Bolalar pedagogikasi


Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tilini o'qitishning ekspremental tadqiqi



Download 127,44 Kb.
bet9/13
Sana08.07.2022
Hajmi127,44 Kb.
#758568
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Bolalar pedagogikasi

2.2. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tilini o'qitishning ekspremental tadqiqi
«Aytsang – unutaman, ko'rsatsang – eslab qolaman,
o'zim bajarsam – anglab yetaman».
(Konfutsiy)
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tilini o'rgatish bo'yicha olib boriladigan Kurs ishining ishlari natijasi va samaradorligi ta'lim mazmuni, maqsadi va vazifalariga mosligi, uning ilmiy jihatdan asoslanganligi, izchilligi bilan bog'liqligi, shuningdek mazmunga mos metodlar, shakllar va vositalar majmuasining tanlanishi bilan ta'minlanganligiga bog'liq. Ta'lim samaradorligini ta'minlovchi asosiy shart – sharoitlardan biri bolalarning ingliz tiliga nisbatan ijobiy munosabatini rag'batlantirish va turli – tuman ta'lim vositalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu vositalar ichida pedagogik texnologiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblangan didaktik o'yinlar muhim o'rin tutadi. Shuningdek, dars samaradorligini ta'minlashda turli ta'lim vositalaridan foydalanish, darslarda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishga xizmat qiluvchi va texnologik xarakterdagi didaktik o'yinlarning imkoniyatlari beqiyosdir. Ingliz tili darslarida o'rganilayotgan mavzu mazmuniga moslab tashkil etiladigan didaktik o'yinlar bolalarni mustaqil fikrlashga undaydi, ularda til o'rganishga nisbatan qiziqishni uyg'otadi. O'qishga nisbatan qiziqish esa bilimlarni puxta o'zlashtirish garovidir. Bu fikrni o'tmishdagi allomalar ham ta'kidlab o'tishgan. Ingliz tilini o'rgatish mazmuni maktabgacha ta'lim muassasalarida juda qisqa va oson so'zlardan, jumlalardan boshlanadi. Mazmunni tushunishni o'rgatish sodda, qulay va zarur ko'rgazmalilik asosida olib boriladi va shu yo'l bilan ularning so'z boyligi oshib, bilimi chuqurlashib borilishiga erishiladi.
Ingliz tili darsini didaktik o'yinlar orqali tashkil etish va o'tkazish metodikasiga oid Kurs ishininglarda uning bir necha bosqichlari ajratib ko'rsatiladi.
Ayrim Kurs ishiningchilar o'yinlarni tashkil etishda quyidagi bosqichlarni ajratib ko'rsatadilar: a) tayyorgarlik; b) tashkiliy; v) o'yin harakatlari; g) yakuniy. Bu bosqichlar o'z xususiyatlari, o'yinga sarflangan vaqt, bolalarning mustaqilligi va tarbiyachi faoliyatiga ko'ra bir – biridan farq qiladi. Biz ilmiy–tajriba jarayonida bu bosqichlarning metodik ta'minotini quyidagicha ta'minladik:
Birinchi bosqich – tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichga ko'proq vaqt ajratildi. An'anaviy darsdan ko'ra didaktik o'yin tashkil etish murakkabroq jarayon. Bu bosqichda o'qituvchining asosiy vazifasi o'yin qoidasini ishlab chiqish, bolalarga ana shu qoidani o'rgatish, o'yinning maqsadi va vazifalarini tushuntirishdan iborat.
O'yinlarga tayѐrgarlik bosqichida quyidagi masalalar hal etiladi:
1) o'yinning maqsadini belgilash, ya'ni o'yin orqali bolalar o'zlashtirishi lozim bo'lgan so'zlar va ko'nikmalar hajmi aniqlanadi;
2) quyidagi talablarga javob beradigan vaziyat yaratiladi;
a) o'yinning bolalar tayyorgarlik darajalari, yosh xususiyatlari hamda o'quv ishlaridagi aniq muammolarga mos bo'lishi;
b) o'yin ko'rinishlarini aniq belgilash, ya'ni o'yin tarkibiga kiruvchi holatlarni ayrim qismlarga ajratish;
3) o'yin qoidasi ishlab chiqiladi, har bir ishtirokchiga alohida–alohida vazifalar belgilanadi. Tasodifiy holatlar sodir bo'lganda nimalar qilish kerakligi, o'yinning boshlanishi va tugallanishi, harakatlar soni ko'zda tutiladi;
4) o'yinning tafsilotlari yoziladi. Bunda boshqaruvchi va har bir ishtirokchi harakatlarini tasvirlab, o'yinlar uchun maxsus ko'rsatma tayyorlaydi. Ikkinchi bosqich – o'yinni tashkil etish. Bunda avvalo o'rganilayotgan mavzuga oid o'yinning boshlanishi haqida bolalarga xabar qilinadi; o'yinga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish uchun boshqaruvchi tanlash, saylash ishlari amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqich – o'yinni o'tkazish. O'yinni o'tkazish uslubi qat'iy belgilanmaydi. Bolalarga erkinlik beriladi va ularning o'yindagi ijodkorligi rag'batlantirilib boriladi.
To'rtinchi bosqich – o'yin natijalarini tahlil qilish. Bu bosqich o'yinda hal qiluvchi mavqega ega bo'ladi: bu bosqichda bolalarning o'yin jarayonida o'zlashtirgan bilimlari tartibga solinadi, o'yin ishtirokchilarining inglizchada o'rgangan yangi so'z va iboralari takrorlanadi. Guruhlararo o'yinlar bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini o'stiradi va natijada ingliz tilida so'z boyligi hajmi ortib boradi.
Demak, har qanday o'yinga tayyorgarlik davrida uning maqsadini aniq belgilash zarur. O'yin qatnashchilarini uning qoidasi bilan to'liq tanishtirish lozim. O'yin qoidalarini og'zaki tushuntirish bilan chegaralanmay, aniq ko'rsatmalar berish, tarqatma materiallar tarqatish ham foydali bo'ladi. O'yin tashkil etishdagi muhim masalalardan biri – ishtirokchilarni guruhlarga biriktirishdir. Guruhlarni tuzishda quyidagi talablarga rioya qilinadi:
1) guruhlardagi bolalar sonining besh kishidan oshmasligiga e'tibor qaratish;
2) har bir guruhdagi bolalar bir-birlarini yaxshi biladigan, o'zaro munosabatlari yaxshi bo'lishini hisobga olish;
3) ishtirokchilarga vazifalarni taqsimlashda ularning qiziqishlarini va qobiliyatlarini hisobga olish.
Xulosa chiqaruvchi yokii hakamlik qiluvchi tarbiyachi o'yin tugagandan keyin natijalarni umumlashtiradi, yakunlaydi va xulosalar chiqaradi.

Download 127,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish