Kurs ishining maqsadi: Ishning asosiy maqsadi-Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tilini o'qitishning didaktik xususiyatlari va ingliz tilini bolalarda o'rgatish bilan bog'liq masalarni tahlil qilishdan iborat. Bolalarga osmon yulduzlar va fazo mavzusini o'tish orqali ularni dars jarayonida mavzuga munosabatini o'rganish
Kurs ishining ob`ekti va predmeti: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tilini o'qitishda didaktik yondashuv va uni tashkil etish mazmuni.
Kurs ishining vazifalari:
1) Kurs ishining nazariy qismini ilmiy adabiyotlar asosida yoritib berish.
2) Maktabgacha ta`lim tashkilotida tajriba o`tkazish.
3) Osmon yulduzlar va fazolarni o'rgatish darsida maktabgacha yoshdagi bolalarni kuzatish, tahlil qilish.
4) Yig`ilgan ma`lumotlar asosida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishiningning metodologik asoslari:Bu kurs ishida mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblarining mavzu doirasidagi ilmiy qarashlari, pedagogik va psixologik g`oyalari, umumxalqning psixoligik-pedagogik tajribalari, Ilk qadam davlat dasturi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, BMT va O`zbekiston Respublikasi Hukumatining Bola huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi Xalqaro Konvensiyasi, Xalq ta`limini takomillashtirishga oid Hukumatimiz hujjatlari va boshqalar metodologik asos bo`lib xizmat qiladi.
Kurs ishining metodlari: -Kurs ishining ishlariga oid falsafiy ilmiy,psixo-pedagogik va metodik adabiyotlardagi ma’lumotlarni nazariy jihatdan tahlil qilish va umumlashtirish;
-Tarbiyachilar, ota-onalar, tarbiyalanuvchilar bilan suhbatlar o’tkazish;
- Bolalarni dars jarayonida kuzatish.
Kurs ishining ilmiy yangiligi: O'zbekiston Respublikasidagi maktabgacha ta'limining metodik tizimi o'rganilib, ularning yutuq va kamchiliklari hamda ta'lim sifatini belgiluvchi omillari aniqlandi; ingliz tilini maktabgacha yoshdagi bolalarga o'rgatuvchi pedagogning kasbiy malakalari masalalari ko'rildi; didaktik o'yinlardan va AKT vositalaridan foydalanish bolalarning ingliz tiliga qiziqishlari, og'zaki nutq malaka va ko'nikmalarini shakllantirish uslubi hamda ijodiy qobiliyatlarini muvaffaqiyatli shakllantirish vositasi ekanligi, shuningdek, yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars ishlanmalarining samaradorligi tajriba-sinov ishlari orqali tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |