Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Bolalar yoshiga qarab tish cho`tkalarini tavsiya qilish jadvali



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

Bolalar yoshiga qarab tish cho`tkalarini tavsiya qilish jadvali. 
6- jadval 
Bolaning yoshi 
Cho`tka ishchi 
qismining o`lchami (sm) 
Cho`tka tuklarining 
qattiqlik darajasi 


281 
5 yoshgacha 
2,0 
Yumshoq 
va 
juda 
yumshoq 
6-7 yoshgacha 
2,5 
Yumshoq 
va 
juda 
yumshoq 
8-10 yoshgacha 
2,5 – 3,0 
Yumshoqk va qattiqrok 
11 va katta yosh 
3,0 
Qattiqrok, qattiq va juda 
qattiq 
Tish cho`tkasi individual foydalanish asbobi bo`lib, uni har bir shaxs o`zi 
asrab tutish yo`lini bilmogi zarur. Yangi tish cho`tkasini ishlatishdan oldin 
yaxshilab yuvib, ishchi qismi (tuklari)ga sovun surtib stakanga bosh qismini 
yuqoriga qilgan holda bir kechaga qoldirish lozim. Foydalanish oldidan 
sovunlangan tish cho`tkasini oqar suvda yaxshilab yuvib, tish pastasi surtib 
ishlatiladi. 
Mikrobiologik tekshirishlar shuni ko`rsatdiki har qanday tish cho`tkasining 
tuklarida ko`plab mikroorganizmlar mavjud bo`lar ekan. Shuni inobatga olib tish 
cho`tkalarini foydalanilgandan so`ng uzok vaqt mobaynida maxsus g`iloflarda 
saqlash maqsadga muvofiq emasdir. Yorug`lik va havo yetishmovchiligi bunday 
holda saqlangan tish cho`tkalarida mikroorganizmlarning tez ko`payishini 
ta’minlaydi. Bunday hol patogen mikrofloraning ko`payib faolligini oshiradi. 
Tish cho`tkalari o`z elastikligini yo`qotib, tozalash darajasi pasaygan taqdirda 
almashtirilishi lozim. Sun’iy tukli cho`tkalar uchun bu muddat 1-2 oyni tashkil 
etsa, tabiiy tukli tish cho`tkalari uchun bu 3-4 oydir. 
Qattiq va juda qattiq tukli tish cho`tkalarini faqat parodont to`qimasi sog`lom
bo`lgan kishilargagina tavsiya etiladi. Shunda ham bordiyu tish cho`tkasidan 
noto`g`ri foydalanilsa, milklar shikastlanishi va tishlarning siyqalanish hollari 
vujudga kelishi mumkin. 
Yumshoq va o`rtacha qattiqlikdagi tish cho`tkalari tukchalarining 
egiluvchanligi hisobiga tishlar oralig`i, fissuralarga va milk osti sohalariga yaxshi 
kirib borishi natijasida yaxshi tozalash xususiyatiga ega bo`ladi 
Tish cho`tkasining ishchi qismi o`lchamlari tishlarni qay darajada tozalay 
olish samarasini belgilaydi. Qiyin tozalanuvchi sohalarga ham yetib borib, 
tishlarning barcha sathini tozalaydi. Bugungi kunda (bolalar va kattalar uchun) 
kichik o`lchamli bosh qismiga ega bo`lgan tish cho`tkalaridan foydalanish tavsiya 
etiladi. Bunday tish cho`tkalarni og`iz
bo`shlig`ida har tomonlama harakatlantirish 
qulaydir. Tish cho`tkalarining o`lchamlari bolalar uchun 18-25 mm, katta yoshdagi 
kishilar uchun-30 mm gacha bo`lishi kerak. Bunday cho`tkalarda ishchi qismining 
tuklari 3-4 qator bo`lib, tutam-tutam bo`lib joylashgan. 
Zamonaviy tish cho`tkalarining ko`pchiligi ishchi qismidagi tukchalarning har 
xil o`lchamliligi bilan farq qiladi. Bunda uzun tukchalar ishchi qismning periferik - 
chetki sohasida, kalta tukchalar o`rta qismida joylashgan bo`ladi. Bu xildagi tish 
cho`tkalarning tuklari tozalash jarayonida tishlar oralig`idagi bo`shliqka yaxshi 
botib kiradi va kontakt sathlardagi yumshoq karashlarni yaxshi tozalaydi. Shu 
bilan birgalikda milklarni massaj qilib ulardagi qon aylanish jarayonini 
yaxshilaydi. 


282 
Zamonaviy tish cho`tkalarining ayrim turlari 2 qator tukchalarning oziq-ovqat 
sanoatida ishlatiladigan bo`yoq moddasi bilan har xil rangga bo`yalgan holda 
chiqariladi. Vaqt o`tishi bilan bu bo`yalgan soha o`zining rangini yo`qota 
boshlaydi va tish cho`tkasini eskirayotganidan dalolat beradi. Agar tish 
cho`tkasining bo`yalgan qismi 1/2 sohasida rangini yo`qotsa, demak tish 
cho`tkasini almashtirish muddati yetgan, uni almashtirish zarur. Bunday hol har 
kuni 2 marta tish tozalanganda 2-3 oydan so`ng sodir bo`ladi. 
Tish cho`tkalarining dastaklari ham har xil shaklda bo`ladi (to`g`ri, bukilgan, 
qoshiqsimon). Bugungi kunda shunday tish cho`tkalari mavjudki, tish tozalash 
paytida (2-3 minutdan so`ng) ularning rangi o`zgaradi. Bunday tish cho`tkalari 
bolalarga tavsiya qilinadi. Ular tish tozalash vaqtini shunga qarab aniqlashadi. 
Ovoz chiqaruvchi tish cho`tkalari ham tish tozalash vaqtidan darak beradi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish