan suyuqlik hajmi bola yoshiga mos sutkalik talabga va operatsiyaoldi tayyorgarligi davomiyligiga bog‘liq boiadi. Operatsiyaoldi
tayyorgarligi 4 soat davom etsa sutkalik dozaning 1/6 qismiga, 8 soat
davom etsa 1/3 qismga, 12 soat davom etsa 1/2 qismga teng bolishi
kerak. Kindik tizimchasi churralarida infuzion davo hajmi yo‘qotilgan
plazm a hajmiga teng bolishi kerak, bu 16-17 ml/kg ni tashkil qiladi.
Rivojlanish nuqsonlariga mos ravishda yuboriladigan suyuqlik tarkibi
ham belgilanadi, qizilo‘ngach atreziyasida 10 % li glyukoza eritmasi
(giperterm iyada 5 % li eritma), tug‘ma ichak tutilishida past molekulyar
plazm a o‘rinbosarlari (reopoliglyukin - 10 ml/kg) yoki 10 % li albumin
eritmasi (1 kg tana vazniga 0,5 g oqsil) va qolgan zarur suyuqlik hajmi 10%li glyukoza eritmasi bilan toldiriladi. Kindik tizimchasining katta churralarida va ichak eventrasiyalarida bemorga faqat albumin va konservalangan plazma eritmalari yuboriladi.
Ichakning tug‘ma buralib qolishi, qorin bo‘shlig‘i va qorin pardaorti
soha parenximatoz a’zolarining jarohatlaridan qon ketganda yoki boshqa
sabablarga ko‘ra anemiya rivojlangan hollardagina operatsiyadan oldin
gemotransfuziya qilinadi. Operatsiya oldi tayyorgarligi davomiyligi 12
soatdan ko‘p bolm agan hollarda kaliy preparatlari yuborilmaydi, uzoq
davom etgan tayyorgarlikda siydikning dastlabki porsiyalarini olgandan
keyingina 1,5 mmol/kg sut dozada yuborish mumkin.
Qonning kislota - asos muvozanati operatsiyadan oldin maxsus
korreksiyani talab qilmaydi. Metabolik asidoz - gemodinamikani, tashqi
nafas va buyraklar faoliyatini yaxshilash orqali bartaraf qilishga harakat
qilinadi. Avvalambor chaqaloqlarga anesteziyani maxsus tayyorgarlikdan
o‘tgan yuqori saviyali anesteziolog va reanimatolog o‘tkazishi kerak. U
neonatologiya asoslarini yaxshi bilishi lozim. Ba’zi kasalliklar haqida
quyida keltirib o‘tkazamiz. 1. E m brional ch u rra. Xirurgik operatsiyaga tayyorgarlik ko‘pincha o'tkazilmaydi, chunki chaqaloqlar tugMlgandan keyin birinchi soatlardayoq shifoxonaga tushadi. Bola kyuvezga yotqiziladi. Me’daga zond
qo‘yiladi. Simptomatik davolash olkaziladi. Narkoz: endotraxeal. Sun’iy
nafas oldirish Eyr sistemasi bo‘yicha. Xirurgik operatsiyadan keyingi
dastlabki davrning asosiy xususiyatlaridan biri - chaqaloqning qorin
bo‘shlig‘idagi yuqori bosim tufayli nafas olishning restriktiv o‘zgarishiga
moslashuvi hisoblanadi.

2. Lobar (boiak) emfizema. Nuqsonli o‘pka bo‘lagi bronxlarda
tog‘ay to‘qimasi yo‘qligi va alveolalar devorida elastik to'qimaning yaxshi
obsmaganligi hamda klapan mexanizmi hisobiga o‘pka bolagining qisqa muddatlarda kengayishi bilan yuz beradi. Kuks oralig‘i a’zolarining qarama-qarshi tomonga siljishi va katta tomirlarning siqilib qolishi gipoksiyaning yanada kuchayishiga va yuraktomir etishmovchiligining rivojlanishiga olib keladi. Bunday holatda operatsiya shoshilinch ravishda, tayyorgarliksiz o‘tkaziladi.

3. Ichak tutilishi bilan og‘rigan bemorlarning tashxisi va ularni olib borish quyidagilardan iborat: - tekshiruv qorinni ko‘rishdan boshlanadi (bo‘shashgan, dam bo‘lgan, og‘riqli, yumshoq, qorin pardasining ta’sirchanligi qanday); - m e’daga zond qo‘yish (turib qolgan m e’da suyuqligi hajmi va xususiyatini baholash, uni aspirasiya qilish) va me’dani yuvish; - to‘g‘ri ichak orqali ko‘rish va uning holatini baholash;
- qorin bo‘shlig‘ini ikki proeksiyada tasviriy rentgenografiya qilish (erkin havo, suyuqlik bor-yo‘qligini aniqlash); - noaniq hollarda, ko‘pincha qisman ichak tutilishida bariy bo‘tqasi bilan tekshirish; - degidratasiya turini va darajasini bolaning vazni, gematokrit ko‘rsatgichi va zardob osmolyarligi bo‘yicha aniqlash. Xirurgik operatsiyaga tayyorgarlik quyidagicha kechadi: 1. Qorin bo‘shlig‘i patologiyasining shoshilinchligi (peritonitda va strangulyatsion ichak tutilishida 2-3 soatdan ko‘p emas). 2. Degidratasiya darajasi: 1-daraja 2-3 soat, 2-daraja - 12 soatdan kobproq, 3-daraja - 24 soatdan ko‘proq.
4. Tug^ma to iiq ichak tutilishi. Tayyorgarlik qon aylanishi, suv-tuz
almashinuvi, degidratasiya darajasi va klinik ko‘rinishiga, ichak devori
qon aylanishi buzilishini ko‘rsatuvchi holatlarga qarab o*tkaziladi. Agar
ichak tutilishi alomati va unda qon aylanishi buzilgan bo‘lsa, operatsiyaga
tayyorgarlik 1 soatdan oshmasligi kerak. Aspiratsion pnevmoniyaning klinik manzarasi bo‘lganda oksigenoterapiya o‘tkaziladi. Quyiladigan suyuqliklarning hajmi va sifati degidratatsiya darajasi va turiga hamda operatsiyaga tayyorgarlik uchun
ajratilgan vaqtga qarab aniqlanadi.

5. Qizilo‘ngach atreziyasi. Infuzion davolash gomeostaz ko‘rsatkichlarini tiklash maqsadida o‘tkaziladi. Infuzion davolash dasturi gipervolemiya polisitemiya bilan, normovolemiya, gipovolemiya, gemokonsentratsiya bilan haqiqiy gipovolemiya ekanligini hisobga olib tuziladi. Og‘iz, halqumdagi suyuqliklar har 30 minda aspiratsiya qilinib, pnevmoniyaning oldi olinadi. Operatsiyaga tayyorgarlik vaqti quyidagilar asosida aniqlanadi: traxeya-qizilo‘ngach oqmasi borligi va uning kengligi bilan (qancha keng bo‘lsa, tayyorgarlik shuncha qisqa): aspiratsiyali pnevmoniya oglrligi, ko‘p sonli nuqsonlar borligi bilan.


Download 44,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish