TIRNOQNING RIVOJLANIShI. Homilalikning 5 haftalaridan
boshlanib, yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda tirnoqlari hali yupqa bo‗ladi. Keyinchalik
hayot davomida tirnoqlar bo‗yiga o‗sib, qalinlashib, formasi o‗zgarib boradi.
Vaqtiga yetib tug‗ilgan chakaloqlarda tirnoqlar barmoqni uchiga yetgan
bo‗ladi,chala tug‗ilgan bolalarda esa barmoqni to‗liq yopmaydi. Bu bolani
yetilib tug‗ilganligi mezoni bo‗lib ham xizmat qiladi. Bola xayotining birinchi kunlari
tirnoq o‗sishi vaqtinchalik sekinlashib, tirnoq plastinkasi yuzasida ko‗ndalang
(fiziologik) chiziqlar paydo bo‗ladi. Bu chiziqlar 3 oylikda tirnoq uchiga yetadi. Bu
ko‗krak yoshidagi bolalarning yoshini aniqlash imqoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |