1. Fonetik buzilishlar – bitta yoki bir nechta tovush guruhlarini noto‘g‘ri talaffuz qilish (shipillovchi, hushtakli, o‘rta va orqa til tovushlari; undosh tovushlarning qattiq-yumshoqligini, karlik jarangliligini buzilishi).
2. Leksik-grammatik buzilishlar. Bu buzilishlarning orasi ajratiladi: cheklangan lug‘at zahirasi; qashshoqlashgan ibora; iborada noto‘g‘ri tuzilgan so‘zlar; noto‘g‘ri ishlatilgan kelishiklar va qo‘shimchalar; chala gapirish, so‘zlarni joyini almashtirib gapirish.
3. Kuy-intonatsiyali buzilishlar: urg‘uni noto‘g‘ri ishlatish (so‘zda– grammatik, iborada-mantiqiy); tovushning tembri, balandligi, kuchi bilan bog‘liq buzilishlar (tinch, bo‘g‘iq, vaqillovchi, qisilgan, maʼnosiz, vizillovchi, past ovoz, modullashmagan).
4. Templi ritmik buzilishlar: tezlashgan temp bosh miya po‘stlog‘ida hayajonlanish jarayonlarining ustun kelishiga bog‘liqligi (taxilaliya); sekinlashgan temp, tormozlanis jarayonlarining ustunlik qilishi (bradilaliya); uziq-yuliq temp (asossiz pauzalar, tutilish, so‘z va tovushlarda urg‘uli boʼgʼinni aniq o‘qish tutilmasdan, tutqanoqsiz (fiziologik iteratsiya, poltern) va tutqanoqlik ko‘rinishidagi duduqlanish).
5. Yozma nutqdagi buzilishlar: xatlar: fonemani grafemaga noto‘g‘ri qayta shifrlash; chala yozish; so‘zda harflarni tushirib qoldirish va aralashtirib yuborish; gapda so‘zlarni qayta joylashtirish va kelishmaslik; chiziqdan chiqib ketish va boshqalar o‘qish: tovushlarni almashtirish va aralash-tirish;harflab oʼqish; soʼz tarkibida tovush-bo‘g‘inni buzish; o‘qilgan narsani tushunishning buzilishi; agrammatizmlar.
Nutqning klinik tavsifi
Nutq rivojlanishi jarayonlarining bolalik davrida o‘ng yarim shar ahamiyatli o‘rin egalalaydi. Hozirgi paytda aytilayotgan nuqtai nazarlar shundan iboratki, bola nutqi paydo bo‘lishining erta davrida yetarlicha bo‘lmagan tushunish va erkinlik nutq aktini tashkil topishi uchun, albatta o‘ng yarim sharning faol ishtirokiga bog‘liq. Nutq vositalarini ongli va erkin shakllanishini qo‘llashda yetakchi rolni nutq bo‘yicha dominantlik qilayotgan miya yarim sharining (odatda chap) bo‘linmalariga tegishlidir. (E.G.Simernitskaya, 1985). Bolalik davrida nutq buzilishining alohidaligi ularda qaytarilish qobiliyatining borligidir, chunki bola miyasining yuqori darajada nafisligi (plastikligi) bilan bog‘liq.
Bolalalik davrida kuzatilgan nutq buzilishlari fiziologik (bosh miyaning ustki (periferik) markaziy tarkibining yetilish muddatiga bog‘liq) va patologik (kasallangan) ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Nutqning patologik buzilishi markaziy va ustki (periferik buzilishinin xarakteriga qarab organik va funktsional qismlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |