ICHKI QULOQ KASALLIKLARI
Labirintit
Labirintit – ichki quloqning o‘tkir yoki surunkali yallig‘lanishi bo‘lib, u chegaralangan bo‘lishi mumkin va vestibulyar hamda eshituv analizatori retseptorlarining u yoki bu darajada ko‘rinishidagi jarohatlanishi bilan birga kelishi mumkin. Ichki quloqning o‘rta quloq tomonida yallig‘lanishi ko‘p uchraydi. Ichki quloqning yallig‘lanishi umumiy, mahalliy, ya’ni chegaralangan, cheklangan bo‘lishi mumkin. Ichki quloq bo‘shlig‘iga infeksiya kopincha labirintning suyak kapsulasini osteomiyelitik jarayondan yemirilishi (xolesteatoma, kariyes) natijasida tushadi. Ichki quloqning yoyilgan yallig‘lanishi 2 turda bo‘ladi: serozli va yiringli. Bunda ichki quloqning parda qismi ham jarohatlanib, butun nerv tolalari (muvozanatni saqlovchi va eshituv) o‘ladi. O‘rta quloqning o‘tkir yiringli yallig‘lanishida eshitish qobiliyatining buzilishi bilan bir qatorda, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va qusish kuzatiladi. Ko‘z soqqalari kasal quloq tomonga qarab harakat qiladi. Bunda ichki quloqda bosim oshadi. Bemor ko‘pincha sog‘ quloq tomoni bilan, ko‘zini yumib yotadi. bemor ko‘z oldida turli narsalar aylanayotgandek bo‘lib, ko‘pincha bu sog‘ quloq tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Tana ham ko‘proq sog‘ tomonga og‘a boshlaydi. Eshitish qobiliyati pasayadi, yoki to‘la karlik yuzaga chiqadi.
Davosi: ta’sir doirasi keng bo‘lgan antibiotiklar buyuriladi. 6–8 kun konservativ davolanadi. O‘tkir labirintit xurujining pasayishi bilan, o‘rta quloqda sog‘lomlashtiruvchi radikal operatsiyalarqilinadi. Bunda labirint yoki nog‘ora bo‘shlig‘ining so‘rg‘ichsimon devoridagi patologik jarayonlar bartaraf qilinadi.
Koxlear nevrit (neyrosensor chala karlik). Koxlear nevrit – eshituv analizatorining periferik va markaziy bo‘limlarining zararlanishi. Neyrosensor chala karlik shunday kasallikka kiradiki, unga tashxis qo‘yish va davolash usullari bir necha 10 yillardan beri o‘rganilmoqda. Eshitish a’zolarining zararlanishi hozirgi sharoitda zaharli omillar ta’sirida kelib chiqib, bu o‘z navbatida chala karlikka va yaxshi eshitmaslikka olib kelmoqda. Quloqning neyrosensor yaxshi eshitmasligi bir necha klinik tekshiruvlar va izlanishlar natijasida quyidagi kasalliklarda asosiy belgilardan biri sifatida kuzatilishi aniqlandi:
– yuqumli kassalliklar (griрp, O‘RVI, yuqumli parotit, sifilis);
– tomirlardagi o‘zgarishlar natijasida kelib chiqadigan
kasalliklar (giрertoniya va giрotoniya kasalliklari, vertebrobazilar dissirkulakiya, serebral ateroskleroz); kimyoviy sanoatning zararli ta’siri va ba’zi dori moddalari (antibiotiklar, aminoglikozidlar, salitsilatlar va bezgakka qarshi dorilar) ta’sirida kelib chiqadi.Nevritning yuzaga kelishiga asosan infeksion kasalliklar (griрp, meningit, parotit), dorilar ta’siri (antibiotiklar, diuretiklar, salitsilatlar tarkibida og‘ir metallar bo‘lgan), kalla-miya shikastlanishi, quloqning mexanik shikasti, barotravma sabab bo‘lishi mumkin. Bemor quloqdagi shovqindan, eshitish qobiliyati pasayganidan, vaqt-vaqti bilan boshi aylanishidan, muvozanati buzilganidan shikoyat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |