III.Xulosa………………………..…………........................................…………29
IV.Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro`yxati…………........…………31
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta’lim - tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog’liqdir. Shu boisdan ham ta’limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma - bosqich ta’lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keladi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyati o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir”. Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini o’rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Qarori chet tillarini o’rganish imkoniyatlarini kengaytirdi. Bugungi kunda maktablarda va Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida interfaol o’yinlar orqali dars o’tish an’anaga aylanib bormoqda. Ma’lumki, darsning turli xil o’yinlar asosida o’tilishi o’quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko’nikmalarini oshirish va kuchli bo’lishlarini ta’minlaydi. Hammamizga ma'lumki har bir tarixiy va ijtimoiy tuzum yangilanish barobarida òsha tarixiy-ijtimoiy tizimga asoslangan ta'lim va tarbiya usulini o'zgartirish va isloh etish talab etiladi. O'zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlashning milliy tizimi va "Ta'lim to'g'risidagi qonun" da e'titof etilganidek, islohotlarni amalga oshirishga mas'ul bo'lgan jamiyat qatlami yoshlarni iymon-e'tiqodli, vatanga muhabbat va o'z kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalashni ota-onalar, tarbiyachi va murabbiylar oldiga oliy maqsad qilib qo'yadi. Shu nuqtai nazardan maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning ilk bosqichi bo'libgina qolmay balki bolani yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalashning ilk pog'onasi hamdir. Shuning uchun Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiyani yuqori darajadagi saviyada berilishi bolalarning kelasi bosqichlarda qiynalmasdan muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi. Shu boisdan so'nggi yillarda ingliz tili darslarini uzluksiz ta'limning har bir bosqichida muayyan darajada bolalarga o'rgatish, ingliz tilini o'rgatishda yangi metadologik ishlanmalar ishlab chiqish, yangi pedagogik texnologiyalar yaratish, darslar davomida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda darsni didaktik loyihalashtirishga katta e'tibor berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |