278
Bugungi kunda asosiy stomatologik kasalliklar profilaktikasida og`iz
bo`shlig`i
gigiyenasi eng asosiy, samarali tadbir ekanligi to`liq isbotlangan.
Muntazam ravishda tishlarni tozalash, ularni tish yumshoq karashlaridan tozalab
borish shu bilan birgalikda milklarni mexanik tarzda uqalashini (massajini) amalga
oshirish emalning fiziologik tarzda me’yorida yetilishini ta’minlaydi. Og`iz
bo`shlig`i gigiyenasi tish qattiq to`qimalari xususan
emal qavatini paradont
to`qimalarini fosatlar, kaltsiy, mikroelementlar, ftor
va vitaminlar bilan boyitib,
ularni noxush tashqi muhit ta’sirotlariga nisbatan turg`unligini oshiradi. Tish
tozalash paytida milklarni muntazam mexanik massaji ularda qon aylanishini
yaxshilaydi, shu bilan parodont to`qimasining oziqlanishini kuchaytiradi,
modda
almashinuvini jadallashtiradi. Bugungi kunda yer shari aholisi o`rtasida kariyes
kasalligini keng tarqalganligini inobatga olib, bu kasallikni
bevosita chaqiruvchi
asosiy sabablar og`iz bo`shlig`ida, tishlar yuzasida (karashlar, mikroblar, ovqat
qoldiqlari)
ekanligini nazarda tutsak, og`iz
bo`shlig`i gigiyenasi, tishlarni
muntazam tozalab turish kariyes kasalligini oldini olishda eng asosiy qurol ekanligi
o`z-o`zidan namoyon bo`lishi sir bo`lmay qoladi.
Og`iz
bo`shlig`ining shaxsiy
gigiyenasi-tishlar yuzasidan, milklar sathidan
yumshoq
karashlarni, ovqat qoldiqlarini gigiyenik vositalar yordamida qirtishlab
tozalashdan iborat bo`lgan mexanik va kimyoviy jarayondir.
Bunday tadbirni har
bir inson shaxsan o`zi kuniga ikki marotaba ertalab, nonushtadan so`ng va kechki
uyku oldidan bajarishi maqsadga to`liq muvofiq hisoblanadi.
Og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga muntazam ravishda rioya qilish har bir shaxs
ma’naviyatining asosiy elementlaridan hisoblangan shaxsiy sanitariya madaniyati
saviyasini ham oshiradi. Sanitariya
madaniyati qiyin ish, o`tirib turish, muomala,
nutq, tarbiya madaniyatlari bilan bir qatorda shaxsni kamolotga komil inson
sifatida yetishida, sog`lom
avlod bo`lib vujudga kelishida muhim o`rin tutadi.
Og`iz
bo`shlig`i shaxsiy gigiyenasi tadbirlarini
samarali amalga oshirishda
bugungi kunda juda ko`p gigiyena vositalari va predmetlaridan foydalaniladi.
Og`iz bo`shlig`i gigiyenasini amalga oshirishda zamonoviy vositalardan
foydalanibgina kolmasdan uni qay usulda bajarishni ham hisobga olish joizdir.
Bugunchi kunda tishlarni tish cho`tkasi va pastasi bilan qay yo`sinda tozalashning
qator usullari mavjuddir. Shulardan ayrimlarini quyida keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: