Bolalar kasalliklari propedevtikasi


Sut bezlarining shakllanish bosqichlari



Download 5,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/343
Sana31.12.2021
Hajmi5,81 Mb.
#258509
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   343
Bog'liq
bolalar kasalliklari propedevtikasi 2

Sut bezlarining shakllanish bosqichlari
Ko‗krak  bezlari  dastlab  homilaning  6  xaftalik  davrida  4-6  qator 
hujayralardan  tashqil  topgan  ektodermal  bo‗rtiq  sifatida  shakllanadi. 
Homiladorlikning  15  xaftasiga  kelib  mezenximani  qamrab  oluvchi  hujayralar  15-
20 epitelial yo‗lakchalarni hosil qilib bo‗linadi. Kelgusida bu yo‗lakchalardan sut 
bezlari  cermentlari  hosil  bo‗ladi.  Shu  davrda  bezlarning  qon  tomirlari  va  alohida 
apoqrin  ''  (Montgomeri)  bezlari  turkumi  ham  shakllanadi.  Homilaning  8  oyligida 


 
282 
esa  sut  bezlarining  bosh  chikaruv  yo‗llari  paydo  bo‗ladi.  Shunday  qilib  homila 
tug‗ilganda  1  sut  bezlarining  faqat  bosh  chikaruv  kanali  shakllanadi  holos. 
Neonatal  davrdagi  jinsiy  kriz  (gormonal)  hisobiga  bo‗ladigan  o‗zgarishlarni 
nazarga  olmaganda  ko‗krak  bezlari  jinsiy  rivojlanish  davriga  qadar  o‗sishdan 
to‗xtaydi. Kiz bolalar -10-12 yoshga kelib, ularda gonadotrop gormonning ajralishi 
follikulalar  shakllanishi  kitiklashi  natijasida  follikulalardan  esterogenlar  ajralib, 
ular  o‗z  navbatida  sut  bezlarini  o‗sishini,  hamda  sut  yo‗llari  shakllanishini 
stimullaydi.  Bu  davrda  ya‘ni  12-13  yoshga  kelib  so‗rg‗ich  atrofi  aylanasi  ham 
kattalashadi.  Demak,  pubertat  davrining  dastlabki  2-3  yilida  sut  bezlarining 
shakllanishi  asosan  esterogen  gormoni  ta‘siri  ostida  kechsa,  ularning  kiz  bolalar 
o‗smirlik  davridagi  shakllanish  darajasiga  esa  shu  jumladan  so‗rg‗ich  oldi 
pigmentatsiyasi darajasi ham esterogen va progesteron gormonlarining birgalikdagi 
ta‘siri  ostida  kechadi.  Lekin  faqat  homiladorlik  davridagina  ko‗krak  bezlari  sut 
sintez  qilish  darajasiga  qadar  to‗liq  shakllanadi.  Hozirgi  paytda  laktatsiya 
jarayonining 4 bosqichi farq qilinadi, ya‘ni: 1. Mammogenez. 
2.Laktogenez (sutni sekretsiya qilish davri).  
3.Galaktopoez (sekretsiya kilingan sutni yig‗ilish davri)  
4.Sut bezlarining avtomatik (o‗z-o‗zidan) tarzda faoliyat ko‗rsatish bosqichi. 
Mammogenez bosqichi  xomiladorlikning birinchi  2  g‗3  oyligida kuzatiladi. 
Sut 
bezlarining 
parenximasi 
dastlab 
sekin, 
keyin 
tezda 
gipertrofiyalanadi.Atsinuslarga  epitelial  xujayralarni  ko‗chishi,  sut  yo‗llarini 
cho‗zilishi  va  dixotomik  yo‗l  bilan  bo‗linishi  hisobiga  2  va  3  tartibli  sektor 
kanallari  hosil  qiladi.Sut  bezlarini  rivojlanishi  estrogen  va  progestron  garmonlari 
ta‘siriga  amalga  oshadi.  Estrogen  garmoni  sut  yo‗llari  rivojlanishiga,progestron 
atsinuslarni kattalashiga va proliferatsiyani  ta‘minlaydi.  Mammogenez  bosqichiga 
gipofiz garmonlari(prolaktin, samototrop, adrenokortikotrop, tireotrop garmonlar), 
oshqozon 
osti 
bezi(insulin) 
va 
yo‗ldosh(xorial 
gonodotrop, 
xorial 
somatomammotrop garmonlar) garmonlari ham ta‘sir ko‗rsatadi. Bu bosqichda sut 
hosil  bo‗lmaydi,  chunki  xomilador  ayol  organizmidagi  estrogen  va  progestron 
garmonlari  galaktopoezni  tormozlaydi.  Progestron  latoza  sintezini  tormozlaydi, 
atsinuslarni  laktogen  garmonlariga  sezgirligini  kamaytiradi,  prolaktin  ishlab 
chiqshini tormozlaydi. 
Laktogenez(atsinus  hujayralarini  golomerokrin  sekretsiyasi)  epitelial 
hujayralari ko‗chishi kuzatiladi. Apikal qismidan hujayralar ko‗chadi va ekskretor 
kanalga tushadi. Xomidorlikning 4 oyligida atsinus epitelial hujayralari sut sekreti 
to‗plangani,  apikal  qismidan  hujayralar  ko‗chagani  bilan,  uning  sut  yo‗llari  sut 
tushishi tuqqandan so‗ng kuzatiladi. 

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish