Bolalar rivojlanishidagi nuksonlarning klinik asoslari



Download 2,24 Mb.
bet32/54
Sana07.04.2022
Hajmi2,24 Mb.
#535756
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
Bog'liq
Difektalogiya

Eshitishni protezlash deganda qulog‘i og‘ir bemorlarga tovushni kuchaytirib beruvchi eshituv apparatini tanlab berish tushiniladi.



Agar quloqning eshitishni o‘tkazuvchi qismi buzilgan bo‘lsa, eshitish apparatining suyak orqali kuchaytiruvchi turidan foydalanish lozim. Quloq og‘irligini davolashda dori-darmonlar va fizioterapevtik davolash usullaridan foydalaniladi. «Eshitishni protezlash» degan tushunchani ifodalovchi kompleks tadbirlar kishi diqqatini alohida o‘ziga jalb qiladi, bunda konservativ va jarrohlik yo‘li bilan davolash natija bermagan bemorlarga tovushni kuchaytirib beruvchi apparat tanlab beriladi. Tovushni o‘tkazuvchi apparat sistemasi zararlangan bemorlar uchun apparat yordamida eshitish ko‘proq foydalidir. Apparatdan quyidagi hollarda foydalaniladi:
1) mavjud davo usullari bilan bartaraf etib bo‘lmaydigan quloq og‘irligi;
2) so‘zlashuv zonasida tovushni qabul qilish chastotasini 40 db dankamayishida, ammo kamayish 80 db dan oshmaganda (1 m dan kam masofada so‘zlashuv nutqini qabul qilishda). Ichki quloqda avj olayotgan patologik jarayonga eshitiv apparatidan foydalanish zarar qilmaydi va apparat eshitishni yaxshilab bemorga o‘z nutqini to‘g‘irlash imkonini beradi. Eshituv apparatlari bolalarda ham ularning o‘z nutqini yaxshilash imkonini beradi. Eshituv apparati ishlatila boshlaganidan 2 haftadan keyingina uning foydasiga baho berish mumkin. Bu davr ichida bemor apparatdan chiqadigan tovushlarga o‘rganib boradi. Bir tomonlama karlikda bemorlarga eshituv apparatidan foydalanish shart emas. Bordi-yu, bemor eshituv apparatidan foydalana olmasa, unda uni gapni labdan yoki yuzdan uqishga o‘rgatish kerak











Bolalar nutkining rivojlanishida ko‘rish va eshitishning ahamiyati
Yangi tugilgan chaqaloqning qichqirishi reflektor akt bo‘lib, u tashqi harorat taʼsiri bilan shartlangandir. Birinchi qichqiriq bolaning nafas olishni boshlaganini ko‘rsatadi. Bola dastlabki oyida sovuq ochlik va hokazoga yig‘i, qichqiriq bilan javob beradi. Bu yig‘i kelajakdagi tovush chiqaruvchi nutq uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Nutqning to‘g‘ri rivojlanishi uchun bola normal eshitadigan bo‘lishi muhimdir.
Eshitish organi bola tug‘ilgan kunidan boshlaboq ishga tushadi. Hayotining ikkinchi oyiga kelib, bolaning ovozga quloq solayotganini kuzatish mumkinki, bu eshituv analizatorining funktsional jihatdan yetarlicha yetukligi hamda markaziy nerv sistemasida eshituv dominanti paydo bo‘la olishini ko‘rsatadi.
Hayotining 2-oyiga kelib bola sifat, har xil tovushlarni ajrata boshlaydi. 3-oydan boshlab ovoz kelgan tomonga qarash odati paydo boʼladi. Bola 3-4 oylik bo‘lganda tovushlarning tonini ajrata boshlaydi. Bolalarda nutqni eshitish bo‘sag‘asi yosh ulg‘aygan sari o‘zgarib boradi, 6,5 - 9,5 yashar bolalarda nutqni eshitish bo‘sag‘asi katta yoshli bolalardagiga qaraganda yuqori bo‘ladi.
Nutqining rivojlanib borishida bolalarning kattalar bilan aloqa bog‘lab, suhbatlashishi katta ahamiyatga ega. Bu esa bolaning eshitib eslab qolish qobiliyati va lug‘at boyligining boyib borishiga yordam beradi.
Tug‘ma kar tug‘ilgan bolalarda atrofdagilar nutqiga taqlid qilish rivojlanmaydi. Gugulash ularda normal eshitadigan tengdoshlaridagidek paydo boʼladi. Lekin u eshituv idroki tomonidan mustahkamlanmaganligi sababli asta-sekin so‘nib boradi. Bu holatlarda maxsus pedagogik taʼsirsiz bolalarda nutq rivojlanmaydi. Ilk yoshlik paytida bola tovush, bo‘g‘in va atrofdagilarning so‘zlarini noaniq, buzilgan holda idrok etadi. Shu sababli bolalar bir fonemani ikkinchisi bilan aralashtirib yuboradilar, nutqni yomon tushunadilar. Juda ko‘p xollarda bolalar o‘zlarining noto‘g‘ri talaffuzlarini sezmaydilar. Natijada u odat tusiga kirib, turg‘un bo‘lib qoladi. Keyinchalik bu holat qiyinchilik bilan bartaraf qilinadi. Fonematik idrok asta-sekin, talaffuzning shakllanishi bilan paralel ravishda rivojlanadi. Odatda, bola 4 yoshga yetganda o‘z ona tilidagi barcha fonemalarni eshitish orqali ajrata olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ko‘rish ham bola nutqining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Nutqning paydo bo‘lishi va uning idrok qilinishida ko‘rish analizatorlarining muhim rol o‘ynashi, tug‘ma ko‘r bolalarning kech gapira boshlashi bilan tasdiqlanadi.
Ko‘radigan bola gapirayotganlarning til va lab harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatadi, ularni takrorlashga harakat qiladi. Odatdagi artikulyatsion harakatlarga yaxshi taqlid qiladi. Bolaning rivojlanishi jarayonida ko‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar o‘rtasida shartli aloqalar sistemasi yuzaga keladi va u takrorlanib turuvchi aloqalar bilan doim rivojlanib, mustahkamlanib boradi.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish