Nutqning sur'ati va ravonligi buzilishlarining kliniko – pedagogik, psixologik xarakteristikas
Duduqlanish muammosini nutk buzilishlari haqidagi ta’limotning rivojlanish tarixida eng qadimiylaridan biri deb hisoblash mumkin. Uning mohiyatini turlicha talqin qilish fanning rivojlanishi va mualliflarning bunday nutq buzilishlariga qanday nuqtai nazardan yondoshganliklari va yondoshayotganliklari darajasi bilan bog‘liq.
Duduqlanish-pereferik turdagi, nutq apparati muskullarining tortishishi natijasida nutqning sur'at-ohangini buzilishidir. Qadimgi davrlarda duduqlanishni kuproq bosh miyada namlikni to‘planib qolinishi (Gippokrat) yoki artikulyatsion apparat qismlarining o‘zaro noto‘g‘ri munosabati (Aristotel) bilan bog‘lik holdagi kasallik deb qarashgan. Duduqlanish paytida nutq apparatining markaziy yoki pereferik bo‘limlarida buzilish bo‘lishi mumkinligini Galen Sels va Ibn Sino e‘tirof etdilar. Qadimgi vrachlar Itar, Vuazen, Shul Tess, Kolombo, Klenke, Norden erkaklar ayollarga nisbatan ko‘proq duduqlanishga moyil ekanliklarini ko‘rsatib o‘tishgan. XVII-XVIII asrlarda duduqlanish pereferik nutq apparatining takomillashmaganligini natijasidir deb tushuntirishga harakat qilingan. Masalan, anatom Sanatorimi duduqlanuvchilarning qattiq tanglayida tuynuk bo‘lib, shu orqali yopishqoq suyuqlik tilga oqib tushadi va nutq og‘irlashadi deb tushuntiradi. Bir qator boshqa mualliflar duduqlanish nutq organlari funktsiyasining buzilishi bilan bog‘laganlar. Xaddan tashqari tez nafas chiqarish (Bekkerel) tilni og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab turuvchi spazmatik qisqarishi (Itar, Li, Deffebax), tafakkur va nutq jarayonlarining o‘zaro kelishmovchiligi (Blyume), inson irodasining takomillashmaganligi - (Merkel) bilan bog‘langandir. Duduqlanish muammosiga nisbatan turli nuqtai nazarlarni ko‘rib chiqib, duduqlanishning paydo bo‘lish mexanizmlari bir xil emas degan xulosaga kelish mumkin. Ayrim hollarda duduqlanish murakkab nevrotik zaiflashuv sifatida e’tirof etiladi, u esa bosh miya qobig‘idagi nerv jarayonining izdan chiqishi, qobiq va qobiq osti o‘zaro munosabatlarining buzilishi umumiy nutqiy xarakatlar (ovoz nafas olish artikulyatsiya) sur’atining zaiflashuvi oqibati hisoblanadi. Boshqa hollarda noto‘g‘ri nutq refleksi oqibatida paydo bo‘lgan, turli genezlarda dastlabki yuzaga kelgan murakkab nevrotik zaiflashuv sifatida talqin etiladi. Uchinchidan - nutqning murakkab, o‘ta funktsional zaiflashuvi sifatida qarab chiqiladi. U umumiy hamda nutqiy dizontogenez va shaxsni disgarmonik rivojlanish oqibatida namoyon bo‘ladi. To‘rtinchidan - duduqlanish mexanizmini markaziy nerv sistemasining organik o‘zgarishi asosida talqin qilish mumkin. Ammo har qanday vaziyatda ham uyg‘unlikni tashkil qiladigan fiziologik va ruhiy buzilishlarni hisobga olish lozim. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning duduqlanishni o‘rganish va uni barcha ishlarida bartaraf etishdir. Duduqlanishning namoyon bo‘lish haqida mualliflar o‘z tekshirishlariga asoslanib turli xulosalarni bayon qiladilar. Zeyeman duduqlanishning namoyon bo‘lishida ulardagi effektiv labillik patologik tarzda oshib ketishi sabab bo‘ladi deb qaraydi. Sovak esa 300 ta duduqlanuvchilarni tekshirib, ularning 84,6% ida vegetativ asab tizimining distoniyasini kuzatgan. Kochergina o‘tkazgan tekshirishlarda esa duduqlanuvchilardagi turli xil oliy asab tizimining buzilishlari namoyon bo‘lishini aniqlagan. Bular: qo‘zg‘alishning oshib ketishi, xafaqonlik, o‘jarlik hamda uyqu va ishtahaning buzilishlari, infektsion va boshqa turli kasalliklarga moyillik, jismoniy zaiflik, enurezlardir. N.A.Vlasova va Ye.V.Raular duduqlanishni keltirib chiqaruvchi sabablarini quyidagicha tasniflaydilar:
1. Irsiy moyillik.
2. Sotsial maishiy sharoit.
3. Yuqumli kasalliklar.
4. Qo‘rquv.
5. Noto‘g‘ri nutqiy tarbiya.
6. Organik buzilishlar.
7. Taqlid qilish natijasida.
Ammo hamma yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bolalar yoki hamma qo‘rqan bolalar ham duduqlanuvchi bo‘lib qolavermaydi. Buning uchun bolaning nerv tizimi zaif bo'lib, shu kasallika moyillik, zamin bo‘lsagina ushbu nuqson yuzaga kelishi mumkin. Anatomik-fiziologik sabablar: entsefalitik oqibatida bo'lgan jismoniy kasalliklar; jaroxatlar, ona qornidagi tug‘ilish paytidagi, ko‘pincha asfiksiya bilan, miyaning chayqalib lat yeyishi; miyaning organik buzilishi, bu paytda harakati muvofiqlashtiruvchi qobiq osti mexanizmlari yallig‘lanishi mumkin; zaxarlanish va markaziy nutq apparatini zaiflashtiruvchi boshqa kasalliklar natijasida nerv tizimining tamoman izdan chiqishi yoki o‘ta charchashi; qizamiq terlama, gijjalar, ayniqsa ko‘k yo‘tal, ichki sekretsiya almashinuv kasalliklari burun, halqum, hiqildoq kasalliklari; dislaliya, dizartriyaning va nutq to‘liq rivojlanmaganligi hollardagi tovush talaffuzi apparatning mukammal rivojlanmaganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |