Sut bezlari hujayralarida sutning hosil bo‘lishi.
Laktatsiya jarayonining to‗la shakllangan davridan boshlab, sut emizilayotan
bola extiyojiga mos ravishda doimo ajralib turadi. Sut epitelial hujayralarda hosil
bo‗lib sut bezi alveolalari, sut yo‗llarida yig‗iladi va bola emishi bilan ajrala
boshlaydi. Bu jarayonining sut hosil bo‗lishi va ajralishidagi o‗rni nihoyatda katta.
Emish jarayonida neyroendoqrin refleks hosil bo‗lib, buning natijasida
so‗rg‗ichdan gipotalamusga afferent impulsatsiya jo‗natiladi. Natijada
gipotalamusning paraventrikulyar, suprooptik yadrolaridagi magnotsellyulyar
283
neyronlari qo‗zg‗alib, uning aksonlari orqali qo‗zg‗alish potensiali gipofizning
orqa bo‗lagiga tarqaladi va oqsitotsin gormonini ajralishiga olib keladi. Bu gormon
o‗t yo‗llariga qon orqali tushib mayda sut yo‗llari, alveolalar atrofidagi miochitelial
hujayralarining qisqarishini, hamda shuni hisobiga sutning alveolalardan sut
yo‗liga chiqishini ta‘minlaydi. Yuqorida keltirilgan sutni alveolalardan (o‗t
yo‗llariga oqib chiqishi faqatgina neyroendoqrin yo‗l bilan kechishini nazardan
chetda koldirmaslik va bunda emish jarayonining eng muhim omil ekanligini
doimo esda tutish lozim. Chunki, sut bezi alveolalardan sutni sut yo‗llariga kelib
tutilishini buzilishi doimo sekretsiya kilinayotgan sut miqdorini kamayishiga olib
keladi.
Sut tarkibiy qismlarining, ya‘ni komponentlarini sekretsiya qilishining bir
necha yo‗llari farq kilinadi.
Birinchisi: sutni suvli qismi tarkibiga kiruvchi asosiy komponentlarini shu
jumladan kazein, laktoalbumin, laktoza, kalsiy, fosfatlar, sitratlar va x.k. hosil
bo‗lishiga olib keladi. Bu usul bilan sut komponentlarini, ya‘ni oqsilni hosil
bo‗lishi endoplazmatik retiqo‗lumdan boshlanib, mayda veziqo‗lalar sifatida
Goldji apparatiga o‗tkaziladi, Goldji apparatida oqsilga fosfat guruxlarini
biriktirish, qo‗shimcha glikolizlanish va x.k. kabi ishlov berilib, sekin asta uning,
ya‘ni Goldji apparatining tashqi qavatiga o‗tkaziladi, natijada bu yerda kazein
mitsellalari hosil bo‗ladi. Kazeinning fosforlangan molekulalari kalsiy tuzlari bilan
birikib, birgalikda tarkibida katta mikdordagi kalsiy va fosfor tutuvchi bir necha
ming oqsil molekulalaridan iborat yirik agryog‗atlarni hosil qiladi. Goldji
apparatidagi bu birikmalar sekreter veziqulalar sifatida birikadi va ekzotsitoz yo‗li
bilan alveolalarga sekretsiya kilinadi. Laktoza ham Goldji apparatida hosil bo‗ladi.
Bu uglevod yetarli mikdordagi suyuqlik tarkibida bo‗lganligi uchun ham, ona suti
plazmaga nisbatan izotonik hisoblanadi. Buning hisobiga ona suti tarkibi (90%
suvdan iborat) bolani suyuqlikka bo‗lgan talabini to‗la qondiradi, hatto issik
geografik sharoitli mamlakatlarda ham.Sut tarkibidagi yog‗ning 80% plazma
triglitseridlaridan hosil bo‗ladi (ona ratsionida nihoyatda kam mikdorda yog‗
bo‗lsa bundan mustasno). Triglitseridlar gndrolizlanib yog‗ kislotalari va glitserin
shaklida sut bezlari tomonidan ushlab qolinadi. Bu substratlar yangidan sut
bezidagi hujayrada sintezlangan yog‗ kislotalari va glitserin bilan sutning yog‗li
globulalarini hosil qilib, hujayraning sut yo‗liga qaragan qo‗tbiga yaqinlashib
boradi va membranaga yetgandan so‗ng sut yo‗liga, hamma tomonidan plazmatik
membrana bilan qoplangan ajralma sifatida so‗rib chiqariladi. (2-yo‗l). Bu yog‗
komponentini o‗rab turuvchi membrananing ahamiyati yog‗ni bir-biri bilan
yopishib nihoyatda yirik yog‗ globulalari hosil bo‗lishini oldini olish. hamda
bolani yetarli mikdordagi fosfolipidlar bilan ta‘minlashdan iborat.To‗la
shakllangan laktatsiya jarayonida ona suti tarkibidagi natriy, kaliy, xlorid miqdori
nihoyatda past qonsentratsiyada (20 mM) aniklanadi. Bu tuzlar ham glyukoza yoki
boshqa oz sonli past molekulali metabolitlar singari sut bezi hujayra
membranasidan erkin o‗tadi (3-yo‗l).Qon plazmasi yoki sut bezlari interstitsial
suyuqligidan hosil bo‗luvchi komponentlari, shu jumladan immunoglobulinlar
hujayra yuzasidan maxsus mexanizmlar ta‘siri ostida ajraladi. Bu hol
immunoglobulinlarni ajralishida quyidagicha kuzatiladi, ya‘ni sut bezi
284
hujayralarida hosil bo‗ladigan maxsus faktor (retseptor) hujayra bazal
membranasiga yaqinlashadi va u sut tarkibiga kiruvchi asosiy immunoglobulin
bilan bog‗langandan so‗ng hujayra tomonidan endotsitoz kilinadi va membrana
bilan bog‗langan veziqo‗la ko‗rinishida apikal membrana tomon transport kilinadi,
va bu yerda sut yo‗liga ajratiladi. Ajratilish davrida retseptorning bir qismi
membrana bilan bog‗langan komponentidan ajralib birgalikda sekretsiya kilinadi.
Retseptorning bu qismi sekreter komponent nomi bilan atalib, u immunoglobulinni
bola oshqozon-ichak sistemasida dyog‗radatsiya (parchalanishdan) kilinishdan
asraydi.Shunday
qilib,
laktatsiyaning
to‗la
shakllangan
davrida
sut
komponentlarini hosil bo‗lishi - bu transsellyulyar jarayonidir, yoki boshqacha
qilib aytganda sut tarkibiy qismlarini hosil bo‗lishida ishtiroq etuvchi plazma,
interstitsial suyuqlik komponentlari sutga o‗tishdan avval albatta sut bezi alveolyar
hujayralariga kirishi, kerak bo‗lsa unda kimyoviy qayta ishlov berilib keyingina)
sut suyuqligiga o‗tkaziladi. Hujayralararo qontaktlar ham berk, faqatgina bu
qontaktlar orasidan ayrim qon donachalarigina o‗ta olishi mumkin holos. Lekin sut
bezining yallig‗lanishida shu jumladan homiladorlik, hamda sut hosil bo‗lishni
involyutsiya davrlarida bu kontaktlar ochiladi, natijada plazma komponentlari sut
yo‗llariga paratsellyular yo‗l bilan o‗tishi kuzatiladi. Buning natijasida sut bezi
sekreti tarkibidagi natrny va xlor miqdori ortib 25 mMdan 140 mMga yetadi,
sutning asosiy komponentlari miqdori esa, ya‘ni laktoza va x.k. bir necha marta
pasayadi. shu jumladan sutning miqdori ham.Yuqorida sut bezining shakllanish
bosqichlari zikr kilingan edi. Bu bosqichlar qisqacha quyidagicha kechadi.
Homiladorlik paytida sut bezlari sut hosil kiluvchi a‘zo sifatida to‗liq shakllanadi.
Lekin hosil bo‗lgan sekret miqdori nihoyatda kam. Buning sababi ona qonidagi
esterogen va progesteron kabi jinsiy gormonlar qonsentratsiyasining yuqoriligi
bilan tushuntiriladi. Bu holat homila tug‗ilgandagi keyingi dastlabki vaqtdagi og‗iz
sutini sekretsiyasi davrida ham kuzatiladi. Ayni vaqtda bu og‗iz suti miqdori kam
bo‗lishiga qaramasdan uning tarkibi himoya faktorlariga, ya‘ni laktoferrin,
immunoglobulinlarga va x.k. nihoyatda boy. Sut bezlari hujayralarining gormonlar
bilan ingibitsiyalanishi dastlabki 3-5 kun ichida progesteron va esterogen ona qon
plazmasidagi qonsentratsiyasini kamayishi hisobiga susayadi, natijada sekin asta
sekret (sut) miqdori ortib boradi. ya‘ni homila tug‗ilgandan keyingi to‗rtinchi kuni
o‗rtacha 550 ml/sutkani tashqil qiladi. Dastlabki 4-5 oy ichida umumiy sutkalik sut
miqdori 800 ml dan kam bo‗lmasligi kuzatilgan. Sut bezlari sekretning tarkibiy
qismlarini o‗zgarishi ham dastlabki.xaftadan boshlanadi. Bunda sekret tarkibidagi
natriy miqdori o‗rtacha ko‗rsatknch.50 mm dan 4-kunga kelib 20 mmgacha
kamayadi. Bu esa Nevil va boshqalar fikricha sut komponentlarining hosil
bo‗lishida transsellyulyar yo‗lining ortib borishi, ya‘ni sut bezi hujayralar
qontaktlarining (oraliq bo‗shliqlarning) yopilganligi to‗g‗risida dalolat beradi,
natijada birinchi oyning oxirida bu ko‗rsatkich, ya‘ni natriy miqdori 5 mmgacha
kamayadi. Ayni paytda sut tarkibidagi laktoza miqdori agar homila tug‗ilgan
kunida 60 mm teng bo‗lsa, 30 kundan keyin esa 200 mmgacha ortadi.Ona suti
tarkibidagi oqsillarni ayniqsa, himoya funksiyasini shakllanishida ishtiroq etuvchi
immunoglobulinlar, laktoferrin qonsentratsiyasi sekret miqdori ortishi bilan
kamayib boradi. Lekin ularning umumiy sutkalik miqdori laktatsiya jarayonning
285
barcha davrlarida deyarli bir xilda qolishi kuzatiladi, ya‘ni laktatsiyaning dastlabki
davrida sut miqdori kam, ammo immunoglobulinlarga boy, kelgusida esa sut
miqdori ortishi bilan ularning sut o‗lchov birligidagi qiymati kamayadi. Bundan
shunday xulosa qilish mumkinki, bola xar kuni ona suti bilan oladigan himoya
faktorlarining umumiy miqdori laktatsiyaning barcha davrlarida deyarli bir xil.
Bizning fikrimizcha laktatsiya jarayonning eng muhim bosqichi bu sut bezlarining
avtomatizmidir. Bundan oldingi bosqichlar tibbiy adabiyotlarda mukammal
yog‗itilganligini hisobga olib biz faqat 4-bosqichga mukammalroq to‗xtalib
o‗tishni lozim deb topdik. Chunki mana shu bosqichni shakllanishi bolani
kelgusida to‗laqonli ona suti bilan ta‘minlashda alohida o‗rin tutadi.Bu bosqichda
agar sut bezlaridagi sekret bir necha kun davomida so‗rib olinmasa, sut hosil
bo‗lishi intensivligi susayib boradi va to‗xtaydi. Sekretning tarkibi ham shu bilan
birga o‗zgarib boradi, ya‘ni og‗iz suti tarkibiga yaqinlashib boradi (Kulski J.K.,
Hartmann P.E., 1981). Bular sut tarkibidagi natriy va xlor miqdorini ortib borishini
eng intensiv vaqtini ko‗krakdan emizish to‗xtatilgandan 3-4 kun o‗tgandan keyin
kuzatishgan. Demak, bu bosqichda laktatsiyaning yetarli kechishining asosiy omili
bu ko‗krakdan emizishdir. Xakikatdan ham ona organizmi tomonidan laktatsiyaga
tasir kiluvchi faktorlar, ya‘ni ovqat tarkibi, yoshi, tana tuzilishi, homiladorlik soni
va x.k. kabilarni sut hosil bo‗lishida ikkilamchi o‗rin tutishi kuzatilgan (Prentis
A.M. va boshqalar, 1986).Sut sekretsiyasini regulyatsiyasida ikki mexanizm farq
kilinadi. Ulardan birinchisi bu gormonal regulyatsiya, ya‘ni prolaktin bilan
ikkichisi esa sut tarkibida sekretsiya qilinuvchi sut miqdorini kamaytiruvchi oqsil
ingibitordir.Bolaning ko‗krak emishi ona organizmida prolaktin gormonini hosil
qilishdagi, asosiy faktordir. Buning natijasida sut sekretsiyasi miqdori ortadi. Ayni
paytda bu prolaktin hisobiga hosil bo‗lgan sut miqdori bolaning kundalik o‗sib
boruvchi talabiga teng sekret miqdorini yetkazib bera oladigan noziq mexanizmmi
dyog‗an savol tug‗ilishi mukarrar. Ma‘lum bo‗lishicha ona organizmidagi prolaktin
miqdori sutka davomida o‗zgarib turadi. Bundan tashqari faqat ko‗krakdan bolasini
boqaetgan onalar qonidagi prolaktin qonsentratsiyasi nihoyatda o‗zgaruvchan.
Zunn P.G. va boshqalar fikricha ona qonida prolaktin aktivligi uning ovqatlanish
statusi bilan bog‗lik. Bu avtorlar yuqoridagi dalillardan shuni taxmin qiladiki,
ovqatlanishi o‗rtachadan past onalarda prolaktinni hosil bo‗lishini stimulyatsiya
kiluvchi asosiy omil emizish. Hozirgi paytdagi ma‘lumotlarda ona suti tarkibidagi
oqsil faktorning (ingibitor) sekret miqdoriga tormozlovchi ta‘siri keng talkin
kilinayapti. Ammo bu faktor xanuzgacha toza holda ajratib olinmagan. Bu
faktorning xakikatan ham ona suti tarkibida ajralishini, hamda bola emib
bo‗lgandan keyin sut bezi alveolalarida kolayotgan sutda ham bo‗lishini va
aksincha to‗liq emganda bo‗lmasligi hisobiga sut miqdorini kamayishi yoki
ortishini nazarda tutilsa, sekret miqdorini ryog‗ulyatsiya kiluvchi asosiy omil bu
bolani ko‗krakdan emizish ekanligini tushunish kiynn emas. Demak, xulosa qilish
mumkinki, tabiiy ovqatlantirilayotgan sog‗lom bolani kundalik ozuqaga bo‗lgan
talabiga mos nisbatdagi sut miqdorini faqatgina uning o‗zi belgilaydi, agarda bola
ona ko‗krakidan to‗g‗ri oziqlantirilsa va u sog‗lom bo‗lsa laktatsiya jarayonini
yaxshilash, demak bu sut bezlarini ryog‗ulyar sutdan ozod bo‗lib turishidir.
Shuning uchun ham bemor va chala tug‗ilgan chaqaloqlarni kelgusida to‗liq ona
286
suti bilan boqish uchun, ona ko‗krakidagi sut ryog‗ulyar sog‗ib olib turilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |