АQLI ZАIFLIKNING KLINIK ShАKLLАRI
Embrion hujayrasi jarohatlari, moddalar almashinuvining buzilishlari, nasliy va ekzogen omillarning taʼsiri
1. Mikrotsefaliya.
Mikortsefaliya aqli zaiflikning klinik shakllaridan biri boʼlib, kalla suyagining kichikligi, tana tuzilishining displastikligi va chuqur darajadagi aqli zaiflik bilan belgilanadi.
Etiologiya va patogenezi. Kasallikning kelib chiqishida embrion rivojlanishining erta davrida nasliy anomal holatlar, infektsiya va intoksikatsiyalar jismoniy jarohotlar, nur va kimyoviy moddalarning taʼsiri natijasida kelib chiqadi.Patologoanotomik maʼlumotlar – kasallik ikki xil koʼrinishga ega; haqiqiy va sohta. Haqiqiy mikrotsefaliyada zararlanish ilk embrion rivojlanish davrida boʼlib oʼtadi va bosh miyaning patologiyasini keltirib chiqaradi. Sohta yoki serebropatik mikrotsefaliya, bosh miyaning erta boʼlib oʼtgan kasalliklari natijasida paydo boʼladi. Mikrotse-faliyaning xarakterli xususiyatlaridan biri bosh miya strukturalaridagi qoʼpol buzilishlar yaʼni poʼstloq egatlarining yaxshi rivojlanmaganligi, gistologik tomondan miya hujayralarining toʼliq yetilmaganligi, hujayralar qatorining buzilganligi bilan eʼtirof etiladi. Mikrotsefaliyada bosh miya ogʼirligi 200-250 dan 400g tashkil etadi.Jismoniy holati. Mikrotsefal bolada ham jismoniy va aqliy qoloqlik boʼlib, tanaga nisbatan qoʼl va oyoqlar uzun, tana tuzilishi displastik. Tik yurishi qoʼl-oyoqlardagi mushak tonuslarining qisqarishi hisobiga ancha qoʼpol va ishonchsiz. Ichki organlar tomonidan hech qanday patologiyalar uchramaydi. Kamdan-kam hollarda yurak poroklari yoki ichak anomaliyalari boʼlishi mumkin.
Nerv sistemasi holati. Mikrotsefal bolada yuz va til osti nervining parezi, gʼilaylik, pay va boʼgʼim reflekslarining ortib ketishi, muvozanatni tutib tura olmaslik holatlari uchraydi. Bosh miya nervlari tomondan barcha faoliyatlari ayniqsa, qoʼl-oyoqning parezi uchraydi. Bundan tashqari ogʼriq va taktil sezgilarning idrok etish qobiliyati ham zaiflashadi.
Ruhiy holati. Mikrotsefal bolada ogʼir aqli zaiflik boʼlib, oʼrtacha ogʼirlik va chuqurlashgan darajani tashkil etadi. Ruhiy faoliyatning toʼliq shakillanmaganligi, mikrotsefallikni ikki guruhga boʼlinishini talab etadi. Birinchi guruhdagilar boʼshashgan, apatik, va lanj. Ulardagi harakatlar oʼzining kambagʼalligi va cheklanganligi bilan ajralib turadi. Ikkinchi turdagi bolalar uchun, oʼta qoʼzgʼaluvchan impulsiv agressiv harakatlari doimiy va maqsadsiz. Imo-ishora harakatlari oʼta rivojlangan. Tashqi taʼsurotga beriluchan va xuddi shu oʼrinda chalgʼuvchan. Barcha mikrotsefal bolalarda xotira va tasavvur faoliyati cheklanganligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |