Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Yallig`langan pulpani tirik holda og`riqsizlantirib amputatsiya



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
3.10. Yallig`langan pulpani tirik holda og`riqsizlantirib amputatsiya 
qilish usuli 
Bu usul pulpa yallig`lanishining quyidagi turlarini davolash uchun 
qo`llanadi: 
1) shakllanmagan ildizli sut va doimiy tishlarda. (asosan oldingi gurux) 
kechadigan surunkali fibroz pulpitda;
2) o`tkir mexanik jarohat natijasida toj qismi sinib, pulpa ochilib qolgan 
hollarda (jarohatdan keyin 48 soat mobaynida);
3) sut tishlarining yassi kechadigan o`rta va chuqur kariyesida (qachonki 
kovaklarni plombalash uchun boshqa sharoit bo`lmagan taqdirda). 
Yallig`langan pulpani tirik amputatsiya qilish usuli, albatta og`riqsizlantirish 
muolajasidan keyin amalga oshiriladi. Buning uchun tish atrofidagi yumshoq 
to`qimaga novokain, lidokain, perimikain va boshqa og`riqsizlantiruvchi 
anestetiklar yuborilib, to`yintiriladi (infiltratsiya) yoki nerv tolasi atrofiga 
to`g`ridan-to`g`ri igna orqali anestetik eritma yuborish yo`li bilan amalga 
oshiriladi. Sharoit bo`lgan taqdirda umumiy og`riqsizlantirish (narkoz) vositasidan 
ham foydalanish mumkin. 
Kariyes kovagi borlarni tez-tez almashtirib, dentin to`qimasini qavatma-
qavat olib tashlash yo`li bilan charxlanadi. Bu xol chuqur dentin qavatga mikroblar 
o`tishidan saqlaydi. Pulpa bo`shlig`ini ochib amputatsiya qilishdan oldin kariyes 
kovagi antiseptik eritmalar yordamida yaxshilab yuvilib, quritiladi. Shundan keyin 
pulpa bo`shlig`i ochilib, mikrobsizlantirilgan sharsimon, teskari konussimon o`tkir 
bor yordamida toj pulpasi ildiz kanaliga o`tish qismidan qirkilib ajratiladi va olib 
tashlanadi. (8-rasm). 
8-Rasm.
Shakllanmagan ildizli kurak 
sut tishi pulpasi yallig`lanishida vital 
amputatsiya usuli. 
a-toj pulpasining amputatsiyasi
b-tugallangan muolaja: 1-davolovchi 
qatlam; 2-ajratuvchi qatlam; 3-doimiy 
plomba; v-ijobiy natija: 1- hosil bo`lgan 
dentin ko`prikcha; g-salbiy natija: 1- 
cho`qqi 
teshigi 
atrofida 
suyak 
to`qimasining yemirilishi. 


46 
Sizib oqayotgan qonni to`xtatish uchun adrenalin eritmasiga namlangan 
(yoki 2-3% li vodorod peroksidli) tampon qo`yiladi. Qon tuxtatuvchi vosita 8-10 
minut mobaynida ushlab turiladi. Shundan keyin pulpa bo`shlig`ining tub sathiga 
kaltsin yoki kalmetsindan tayyorlangan davo qatlami surtiladi, ustiga yumshoq 
steril paxta tampon qo`yilib, suvli dentin pasta yordamida kovak berkitiladi. 5-7 
kunlar mobaynida tish bezovta qilmasa, unga doimiy plomba quyiladp. Buning 
uchun dentin plomba va paxta tampon olib tashlanadi, zaharli ta’sirga ega bo`lgan 
sement yoki amalgamali plomba oldidan kovak tubiga fosfat sementdan 
tayyorlangan himoya qatlami qo`yiladi. Bunday davolash usulining afzallik tomoni 
shundan iboratki, bunda tish ildizi kovagida joylashgan pulpa tirik qoladi. Ildiz 
shakllanishi davom etadi. Davolashdan keyingi bir yil vaqt ichida pulpa 
kovagining toj bilan ildiz qismi oralig`ida yangi hosil bo`lgan dentin ko`prikchani 
rentgen tasvirida ko`rishimiz mumkin. Agar elektroodontodiagnostika kanal 
pulpasining o`lganligidan dalolat bersa, tish boshqatdan davolanadi (ekstirpatsiya 
usuliga karang). 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish