281
yetilishini stimullaydi va follikulyar estrogenlarning ajralishini ta‘minlaydi. Ular
o‗z navbatida sut bezlarining chiqaruv yo‗llariningrivojlanishini ta‘minlaydi. Sut
bezlaridagi eng ko‗p o‗zgarishlari homiladorlik davrida kuzatiladi. Homiladorlik
va tug‗ish paytida sut bezlari va so‗rg‗ichlarida laktatsiyaga tayyorgarlik
jarayonlari kuzatiladi. Bu jarayon shunchalik kuchliki, agar homiladorlik 16
haftada uzilsa ham laktatsiya hosil bo‗lishi mumkin.
Bola tug‗ilgandan keyin yo‗ldosh tomonidan sut hosil bo‗lishiga to‗sqinlik
kamayadi va ona qonida progesteron miqdori keskin kamayadi. Ko‗krak bezlari
tug‗rukdan keyin birinchi 30 soat ichida sut bilan to‗lishadi va og‗iz sutining
mikdori ona gormonlariga bog‗liq bo‗lib qoladi.
Laktatsiyani onaning 2 ta refleksi stimullaydi (hosil bo‗lish va sutshshg
ajralish refleksi). Bolani emizish pay-tvda qo‗shimcha izlash, so‗rish va yutish
reflekslari qo‗shiladi. Sun‘iy ovqatlantirish va tinchlantirish uchun qo‗llaniladi-gan
so‗rshchlar, bolalarda emizishdagiga qaraganda to‗g‗ri kel-maydigan emish
reflekslarini keltirib chikarishi mumkin. Turrukdan keyingi laktatsiya hosil
bo‗lishining maksimal effekgi bola to‗liq ko‗krak suti bilan emizilganda kuzatila-di
va shu bilan bir katorda u onada hayz qo‗rishning to‗xtashi bilan davom etadi.
Laktatsiya faqat sut emizuvchilarga xos bo‗lib, bu bolalarni boqish xususiyati,
faslga bog‗liq bo‗lmagan holda evolyutsion jihatdan boshqa turlardan ustun turadi.
Bolani sog‗lom o‗sishi va rivojlanishdagi muhim omillardan biri bu sifat va
mikdor jixatidan to‗laqonli ovqatlantirishdir. Sifat va mikdor jixatidan to‗g‗ri
ovqatlantirish go‗dakning gormonik o‗sishi va rivojlanishi, tashqi muxitning
o‗zgarib boruvchi faktorlariga moslashuvi, hamda yuqori immunologik
rezistentligining asosiy garovi.Bolaga beriladigan ovqat tarkibi o‗zining sifati va
miqdoriga nisbatan, go‗dak oshqozon-ichak sistemasi adaptatsion xususiyatlariga,
hamda modda almashinuvi jarayoni darajasiga mos bo‗lishi kerak. Bunday
ovqatlantirish A.A. Poqrovskiy tomonidan muvofik ovqatlantirish qonsepsiyasi
sifatida talkin kilingan.Bu qonsepsiyaga binoan bola organizmi hayoti faoliyatini
nafaqat unga yetarli mikdordagi energiya va oqsil kiritish yo‗li bilan, balki ovqat
tarkibida kiritiladigan ko‗p sonli barcha almashtirib bo‗lmaydigan faktorlarning
miqdori va ularning o‗zaro mikdor nisbatlarini muvozanatli kiritish hisobiga to‗g‗ri
tashqil qilish mumkin, chunki bu faktorlarning miqdori, sifati va o‗zaro nisbati
organizmda alohida spetsifik rol o‗ynaydi. Ayni vaqtda kiritilayotgan ovqat sifati
va miqdori bola organizmi fuksional va bioqimyoviy xususiyatlariga ham mos
bo‗lishi shart. Boshqacha qilib aytganda muvofik ovqatlantirishning asosiy tartibi
bu ovqatning kimyoviy tarkibi bola organizmidagi fermentlar qonstellyatsiyasiga
mos bo‗lishi kerak. Ilk yoshdagi bolalar organizmi fiziologik, morfologik,
bioqimeviy xususiyatlariga to‗la mos keladigan ozuqa bu ona sutidir.
Do'stlaringiz bilan baham: