2. Jismoniy mashq – jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi
Jismoniy mashqlar. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning kishiga har tomonlama ta’sir etuvchi asosiy o‘ziga xos shaklidir. Ulardan jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini xal etishda foydalaniladi: akliy, ahloqiy, estetik va mexnat tarbiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Raks mashqlari - organizmning barcha tizimlariga ta’sir kiladi, jismoniy fazilatlarni rivojlantiradi, harakatlar nafis, erkin ifodali bo‘la boradi, ijobiy xislar paydo kiladi, kad-komatning to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi. SHuning uchun raks va o‘yin elementlari (galop (sakrab chopish), oyoklarni yonma-yon kuyish kabilar) jismoniy tarbiya vositalari sifatida foydalaniladi.
1. Jismoniy mashq bilan pedagogik vazifa echiladi. Ta’lim jarayoni o‘quv materialining maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari tomonidan tushunilishi va ongli ravishda o‘zlashtirilishi asosiga quriladi. Buning uchun jismoniy tarbiya instruktori tarbiyalanuvchilarga jismoniy mashqlarning ahamiyatini tushuntiradi, mashqlarni to‘g‘ri bajarishga o‘rgatadi, xatolardan ogohlantiradi va ularni tuzatadi. U tarbiyalanuvchilar o‘rganiladigan materialni tushunishlariga, uni faol idrok qilishlariga va imkoniyat darajasida kundalik turmushga tadbiq qila olishlariga yordamlashadi. Jismoniy tarbiya instruktori tarbiyalanuvchilarda mashg‘ulotlar natijasida jismoniy madaniyatga, jismoniy mashqlarga qiziqishini oshishi, ularda faqat mashg‘ulotlardagina emas, balki to‘garaklarda ham ko‘proq va yaxshiroq shug‘ullanish istagi paydo bo‘lishiga erishishi kerak.
2. Jismoniy mashq jismoniy tarbiyaning qonuniyatlari bilan muvofiqlikda bo‘ladi. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiya qonuniyatlari negizida qo‘llanilmaydigan bo‘lsa, salbiy natija berishi, zarar keltirishi mumkin. Mehnat harakati ishlab chiqarish qonuniyatlari bilan muvofiqlikda bajariladi. Jismoniy mashqning mehnat yoki turmush harakati bilan tashqi o‘xshashligi birini boshqasi bilan ommalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qila olmaydi; jismoniy mashqning davom etishi, shiddatliligi va boshqa tavsiflari, shuningdek, bajarish usulining o‘zi faqat qonuniyatlarga bo‘ysunadiki, ular, bir tomondan, o‘quvchining organizmiga eng samarali ta’sir o‘tkazadi, boshqa tomondan esa eng yuqori natija ko‘rsatishga imkon beradi. Masalan, yugurish jismoniy tarbiyada zaruriy tezlikka erishish va organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatish uchun o‘tkaziladi.
3. Jismoniy mashqlar optimal nisbatda bolaning barcha a’zolari va tizimlarining rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi. Mehnat harakati bolaning jismoniy mukammallashuviga har tomonlama ta’sir ko‘rsatishga qodir emas.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalarga barcha vositalar tizimidan foydalanish orqali erishiladi, biroq vositalarning har qaysi guruhga ahamiyati bir xil emas: tarbiya va o‘qitishning vazifalarini echishda eng katta salmoq jismoniy mashqlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu esa bir qator sabablar bilan belgilanadi:
1. Jismoniy mashq harakatlar tizimi sifatida bolaning tuyg‘usi va fikrini, uning tevarak-atrofdagi voqelikka munosabatini ifodalaydi.
2. Jismoniy mashq – bu jismoniy tarbiya sohasida ijtimoiy-tarixiy tajribani topshirish usullaridan biridir.
3. Jismoniy mashq nafaqat organizmning morfo-funksional holatiga, balki ularni bajaruvchi shaxs holatiga ham ta’sir o‘tkazadi.
4. Jismoniy mashq harakatlari insonning sog‘lomlashtiruvchi
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiya tizimi qo‘yidagilarga bo‘linadi;
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari.
O‘quv jarayonidagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari gimnastika, jismoniy tarbiya daqiqalar.
Jismoniy mashqlar bilan uyda shug‘ullanish.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bu jarayonlarni asosiysi bo‘lib, o‘kituvchi tomonidan maktab o‘quv rejasi asosida tuzilib jadvalga qo‘yilib o‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |