Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
 
2.13. O`rta va chuqur kariyesini davolash. 
Kariyes jarayonining davolash tadbirini Blek tasnifi (klassifikatsiyasi) nuqtai 
nazaridan tushuntirish maqsadga muvofiqdir. 
I sinf kariyesni davolash.
I sinf kariyes kovagini plombalashda eng yaxshi to`ldirgich bo`lib bugungi 
kunda shishaionomerli(glassionomerli) sementlar hisoblanadi. Bunda kariyes 
kovagining tubiga taglik qo`yish shart emas. Shu sinfga mansub kariyes 
kovaklarini ajratuvchi taglik qo`yib, belodont(belodont) sementidan gayyorlangan 
plomba bilan plombalash ham maqsadga muvofiqdir. 
II sinf kariyesini davolash.
Bunda kichik va katta oziq tishlarning bir-
biriga tegib turgan (kontakt, aproksimal) yuzalari shikastlanadi. Doimiy tishlarda 
bu xil shikastlanish birmuncha keyinroq (10- 12 yoshdan boshlab), fissur 
kariyesidan keyin qayd etiladi. 
4-5 yashar bolalarda ko`pincha tishlar kontakt nuqtasida paydo bo`lgan 
kariyes jaroxati aproksimal yuza bo`ylab kengayib boradi. 
Bunday turdagi kariyes kovagini charxlash paytida kovak kengaytirilib
chaynov yuzasiga olib chiqariladi va qunt bilan shakl beriladi. Tish bo`yin oldi 
yuzasida kovak yassi shaklda ishlanib, tub qismi kirish qismiga nisbatan bir oz 
kengaytiriladi va qo`shimcha yuza, tayanch nuqtalari hosil qilinadi. 
Kontakt yuzalardagi kariyes kovagini plombalashda, albatta matritsa 
(qo`shni tish yuzasi bilan qo`yilayotgan plombaning orasiga qo`yiladigan metall 
plastinka)dan foydalanmoq zarur. Asosiy plomba tagiga qo`yiladigan taglik 
birmuncha suyuqroq qorishtirilsa, uni yupqa qatlam qilib yoyish osonroq bo`ladi. 
Taglik yupqa qavat hosil qilib qo`yilgandan keyin tishlar oralig`iga matritsa - 
ajratgich qo`yiladi. Bir bulak amalgamadan tayyorlangan plomba kichik bo`lak 
holda matritsa orqasiga, ya’ni taglik ustiga qo`yilib, paxtadan tayyorlangan 
dumaloq tampon yog`ochdan yoki metalldan ishlangan maxsus zichlashtirgichlar 
yordamida mustahkamlanadi. 
Doimiy katta oziq tishlar kovagini amalgama, kichik oziq tishlarning kariyes 
kovagini esa evikrol yoki boshqa kompozit materiallar bilan plombalash maqsadga 
muvofiqdir. Sut tishlari molyarlari almashinuviga 1-3 yil vaqt kerak bo`lgan 
taqdirda belodont sementidan plomba qo`yish mumkin. Bola 4-5 yashar bo`lsa 
kariyes kovagiga yaxshi shakl berib, amalgama plombalaridan foydalanish ijobiy 


33 
natijalar beradi. 2-4 yashar bolalarda birinchi oziq tishlardagi kichik hajmdagi 
kariyes kovaklarini fosfat sement(unitsem), laktodont, infantid sementlari ayniqsa 
shishaionomer sementlar(TSemion, Fuji va b.) bilan tagliksiz plombalash mumkin. 
Bu yoshdagi bolalar ko`pchilik hollarda injiq va besaranjom bo`lganliklari tufayli 
shikastlangan yuzaga kerakli shakl bera olmaslik mumkin. Keyinchalik bu 
plombalar yemirilgan yoki yengil shikastlanganda yupqa qatlam hosil bo`ladi, 
shunda kerakli shakl berib, ustidan amalgama plomba qo`yish mumkin. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish