3. Ruhiy-pedagogik sabablar: ommaviy va majmuali deprivatsiyasi; ota-onalar tomonidan diqqat-e’tiborning sustligi; bolalarga nisbatan qattiqqo‘llik; oila va aholi intellektual saviyasining pastligi; oilaning to‘liqsizligi; fojeali vaziyat (ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy); ruhiy-pedagogik tashxis va korrektsiyaning sifati, hajmi va hozirgi zamon talablariga javob bermasligi.
Sistemali nutq buzilishining kliniko – pedagogik, psixologik xarakteristikasi
Alaliya – xomila ichi yoki bolaning erta rivojlanish davrida bosh miya po‘stlogida nutq zonalarining organik shikastlanishi natijasida nutqning umuman yo‘qligi yoki chala rivojlanishi. Adabiyotlarda alaliya tushunchasiga ma’nodosh sifatida «tug‘ma afaziya», «antogenetik afaziya», «disfaziya», «nutk rivojlanishining orqada qolishi», «til o‘zlashtirishning buzilishi» va boshka atamalar qo‘llanilidi.
XX asrning 30 – yillarigacha, «alaliya» va «afaziya» tushunchalari o‘rtasida anik chegara bo‘lmagan, keyinchalik esa «alaliya» - nutqning chala rivojlanishi ajratila boshladi. 50 - 60 yillarga kelib esa bu ajratishlar ko‘pchilik mualliflar tomonidan e’tirof etila boshladi.
Hozirgi kunda alaliyani o‘rganishning hamma muammolari o‘z yechimini topmagan, lekin logopediyaning zamonaviy bosqichida alaliyaga bo‘lgan qarashlar turlicha yondoshishga nisbatan bir xil fikrlash tomon kuprokdir.
A. Libman (1925) alaliyaning 4 ta shaklini farklaydi.
- motor alaliya
-sensor alaliya
- sensomator alaliya
- alaliya va og‘ir mogilaliya o‘rtasidagi o‘tuvchi shakli
V. A.Kovshikov bo‘yicha alaliyaning 2 ta turi bor:
- impressiv (sensor)
- ekspressiv (motor)
Alaliya nutq rivojlanishining fakatgina vaqtincha funktsional orqada qolishi emas. Bunda nutqning butun shakllanish jarayoni markaziy asab tuzilishidagi patologik xolat sharoitida kechadi. Alaliyada nutq va nutqqa aloqasi bo‘lmagan belgilar o‘rin tutadi. Alaliyada til buzilishlari ustun turadi. Alaliya nutqning tizimli to‘liq rivojlanmasligi bo‘lib, unda nutqning hamma – oranetik – fonematik tomoni,– grammatik tizimi buziladi.
Nutqqa bog‘lik bo‘lmagan belgilar ichida mator, sensor, psixopotologik simptomlar farqlanadi. Hozirgi kunda alaliya mexanizmlari haqidagi munozaralar murakkab va baxslidir. Alaliya mexanizmini tushuntiruvchi sabablar shartli ravishda sensomator, psixologik va til mexanizmlariga bo‘linadi. Sensomator yo‘qolishi tarafdorlari alaliyani sensomator funktsiyalar (agioziya, atsroksiya) patalogiyasi bilan bog‘laydi. Psixologik yo‘nalish tarafdorlari fikricha alaliyada ruxiyat faoliyatining ayrim tomonlarining patologiyasi kuzatiladi. Til kontseptsiyasi tarafdorlari nutqning to‘liq rivojlanmasligini idrok etish va nutq jarayonlarining o‘zaro mos kelmasligi natijasida kelib chikadi deb hisoblanadi. Oxirgi nuqtai nazar eng tasdiklovchi hisoblanib, hozirgi zamonaviy qarashlarga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |