Profilaktikasi umumiy chiniqtirish. Odatda bolani ko‘chaga aylantirgani olib ketayotganda uning boshiga issiq qalpoqcha kiygiziladi. Bunday qilish shart emas. Chunki quloq tashqaridan emas, ichidan yallig‘lanadi. Buning uchun respirator infeksiyalar, angina kasalliklarini vaqtida davolash kerak. Emizikli bolalarda kasallik tez-tez qusish bilan kechadi: oshqozondan chiqayotgan ovqat bo‘laklari eshituv nayi orqali o‘rta quloqqa tushadi va uning yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. Bunga bolaning noto‘g‘ri holatda yotishi sabab bo‘ladi. Bolaning qulog‘idan o‘pish ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki bolaning quloq pardasi nozik bo‘lib, bunday hollarda yirtilishi mumkin. Go‘daklar hamda o‘rta yoshdagi bolalarda o‘rta quloq yallig‘lanishiga infeksiyani burun-tomoq orqali tarqalishi sabab bo‘ladi. Shamollagan bolani har xil holatda yotqizish kerak. Agarda bolani uzoq vaqt bir holatda yotqizilsa, ekssudat o‘rta quloqqa tarqalishi ehtimoli ortadi. Bolaga burnini to‘g‘ri qoqishni o‘rgatish lozim.Burundan oqayotgan suyuqlikni ichiga tortish xavfli hisoblanadi. Bunda infeksiyali suyuqlik osonlik bilan o‘rta quloqqa boradi.Bolalarda nafas olish ko‘pincha buziladi, bunga sabab adenoidlar o‘sib ketishidir. Bundan tashqari adenoidlar o‘sib, ular eshitish naylarini yopib qo‘yadi va qon aylanishini buzadi, bu o‘rta quloqda yallig‘lanish jarayoniga sabab bo‘ladi.
Mastoidit. Mastoidit – so‘rg‘ichsimon o‘simtaning suyak elementlarini parchalaydigan o‘rta quloqning o‘tkir yiringli yallig‘lanishidir. Ko‘p hollarda bu kasallik o‘tkir yiringli otit asoratlaridan biri deb hisoblanadi. Aynan so‘rg‘ichsimon o‘simtaning suyak to‘qimasi destruksiyasi tufayli mastoidit o‘tkir o‘rta otitdan farqlanadi
Mastoidit paydo bo‘lishiga sabab – nog‘ora bo‘shlig‘ida yiring to‘planishidir. Yiring uzoq vaqt bo‘shliqda qolib ketgani sababli so‘rg‘ichsimon o‘siqchadagi kataklarni bir-biridan ajratib turuvchi suyak to‘siqchalari yemiriladi, natijada yaxlit bo‘shliq hosil bo‘lib, bu bo‘shliq yiring bilan to‘lgan bo‘ladi. O‘tkir o‘rta otit kechishida quloq orti sohasida og‘riq kuchayadi. Og‘riq so‘rg‘ichsimon o‘simtani, uning cho‘qqisini bosib ko‘ril-ganda kuchayadi.Bunda eshitish pasayib, quloq shang‘illaydi, undan yiring oqadi. Yiring ko‘p, quyuq va sarg‘imtir bo‘ladi. Tana harorati 38–39°C gacha ko‘tariladi. Quloq suprasining orqa tomonida, ya’ni so‘rg‘ichsimon o‘siqcha sohasida shish, teri qizarib, qalinlashganligi ko‘rinadi. Paypaslaganda og‘riq zo‘rayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |