3.9. Yallig`langan pulpani biologik usulda davolash
Davolashning bu usuli tish pulpasining to`liq saqlanishini va xayotiy
faolligini davom ettirishni ta’minlaydi. Quyidagi hollarda bu usul bilan davolash
maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1. O`rta va chuqur kariyes kovagini charxlash paytida bilmagan holda
qo`qqisdan pulpa to`qimasiga jarohat yetkazilganda yoki u ochilib qolganda.
2. Shakllangan va shakllanmagan tishlarda kechadigan qisman o`tkir
(chegaralangan) pulpitda.
3 Ildizi shakllanmagan bir ildizli doimiy tishlarda, umumiy o`tkir pulpitda.
4. Sut va doimiy tishlarda kechadigan surunkali fibroz pulpitda. Agar
periodont to`qimasida o`zgarishlar yuz bermagan va kariyes kovagi Blek buyicha I
sinfga taalluqli bo`lgandagina.
Davolash texnikasi bolalarda klinik belgilarga qarab o`ziga xos bo`lishi
mumkin.
Tish kariyes kovagi charxlanayotgan paytda qo`qqisdan pulpa bo`shlig`i
ochilib qolgan (travmatik pulpit) taqdirda, kariyes kovagiga so`lak tushirmaslikka
harakat qilish zarur. Tezlik bilan kovakni biror iliq antiseptik bilan yuvib quritib,
jarohatlangan sohaga kaltsin yoki kalmetsin pastasidan surtiladi. Kariyes kovagi
suvli dentin bilan vaqtinchalik berkitiladi.(7- rasm,a).
7-Rasm.
Ildizi shakllanmagan sut
tishlarini biologik usulda davolash: a –
ochilgan pulpa jarohatini to`g`ridan-
to`g`ri bekitish: 1-kalmetsin; 2-suvli
dentin qatlami; 3-doimiy plomba; b-
ijobiy natija ildizlar to`liq shakllangan;
v-salbiy natija: 1-pulpa nekrozi; 2-ildiz
cho`qqisi
atrofidagi
suyak
to`qimasining yemirilishi.
Jarohatlangan tish 5-7 kun mobaynida bolani bezovta qilmasa, ikkinchi
qatnovda vaqtinchalik plombani doimiy plomba bilan almashtiriladi (chuqur
kariyes davosiga karalsin).
44
O`tkir pulpitda birinchi murojaat paytida tish kariyes kovagi birmuncha
kengaytirilib ochiladi. Kovak tub sathidagi yumshoq dentin 3-4% li dikainning
suvdagi eritmasi bilan yoki anestezin kristallari yordamida 2-3 minut mobaynida
og`riqsizlantiriladi. Shundan keyin kariyes kovagi tub sathi va devorlaridan
jarohatlangan dentin to`qimasi qavatma-qavat ko`chiriladi. Tish toj bo`shlig`i
kichik sharsimon bor yordamida extiyotkorlik bilan ochiladi. Bu hol umumiy o`tkir
diffuz pulpitda yallig`langan pulpa kovagida yig`ilgan ekssudatning oqib chiqishini
va bir qadar pulpa to`qimasida (qo`yilgan davolovchi plomba ta’sirida) tiklanish
jarayonlarini ta’minlaydi. Qisman (chegaralangan) o`tkir pulpitda toj bo`shlig`ini
ataylab ochish shart emas. Yallig`lanish natijasida hosil bo`lgan pulpa
bo`shlig`idagi ekssudat shakllanmagan bo`lib, anchagina keng ildiz kanallari orqali
sizib oqib, pastga tushishi mumkin. Yupka dentin qavati dentin yo`llari orqali
kovakka qo`yilgan dori diffuz yuli bilan yallig`langan pulpaga bemalol o`tib, ta’sir
ko`rsatadi.
Yuqorida bayon etilgan davo tadbirlari quyidagicha bajariladi.
Tayyorlangan kariyes kovagi iliq antiseptik, mikroblarga qarshi
antibiotiklar, ferment eritmalari bilan yuvilib, mikrobsizlantirilgan (steril) tampon
yordamida quritiladi. Kovak tub sathiga davo qatlami pasta holida qo`yiladi.
Davolovchi pastalar mikroblarga qarshi ta’sir etuvchi moddalar, antibiotiklar,
yallig`lanish jarayonini to`xtatuvchi malxamlar va fermentlardan tayyorlanishi
mumkin. Buning uchun biror antibiotik eritmasidan bir tomchi olinib,
gidrokortizon emulsiyasi bilan aralashtiriladi va unga tripsin yoki boshqa bir oqsil
parchalovchi ferment qo`shiladi. Keng spektr ta’siriga ega bo`lgan antibiotiklarni
ishlatish maqsadga muvofiqdir (neomitsin, eritromitsin, streptomitsin). Davo
qatlami ustidan kovak suvli dentindan hosil qilingan vaqtinchalik plomba bilan
berkitiladi.
Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, davolovchi pasta tayyorlashdan oldin,
albatta boladan yoki ota-onalaridan bola organizmining antibiotiklarga sezgirligini
aniqlash lozim. Chunonchi, ba’zi bir hollarda yo`l qo`yilgan, arzimagan bo`lib
ko`ringan xatoimiz og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Vaqtinchalik plomba qo`yilgan tish 2-3 kun mobaynida bezovta qilmasa,
ikkinchi qatnov vaqtida plomba olib tashlanib, kariyes kovagiga qo`shimcha ishlov
beriladi. Kovak tub sathiga kaltsin yoki kalmetsin pastasidan yupqa qatlam surtilib,
ustiga yumshoq paxta tampon quyiladi va suvli dentin pasta bilan 7-10 kunga
berkitiladi. Shu davr mobaynida kasallangan tish bolani bezovta qilmagan taqdirda
navbatdagi qatnovda kariyes kovagi doimiy plomba bilan berkitiladi va tishning
anatomik shakli tiklanadi.
Surunkali kechadigan fibroz pulpitni biologik usulda davolash bir muncha
oddiyroqdir. Tish kariyes kovagi charxlanib, unga kerakli shakl beriladi.
Kovakning tub sathiga kalmetsin, kaltsindan tayyorlangan yoki bo`lmasa vinilinda
tayyorlangan sun’iy dentin pasta (u Shostakovskiy balzami nomi bilan tanish)
surtilib, issiq havo oqimi yordamida quritiladi. Keyingi qatlamni fosfat sementidan
tayyorlangan ajratuvchi qatlam tashkil etadi. Doimiy plomba sifatida silidontdan
foydalanish mumkin. Doimiy plombani 2-3 sutkadan keyin navbatdagi murojaat
paytida ham qo`yish mumkin. Biologik usulni ildizlari so`rila boshlagan ko`p
45
ildizli (molyar) sut tishlarida qo`llash yaxshi natijalar beradi. Bir katnovda
davolash esa vaqtdan yutishni ta’minlaydi. Bu usulda davolangan tishlarda
periodontda vujudga keladigan asoratlar kamdan-kam holatlarda yuzaga kelishi
mumkin. Bordiyu, shunday vaziyat yuz bersa, davolangan sut gishi olib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |