Bolalar rivojlanishidagi nuksonlarning klinik asoslari


Afaziya - bosh miyaning lokal jarohatlanishi natijasida nutqning to‘liq yoki qisman yo‘qolishidir. Afaziya grekcha so‘z bo‘lib, a



Download 2,24 Mb.
bet40/54
Sana07.04.2022
Hajmi2,24 Mb.
#535756
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Bog'liq
Difektalogiya

Afaziya - bosh miyaning lokal jarohatlanishi natijasida nutqning to‘liq yoki qisman yo‘qolishidir. Afaziya grekcha so‘z bo‘lib, a - yo‘q, fazis - nutq so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib nutqning yo‘qligi ma’nosini beradi. Afaziya atamasi ilk bor XIX asrda frantsuz olimi Trusso tomonidan fanga olib kirilgan edi. Afaziya markaziy organik kelib chiqishga ega bo‘lgan og‘ir nutq buzilishlari qatoriga kiradi. Afaziyada nutqni tushunish va nutqiy harakatlarni to‘la yo‘qolishidan tortib to artikulyatsiyadagi uncha muhim bo‘lmagan qiyinchiliklar, fikrning nozik jihatlarini tushunmaslik yoki u yoki bu so‘z, iboralarni eslab qolish holatlarini kuzatish mumkin. Afaziya ko‘pincha agnoziya va apraksiya bilan chambarchas bog‘liqlikda bo‘ladi va yana qator oliy nerv faoliyatidagi buzilishlarni kuzatish mumkin bo‘ladi. Afaziyada nutq buzilish mexanizmlarining buzilishida zararlanmagan boshqa miya mexanizmlarining potologik o‘zgargan mexanizmlarga bo‘ysunishini kuzatish mumkin. Miya undagi nuqsonga umumiy ta’sir ko‘rsatadi. Xuddi shu bilan nuqsonning kompensatsiya qilish ta’minlanadi. Miya tizimlarining bog‘langanligi va miyaning kompensator yaxlit ta’sir etishi natijasida ko‘pincha nutqdan ayrim bir ko‘rinishlar saqlanib qoladi. Umuman olganda afazikaning nutqi tub o‘zgarishlarga uchrab, juda uzoq vaqt davomida impressiv va ekspressiv tomondan atrofdagilar nutqidan farq qiladi. Afaziya, shuningdek, psixologlar va tilshunoslar e’tiborini ham tortadi (nutqning hosil bo‘lish muammosi, uning tafakkur bilan bog‘liqligi).
Afaziyaning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib, turli olimlarda u turlicha ko‘rinishda. Xususan, Pravdinaning «Logopediya» darsligida uning 6 taturga ajratadi. Luriya ajratgan turlari: akustika-gnostik, akustika-mnestik, semantik va afferent, efferent va dinamik afaziyalar. Afaziyani 2 yirik guruhga, ya'ni motor va sensor afaziyaga ajratish mumkin.
Mo‘minova va Ayupovalarning «Logopediya» darsligida uning 4 ta turi:
1. Motor afaziya - mustaqil nutq so‘rash qobiliyatining yo‘qolishi.
2. Sensor afaziya - atrofdagilar nutqini idrok etish qobiliyatining buzilishi.
3. Amnestik afaziya - ayrim so‘zlar va ularning ahamiyatini unutish.
4. Total afaziya - gapirish va nutqni idrok etish qobiliyatlarini yo‘qolishi.
Alaliya va afaziyaning klinik xarakteristikasi nutq mexanizmlari, nutq jarayonining bosh miyada tashkil etilishi bilan bog‘liq. Nutq faoliyatida ishtirok etadigan analizatorlarning qurilishi va harakatga kelishi haqidagi bilimlardan foydalanadi. Nutqiy sistema bosh miya a’zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan har biri nutq faoliyatining o‘ziga xos vazifasini bajaradi. L.R.Luriya miya faoliyatini uchta funktsional blokka ajratadi. Birinchi blok bosh miya po‘stlog‘ osti zonalari: yuqori ustun va limbik soxa. U bosh miya qatlami tonusining normalligi va uning tetiklik holatini ta’minlaydi. Ikkinchi blok orqa miya qatlami katta yarim sharlari bo‘laklarini o‘z ichiga oladi, tashqi dunyodan olingan sezgi axborotlarini qabul qiladi,qayta ishlaydi va saqlaydi. U bilish (gnostik) jarayonini amalga oshiradigan asosiy miya apparati hisoblanadi. Uning tuzilishi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi doiralarga ajraladi. Birlamchi doira - miya qatlamining proyektsion doiralaridir, uning neyronlari juda ham yuqori darajada o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularda alohida sezgi a‘zolaridan sezgi axborotlarini qabul qilish hodisasi yuz beradi. Miya apparatlarining birlamchi doiralari ustidan ikkilamchi doiralar qurilgandir. Ular birlamchi doira orqali olingan qo‘zg‘alishlarni tahlil qiladi. Ikkilamchi doiralar, birlamchi doiralar kabi, o‘zining ixtiyoriy modalligi (ko‘rish, eshitish va boshqa doiralar)ni saqlaydi. Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu analizatorning bosh miya qatlami birikmasini o‘zida namoyon etadi. Uchlamchi doiralar analizatorlarning miya qatlami bo‘linmalarini o‘zgartirish doiralari hisoblanadi. Ular turli modallikda olingan sezgi axborotlarini tahlil, sintez, integratsiya qilish vazifasini o‘taydi. Ularning faoliyati asosida sintezlarning beqaror va tashqi darajasidan simvolik darajaga, e‘tiborni qaratish munosabatlari, murakkab mantiqi grammatik qurilishi haqidagi bilimlar bilan ish ko‘rishga o‘tish sodir bo‘ladi. Uchinchi blok xatto yarim sharlar qobig‘ining oldingi bo‘limlari (motor, motor oldi va old frontal soha) dotrani o‘z ichiga oladi. Bu blok inson faoliyatini rejalashtirish, moslashtirish va nazorat qilishni ta’minlaydi. U, shuningdek, miya qobig‘i ostidagi a‘zolar faoliyati barcha sistemalarning tonusi va tetik holatini ular faoliyati oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi. Nutq faoliyati barcha bloklarning birgalikda ishlashi natijasida vujudga keladi. Shu bilan birga har bir blok nutq jarayonida alohida, maxsus o‘ziga xos xususiyati bilan ishtirok etadi. Shunday qilib, nutq jarayonida bosh miy qobig‘ining turli qismlari turlicha ishtirok etadi. Bosh miya qobig‘i qaysidir qismining jarohatlanishi nutq faoliyati buzilishining o‘ziga xos alomatlariga olib keladi.



Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish