Bolalar kasalliklari propedevtikasi



Download 5,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/343
Sana31.12.2021
Hajmi5,81 Mb.
#258509
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   343
Bog'liq
bolalar kasalliklari propedevtikasi 2

TERI OSTI YoG‘ TO‘QIMASI. Homilaning 14-20 haftaligidan boshlab yog‗ 
to‗qimasi  taraqqiy  eta  boshlandi,  homilalikning  oxirgi  1,5-2  oyligida  teri  osti 
yog‗  to‗qimasi  asosan  to‗plannb  bo‗ladi.  Shuning  uchun  homilani  10-chi  oyligida 
teridagi  burishganlik  holati  yo‗qoladi.  Yetilib  tug‗ilgan  chaqaloqlarda  yog‗ 
to‗qnmasi lunjda sonda yaxshi taraqqiy etgan bo‗ladi. Chala tug‗ilgan bolalarda 
teri  osti  yog‗  to‗qimasi  yaxshi  taraqqiy  etmagan  bo‗ladi.  Mushak  ishiga 
bog‗liq  bo‗lmagan  holda  issiqlik  ishlab  chiqarishda  ishtiroq  etuvchi 
qo‗ng‗ir,  yog‗  to‗kimasm  homilalikni  13  haftalaridan  rivojlanib,  yetilib 
tug‗ilgan  chaqaloqlarda  30-80  g  ni  yoki  tana  og‗irligini  1-3%  ni  tashkil 
etadi  va  tug‗ilishni  1-2  kunlari  chaqaloqni  sovuq  qotishdan  muhofaza  etishda 
ishtiroq  etadi.  Qo‗ng‗ir  yog‗  to‗qimasi  bo‗yin  orqasi,  qalqonsimon  bez,  buyrak 
atroflarida  yig‗ilgan  bo‗lib,  tug‗ilgandan  keyin  bir  necha  oy  davomida 
yo‗qolib  ketadi.  Shular  sababli  distrog‗riq  yoki  o‗zida  qo‗ng‗ir  yog‗  to‗qimasi 
juda  oz  bo‗lgan  chala  tug‗ilgan  bolalar  sovuqqa  juda  chidamsiz  bo‗ladilar. 
Tug‗ilgandan  to  3  yoshgacha  bo‗lgan  bolalarda  yog‗  to‗qimasining  ko‗payib 
borishi jadal bo‗lib, keyin 8 yoshgacha bu  ko‗payish  darajasi  kamayib  boradi. 
8  yoshdan  boshlab  yog‗  to‗qimasining  ko‗payishi  yana  jadallashib,  bunda 
ayniqsa  balog‗atga  yetish  davrida  qizlarda  o‗g‗il  bolalarga  nisbatan  tanani  pastki 
segmentlarida,  xususan  son  aylanasida  yog‗  to‗qimasini  ortishi  kuzatiladi. 
O‗g‗il  bolalarda  esa  bu  davrda  yog‗  to‗qimasi  ko‗proq  tanani  yuqorigi 
qismida,  ichki  organlar  atrofida  yig‗ilgan  bo‗ladi.  O‗g‗il  bolalarda  teri  osti 
yog‗  qavati  umumiy  yog‗  to‗qimasini  50%  ini,  qizlarda  70 % ini tashkil etadi. 
Shular  sababli  qiz  bolalar  tana  tuzilishi  dumaloqroq,  mushak  releflari  noaniq 
ko‗rinishda bo‗ladi. 
Yosh  bolalarda  yog‗  to‗qimasida  katta  erish  nuqtasiga  ega  bo‗lgan 
to‗yingan  qattiq  (palmitin,  stearin)  yog‗  kislotalarining  ortiq  bo‗lishi,  yog‗ 
to‗qimasiing  qattiq,  pishiq  bo‗lishini  ta‘minlaydi.  Bu  holat  yosh  bolalarda  tana 
harorati  juda  pasayib  ketganda  yog‗  to‗qimasini  oson  kotib  qolishiga  olib  keladi. 
Yoshi  kattalashishi  bilan  teri  osti  yog‗  to‗qimasi  to‗yinmagan  suyuq  yog‗ 
kislotalariga  boy  bo‗la  boshlaydi.  Tananing  har  qismida  teri  osti  yog‗ 
to‗qimasi  har  xil  tarkibga  egaki,  bu  yog‗  to‗qimasining  qoidali  muntazam 
birin-ketin  ortib  borishiga  yoki  kamayishiga  olib  keladi.  Yog‗  oldiniga  qorin 
devoridan,  so‗ngra  tanadan,  qo‗l  va  oyoqlardan,  oxirida  yuzdan  va  lunjdan 
yo‗qoladi.  Yog‗ning  to‗planishi  esa  teskari  tartibda  bo‗ladi.  Yosh  bolalarda 
teri  osti  yog‗  to‗qimasi  tana  og‗irligining  12  %  ni  tashkil  etadi.  O‗z 
navbatida  kattalarda  esa  bu  5  %  dan  ko‗prog‗ini  tashkil  etadi.  Yoshiga  qarab 
yog‗  to‗qimasi  tarkibi  ham  o‗zgaradi.  Bir  yoshgacha  bo‗lgan  bolalarda  uch 
yog‗  burmasi  -  qat-qat  chizig‗i  sonning  ichi  yuzasida  va  bilakning  pastki 


 
96 
uchdan bir qismida kuzatiladi. 
Ma‘lumki  yog‗  to‗qimasi  ichki  a‘zolarni,  qon  tomir  asab  sistemasini 
barqaror  holatda  saqlab,  muhofaza  etishda,  tana  haroratini  saqlashda,  eneriya 
ishlab  chiqarishda  bolalarda  zaruriyat  tug‗ilganda  energiya  bilan  ta‘minlab, 
organizmni  fiziologik  holatini  saqlashda  ishtiroq  etadi.  Bu  vazifalarni  amalga 
oshishi yog‗ to‗kimalarining takomillashishiga bog‗liq bo‗ladi.  Emizikli 
bolaning 
terisini  80-82%  suv  tashkil  etadi.  Katta  bo‗lgan  sari  suv  mikdori  xujayralararo 
suyuklik hisobiga kamayadi. Chaqaloqlarning qon tomirlari kengaygan, qon bilan 
to‗lgan,  devorlari  yupqa  bo‗ladi.  Katta  bo‗lgan  sari  qon  tomirlar  soni  ortadi, 
tomirlar devorlari ham kengayadi. 
Bolani  sochi  yog‗  va  teri  bezlari,  teri 
yuzasining  birligida  katta  odamnikiga  qaraganda  4-8  marta  ortiqroq  bo‗ladi. 
Xayotining birinchi va ikkinchi yillarida soch almashinuvi bo‗ladi. 
Yog‗  bezlari  xomila  davrida  shakllana  boshlaydi,  shuning  uchun  yangi 
tug‗ilgan  go‗dak  terisi  shilimshiqqa  o‗ralgan  holda  bo‗ladi,  b  o‗nga  vernux 
caseonus  deyiladi.  Teridagi  silliq  shilimshiq  modda  teri  yog‗i,  karotin,  holesterin 
va glikogendan tuzilgan. 
Chaqaloqlarda  teri  bezlari  morfologik  va  funksional  jixatdan  yaxshi 
rivojlanmagan.  Yosh  bolalarning  teri  ishlab  chiqarishining  davriy  tebranishlari 
katta  odamnikiga  qaraganda  kamroq  bo‗ladi.  Teri  bezlari  bolaning  3-4  oyigacha 
ular o‗z funksiyasini bajarmaydilar.  
Terining asosiy vazifalari quyidagilar: 
 
Ximoya  vazifasi,  nafas  olish  vazifasi,  so‗rish  vazifasi,  ajratish  vazifasi, 
pigment hosil qilish vazifasi. 
Bulardan  tashqari  teri  organizmning  qon  tomir  reaksiyalarida,  termik 
boshqarishda,  almashinuv  protsesslarida  va  nerv  reflektor  reaksiyalarida  ishtiroq 
etadi. Terining ximoya qilish funuksiyasi xilma xildir. Teri tashqi ta‘sirlanishlardan 
mexanik  himoya  vositasi  rolini  o‗ynaydi.  Terining  birlashtiruvchi  to‗qimalarning 
elastik va mexanik xususiyatlari, teri osti yog‗ to‗qimalarining bufer xususiyatlari 
bilan  belgilanadi.  Mana  shu  xususiyatlar  tufayli  teri  mexanik  kuchlarga  bosim, 
zarbalar, bichilishlarga bardosh bera oladi.  Teri 
organizmning 
radiatsion 
nurlanishdan ham himoya qiladi. Infraqizil nurlarning qismi muguz qatlamda qolib 
ketadi,  ultrabinafsha  nurlar  esa  qisman  ushlanib  qoladi.  Ultrabinafsha  nurlar 
epidermis  tagiga  borib,  melanin  pigmentini  ishlab  chiqarishni  tezlashtiradi, 
pigment  esa  ultrabinafsha  nurlarni  yutib,  organizmni  zararli  bo‗lgan  ortiqcha 
insolyatsiyadan  saqlaydi.  Shuning  uchun  issiq  iqlimda  yashovchi  odamlarning 
terisining  rangi  iliq  iqlimda  yashovchi  odamlarning  terisiga  qaraganda  to‗qroq. 
Teri  kislota  va  ishqorlarni  neytrallashtiradi.  Terining  neytrallash  xususiyatlari  ter 
ajralib 
chiqarishga 
bog‗liq. 
Terining 
bakteriotsid 
xususiyatlari 
mikroorganizmlardan himoya qiladi. Zararlanmagan teridan mikroorganizmlar o‗ta 
olmaydi, organizmga kira olmaydi. Mikroblar epidermisning yuqorigi qatlamlariga 
tushishi  va  leykotsitlarning  qon  tomirlaridan  chiqib  fagotsitoz  protsessida  aktiv 
ishtiroq etadi. Teri immunitet jarayonlarida ham aktiv ishtiroq etadi. 2% ga yaqin 
gazlar  teri  orqali  almashinadi,  ya‘ni  teri  orqali  nafas  oladi.Terining  so‘rilish 

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish