I BOB. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tilini o'rgatishning ilmiy nazariy asoslari
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatishning metadologik asoslari
Barchamizga ma'lumki, Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'rta, katta va maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarning yoshi 5-7 yosh oralig'ida bo'ladi. Va aynan shu davrda ular ham jismonan, ham ruhan, ham ma'nan jadal rivojlanib, intelektual salohiyatlarining rivojlanishi ilk bosqichga boshlanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari esa bolaning sog'lom.va barkamol shaxs bòlib yetishida , o'qishga nisbatan havas uyg'onishida ilk turtki bo'lgan holda, muntazam ravishda haftasiga 5 kun ta'lim olishlariga, hamda xorijiy tillarni o'rganishlariga imkoniyat yaratadi.Ma'lumki, mamlakatimizda chet tillarini o‘qitish mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Chet tillarini o‘rganish va o‘qitishga e'tibor, ayniqsa, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingandan keyin yanada kuchaydi. Mazkur qarorda chet tillarini o‘qitishdagi yutuqlar bilan birga, ta'lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va mediatexnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to‘liq javob bermayotgani, ta'lim asosan zamonaviy usullarda olib borilayotgani, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o‘rganishni tashkil qilish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta'minlashga oid kamchiliklar ham ko‘rsatilgan. Respublikamizda chet tillarini o‘qish, o‘rganish va baholash tizimining 2012 yildan boshlangan mana shunday besh yillik natijasi o‘laroq, yuqorida ta'kidlaganimiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi qarori qabul qilingan. Ushbu qaror respublikamizda ta'lim sohasidagi islohotlar izchil davom etilayotganidan, chet tillarini mukammal biladigan o‘quvchilar, talabalar va pedagoglarga imtiyozlar, malaka sertifikatlari berish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadi ko‘zda tutilganidan dalolat beradi.
Qarorga ko‘ra, bundan keyin uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida yosh avlodni chet tillariga o‘qitish sifatini ta'minlash, chet tillarida erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, ushbu yo‘nalishdagi o‘quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash maqsadida chet tillarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etiladi. Bu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarini o‘zlashtirish darajasini davlat ta'lim standartlarida buelgilangan "Tinglab tushunish" (Listening), "O‘qish" (Reading), "Yozish" (Writing), "Gapirish" (speaking) amalga tatbiq etiladi.
Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga yetgunga qadar davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida hamda oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'limning asosiy maqsadi - bolalarni maktabdagi o'qishga tayyorlash, bolani rivojlangan, sog'lom, mustaqil shaxs bo'lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o'qishga, tizimli ta'limga bo'lgan ishtiyoqini tarbiyalashdan iboratdir. Maktabgacha ta'limning maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda respublikasi 4 893 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat olib borayotgan bo’lib ularni moliyalashtirishga faqat 2016-yili Davlat byudjetidan 1.6 trilion so’m ajratilgan. Ushbu sohada sog’lom va har tomonlama rivojlangan o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qo’shib kelayotgan 57 mongdan ortiq mutaxasislar mehnat qilmoqda. Davlat rahbari tomonidan 2017-yili 9-sentabrda qabul qilingan "Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" gi qaror bilan bilan Xalq ta’lim vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi , Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mahalliy davlat hokimyati organlarning maktabgacha talim muassalarining infratuzilmalarini va moddiy- texnik jihozlanishi yaxshilash bo’yicha kompleks chora- tadbirlarini amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Qishloq joylardagi boshlang'ich maktab o'quvchilari odatda ingliz tili muhitidan ancha uzoq bo’lgan sharoitda o’sishadi va bolalarning fikrlashi mavhum shaklda qolaveradi, bolalarning yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayoni doimo hissiyotlarga tayangan holda kechadi. Shuning uchun, bog’cha yoshidagi bolalarga ingliz tili o'qituvchilari o'qitishda oson metodikalar orqali, o'quvchilar atrofidagi buyumlardan, kartochkalardan va boshqa o'quv qo'llanmalaridan to'liq foydalanishadi. “Banana” va “apple” kabi so'zlarni o'qitishda o'qituvchilar banan va olma kabi mevalarni ko’rsatib birdaniga rangni bildiruvchi yangi so’zlarni ham o’rgatib ketishlari mumkin. Bolalar o'quv mashg'ulotlarini tashkil qilish uchun sinfdagi narsalar orqali ularni chet tilida qo’llanilishini o’rgatib borishadi.
Albatta, o'qitish mobaynida buyumlardan foydalanishda o'qituvchilarning metodikasi katta ro’l o’ynaydi. Misol uchun, tegishli so'zlarni o'rgatayotganda, siz avvalo buyumni bolaga ko’rsatib uni gapirishga undaysiz, o’quvchilar so’zlarni talaffuz qiladi va ular talaffuz qilgan so’zni mustahkamlash uchun kartochkalardagi rasmlardan foydalanib yana bir bor yangi so’zni takror talaffuz qildiriladi. So’zlarni o'qitishda o'qituvchilar matn mazmunini belgilab olishlari va o'quvchilar e'tiborini jalb qilish uchun tarbiyachi ular bilan birgalikda so’zlarni talaffuz qilib doskaga suratini chizish orqali ularning e’tiborini tortishlari mumkin bo’ladi.
Shuning uchun hozirda Xitoyda tarbiyachidan rasm chizish mahoratiga ega bo’lish talab qilinadi. Bu nafaqat o'qitishning qiyinchiliklarini qisqartiribgina qolmay, balki o'quvchilarni o'rgangan bilimlarni asta-sekin mustahkamlashga yordam beradi. O’quvchilar ingliz tilini o'rganish jarayonida o’zlaridagi yutuqlarni his etishlari uchun har bir o'quv mashg'ulotiga mukammal yondashish kerak. Ana shundagina bolalarda o’rganishga motivatsiya uyg’onadi.Hozirgi kunda Xitoylik bog’cha yoshidagi bolalar yangi bilimni qabul qilish imkoniyatlari juda ilgarilab ketganligi sababli bog’chalardagi o’qitish dasturlari shunga mos ravishda intensivlashtirilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, zamonaviy pedagog javob berishi kerak bo'lgan talablar kompleksini belgilaydi. Mutaxassisning pedagogik ishga tayyorgarligini zarur va yetarli darajasini ta'minlaydigan asosiy talablarni quyidagicha belgilash mumkin:
Ayni paytda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachisining mustqil ravishda bilim olib, til o'rganib, inglizchada gaplasha olish ko'nikmalarini oshirib borishi va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishi- bir tomondan pedahogik faoliyatining muvaffaqiyatli borayotganligini ko'rsatsa, ikkinchi tomondan, bu muhim vazifa ekanligini ko'rsatadi. Chunki, bu kechiktirib bo'lmas jarayon shaxsni aqliy qashshoqlikdan qutqarib qoladi.
Demak, Prezidentimizning "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori barcha fuqarolarning chet tillarini puxta o'rganishlariga keng imkoniyatlar yaratishi bilan birgalikda, maktabgacha ta'lim tizimining malakali tarbiyachisi va pedagog kadrlari yelkasiga yanada mas'uliyat yuklaydi. Maktabgacha ta'lim tizimi tarbiyachusi ingliz tilini o'rganishi, uzluksiz izlanishda bo'lishi, erkin fikrlashi, shuning bilan bir qatorda, boshqalarda ham innovatsion g'oyalarni shakllantirish asosida faoliyat ko'rsatishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |