Bolalar va o`smirlarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish


Harakatlanayotgan ob’ektga nisbatan reaksiya



Download 153,28 Kb.
bet5/5
Sana13.07.2022
Hajmi153,28 Kb.
#785666
1   2   3   4   5
Harakatlanayotgan ob’ektga nisbatan reaksiya ko‘pincha o‘yinlarda, asosan sport o‘yinlarida, sport yakka kurashida masalan, o‘yinchining raqibi tomonidan yoki sherigi tomonidan uzatilgan to‘pni qabul qilib olish uchun chiqishi. Murakkab harakat reaksiyasining davom etish vaqti soddasidan oddiy reaksiyadan birmuncha uzunroq bo‘ladi.
Sodda reaksiya “ko‘chish (o‘tish) xususiyatiga ega: agarda individ (shaxs) biron-bir holatda signalga tez reaksiya qilsa, boshqa xarakatlariga ham huddi shunga o‘xshagan sharoitda tez reaksiya qilishi mumkin. Qiyin reaksiyalar xususiyligi bilan ajralib turadi. Agarda odam navbati bilan ikki signalga yaxshi reaksiya qilsa, uchta va undan ortiq signallarga ham shunday tez reaksiya qiladi, deyishimiz noto‘g‘ri bo‘ladi.
Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun maksimal harakat amplitudasidagi cho‘zish, eshish, buklana olishni oshiradigan jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhga (aktiv va passivga) bo‘linadi. Aktiv harakatlarda bo‘g‘inlardagi harakatchanlik shu bo‘g‘indan o‘tadigan muskullarning qisqarishi hisobiga ro‘y beradi, passiv harakatlarda tashqi kuchlardan foydalaniladi. Aktiv mashqlar bajarilish xarakteriga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ular bir fazali va prujinasimon (ketma-ket, ikki-uch marotabalab engashish) mashqlar bo‘lib ularga tananing ma’lum a’zolarini yoki uning biror qismini tebratish, siltash (maxlar)lar, oxirgi holatini ushlash (fiksiya), qarshiliklarni yengish, og‘irlikdan foydalanish mashqlari kiradi.
Bulardan tashqari maksimal amplitudada bajariladigan, harakat davomida tanani qimirlatmay ushlash bilan (statik holatda) bajariladigan mashqlar ham shu guruhga kiradi.
Passiv statik mashqlarda gavdaning holati tashqi kuchlar hisobiga saqlanadi. Bu aktiv egiluvchanlikni rivojlantirish uchun dinamik mashqlarga qaraganda samarasizroq, lekin passiv egiluvchanlikni tarbiyalashda yuqori ko‘rsatkichlarga olib kelishi mumkin. Muskullarning cho‘ziluvchanligi nisbatan kam, agar biror harakatda ularning uzunligini oshrishga urinish qilinsa, uning natijasi juda yuqori bo‘lmaydi. Biroq mashqlarni takrorlayverish mashq qilish orqali ular qoldirgan iz natijalari yig‘ilib, amplitudaning ortishi juda sezilarli darajada bo‘lmaydi. Shuning uchun egiluvchanlikni oshirish mashqlari seriyalar bilan, har birini bir nechta marta qaytarib bajarish orqali rivojlantiriladi va shunday qilish zaruriyatdir.
Seriyadan seriyaga o‘tgan sari harakat amplitudasi kattalashtirilib borish bilan mashg’ulotdan cho‘ziluvchanlik uchun tanlangan mashqlarini og‘riq sezguncha bajarish tavsiya etiladi.
Og‘riq paydo bo‘lishi bilan mashq amplitudasi chegaralanadi. Agar mashqlar ravishda har kuni sistemali bir yoki bir necha marta bajarilsa,bunday mashg’ulotlarning foydasi ko‘proq bo‘ladi. Agar egiluvchanlikning erishilgan darajasini saqlab turish maqsad qilinsa, kamroq mashq qilish, ya’ni mashg‘ulotlar sonini ozaytirish bilan bunga erishish mumkin. Bunday mashqlarni mustaqil topshiriq sifatida uyga vazifa qilib berish samara beradi.
Darslarda esa bunday mashqlar darsning asosiy qismi oxirida, chigal yozish vaqtida va asosiy bo‘lmagan mashqlar orasidagi intervallarda bajarish tavsiya qilinadi. Egiluvchanlik mashqlarini bajarishdan oldin muskullarda yengil ter paydo bo‘lguncha chigal yozish mashqlarini bajarish zarur. Bu mashqlar hisobiga erishilgan harakatchanlikning ortishi nisbatan uzoq davom etmaydi - xona temperaturasida 10 minutcha saqlanadi. Issiqlik tarqalishini kamaytirish (issiq kiyim kiyish) bilan, bu vaqtni ma’lum darajada oshirish mumkin.
Bolalik va o‘smirlik yoshida egiluvchanlikni rivojlantirish oson bo‘lgani sababli 10-15 yoshdagilardan boshlab bu sifatni rivojlantirishni rejalashtirish samara beradi.
Download 153,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish