Bolalar kasalliklari propedevtikasi


O‘tkir  buyrak  yetishmovchiligi



Download 5,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/343
Sana31.12.2021
Hajmi5,81 Mb.
#258509
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   343
Bog'liq
bolalar kasalliklari propedevtikasi 2

O‘tkir  buyrak  yetishmovchiligi.  O‗tkir  buyrak  yetishmovchiligi  deb 
shunday holatga aytiladiki, klinika-laborator sindrom buyraklarni qisqa vaqt ichida 
o‗z  funksiyasini  bajarmay  qo‗yganda  yuzaga  keladi.  buyrakning  o‗tkir 
yetishmovchiligi  kelib  chiqishi  uchun  buyraklarni  vazifasi  5  %  gacha  yoki  undan 
ham past ko‗rsatkichga ega bo‗lishi kerak.  
Buyraklarning o‗tkir yetishmovchiligi quyidagi kasalliklarda paydo bo‗ladi: 
o‗tkir  gidronefroz,  liporenal  sindromida,  ezilish  yoki  buyrak  travmalarida,  quyi 
nefron  nefrozi,  o‗tkir  kanalchalar  nefrozi,  o‗tkir  kanalchalar  yetishmovchiligi, 
o‗tkir  intersitsial  nefrit  kasalliklarda(  sepsis  va  boshqa  infeksiyalarda),  o‗tkir 
glomerulonefrit  va  pielonefritda  va  shunga  o‗xshash  qator  xastaliklarda  uchraydi. 
Buyrakning  o‗tkir  yetishmovchiligi  noto‗g‗ri  gurux  qon  quyilganda  barbituratlar 
bilan  zaharlanganda,  nefrotoksik  zaharlanganda  (simob  birikmalari,  ko‗rg‗oshin) 
antibiotiklarni  nojo‗ya  ta‘siri  natijasida  kelib  chiqadi.  Uning  asosiy  belgilari 
oligouriyani  anuriyaga  o‗tishi,  bosh  og‗rigi,  anoreksiya  (ishtahani  pasayishi), 
talvasa,  chanqash,  ko‗ngil  aynish  qusish.  Qon  analizi  tekshirilganda  azotemiya, 
giperkaliemiya, 
gipokaliemiya 
bo‗ladi. 
Toksikoz 
(zaharlanish) 
belgilari 
kuchayadi.UBE  yaxshi  kechishida  3-4  kundan  keyin  poliuriya  bosqichi  boshlanib 
siydik  orqali  azot  shlaklari  va  tuzlar  ajralib  chiqadi.  Surunkali  buyrak 
yetishmovchiligi (SBE) tashxisi bolalarda qachonki buyrak kasalliki bilan 3 oydan 
og‗rigan  bo‗lsa,  endoqrin  kreatininni  bo‗yicha  klirens  pasayishi  20ml/min,1,73 
mgdan 2 mg% yoki 177 mmol% ko‗tarilishida kuzatiladi. 
Etiologik faktorlari:  
1.Surunkali pielonefrit 
2. Surunkali rivojlanuvchi nefrit 
3. Nefropatiyalar 
4. Tug‗ma nefropatiya 
5. Metobolik va abstruktiv nefropatiya 
6. Zaharlanishlar 
7. Surunkali buyrak infeksiyalari 
Surunkali  buyrak  yetishmovchiligi  asta-sekin  rivojlanadi.  Boshlanishida 
uning belgilari bilinmasligi mumkin. Asta-sekin bemorlarda chanqashlik holati va 
ko‗p  siydik  miqdor  poliuriya  kuzatila  boshlaydi.  Bemorda  azotemiya,  nikturiya, 
gipostenuriya  belgilari  aniqlanadi.  Siydikni  solishtirma  og‗irligi  qon  plazmaspnm 
solishtirma  og‗irligiga  teng  bo‗lib  qoladi  (1010-1012),  elektrolitik  o‗zgarishlar 
(gipoqaliemiya, giponatriemiya) boshlanadi. Bemorlarda bo‗shashish, uyqu bosish, 
bosh  og‗rigi,  ishtahani  yo‗qolishi,  og‗iz  bo‗shlig‗ini  qurishi,  muskullarni  sust 
tortishi  va  og‗iz  bo‗shlig‗idan  uremik  hid  kela  boshlaydi.  Kasallik  rivojlanishi 
bilan bemorlar uremiya komaga to‗shadi, hushi yo‗qoladi, yurak-qon tomir, ovqat 
hazm qilish va boshqa organlarni funksiyasi buzila boshlaydi. O‗tkir va surunkali 
buyrak yetishmovchiligida magniyni qondagi mikdorini (2,5 mmol/l) ortib ketishi 
kuzatiladi.  Gipermagnemiyada  markaziy  nerv  sistemasini  buzilishi  (koma  va 
paralichlar), EKG da bo‗lmacha va qorinchalar kompleksini uzayishini, baland va 


 
280 
o‗tkir qirrali T, QRS kompleksini kengayishi kuzatiladi. buyrak dializida oshiqcha 
magniy  organizmdan  chiqariladi  va  uremik  holat  yo‗qoladi.Uremiyada  shavel, 
oltingugurt va fosfor kislotalari ham organizmda ushlab qolinadi. Bolalarda buyrak 
yetishmovchiligi  kattalarga  nisbatan  ko‗proq  tezroq  rivojlanadi.  Buning  bo‗lishi 
buyrakning  kompensator  funksiyasining  pastligi,  uning  o‗ziga  xos  tuzilishiga 
egaliligi,  regulyatsiya  mexanizmini  sust  rivojlanganligi,  asab  tizimi  va  endokrin 
regulyatsiyasi  yaxshi  rivojlanmaganligi  orqali  tushuntiriladi.  Bolalarda  xujayra 
membranalarini  o‗tkazuvchanligi  kattalarga  nisbatan  yuqori  bo‗lganligi  tufayli 
uremiyaga  tez  yuzaga  keladi.  Buning  natijasida  metabolitlar  markaziy  asab 
tizimiga va organlarga kirib, ularning toksik zaharlaydi va uremiya-siydikni qonga 
o‗tishi  kuzatiladi.Chin  uremiyani  klinik  ko‗rinishini  rivojlanida  ahamiyatlisi 
qondagi azot qoldig‗i darajasiga emas( organizmda azot shlakni tutib qolishi) balki 
eletrolit  va  kislota  asosning  buzilishi  holati  hisoblanadi.  Uremiyani  buyrak 
ekslampsiyasi va gipoxloremik koma kabi holatlardan ajrata bilish kerak. 

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish