Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Ko`pirtiruvchi - sirt aktiv moddalar



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

Ko`pirtiruvchi - sirt aktiv moddalar. 
Tish pastalarini tayyorlashda 
ko`pirtiruvchi-sirt aktiv moddalardan-alizarin moyi, lauril sulfat natriy, natriy 
lauril sarkozinat va yog` kislotalar tauridining natriyli tuzi kabilar keng ko`lamda 
ishlatiladi. Tish pastalari tarkibiga kiruvchi komponentlar zararsiz, og`iz shilliq 
pardasiga salbiy ta’sir ko`rsatmaydigan va juda yaxshi ko`piradigan bo`lishi lozim. 
Yaxshi ko`piruvchi tish pastalari tishlar yuzasidan ovqat qoldiqlarini, karashlarni 
tozalashda ancha qulayliklar tug`diradi. 
Bugungi kunda abraziv modda saqlamaydigan, gelsimon tish pastalar ham 
keng ko`lamda ishlanib chiqilmokda (pepsodent, blendomed va x.k.). Bunday tish 
pastalarining asosini faol ko`pirish hususiyatiga ega bo`lgan kremniy ikki oksidi 
tashkil qiladi. Gelsimon tish pastalarining ta’mi juda yaxshi, har xil rangga egadir. 
Lekin tishlarni tozalash darajasi bo`r saqlovchi abraziv moddalarga ega tish 
pastalaridan ancha past. Tish pastalari uzoq muddat turishini inobatga olib, 
ularning buzilmasligini, aynimasligini ta’minlash maqsadida ular tarkibiga 
antiseptik moddalar (timol, triklozan va boshqalar) ham ma’lum miqdorda 
qo`shiladi. 
Biologik aktiv moddalar
(xlorofilli birikmalar, fermentlar, mikroelementlar, 
o`simlik ekstraktlari, vitaminlar-V
Z
, V
6
, RR, S, K va boshqalar) tish pastalarining 
kariyes va parodont kasalliklarini oldini olishda qo`llash uchun imkoniyat yaratadi. 
Kariyes profilaktikasi maqsadida tish pastalari tarkibiga tish emali tarkibiga 
kiruvchi mineral tuzlar va kimyoviy elementlar qo`shiladi. Shulardan tarkibiga ftor 
qo`shilgan tish pastalari kariyes profilaktikasida bugungi kunda muhim o`rin 
egallaydi. Bunday tish tozalash pastalari barcha yoshdagi kishilarga tavsiya 
qilinadi. 
Tish pastalari tarkibiga shu maqsadda natriy ftorid, olovo ftoridi, 
monoftorfosfat, aminoftorid va fosfatlar bilan ishlov berilgan natriy ftor 
birikmalari qo`shiladi. 
Ftorli 
birikmalar 
tishlar 
emal 
qobig`ini 
karashlar 
tarkibidagi 
mikroorganizmlar hosil qilgan kislotalarga nisbatan turg`unligini oshiradi, ularda 
modda almashinuvi jarayonini susaytiradi va remineralizatsiya jarayonini 
kuchaytiradi. Shu narsa izlanishlar natijasida aniqlanganki kariyes profilaktikasini 
amalga, oshirilishida erkin, bog`lanmagan ftor ioni muhim ahamiyat kasb etadi. 
Jaxon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST-VOZ) tavsiyasiga ko`ra tish pastalari 
tarkibida ftor ionlarining miqdori 0,1%dan oshmasligi kerak. Samarali ta’sir 
qiluvchi tish pastalarining har bir grammida 1-3 mg ftorid mavjud bo`ladi. 
Katta yoshdagi kishilarga tavsiya qilinadigan tish pastalari o`z tarkibida 
0,11% dan 0,16% gacha natriy ftor yoki 0,38% dan 1,14% gacha monoftorfosfat 
natriy tutadi. Bolalar uchun tish pastalaridagi ftor birikmalari miqdori 0,023% dan 
oshmasligi zarur. 
Tarkibida natriy ftor, kalsiy ftor va kremniy tutuvchi abrazivli tish tozalash 
pastalari kariyesga qarshi yuqori samarali xususiy fluoristat sistemasini tashkil 
qiluvchi vositalar hisoblanadi "Blendamed" va "Kolgeyt" tish pastalari shular 
qatoriga kiradi. 
Tish karashlarini hosil bo`lishiga qarshilik ko`rsatish, tish toshlari 
kristallarining o`sishini susaytirish maqsadida tish pastalari tarkibiga triklozan 


285 
moddasi qo`shiladi. Triklozan bakteriyalarga qarshi (ayniqsa grammusbat va 
grammanfiy mikroorganizmlarga) kuchli ta’sir ko`rsatib, ularning ko`payishini 
keskin susaytiradi. Bu ta’sirot tish tozalangandan so`ng 12 soatgacha davom etishi 
mumkin. 
Tish pastalari tarkibidagi ftor birikmasi so`lakda erishi natijasida erkin ftor 
moddasi ion shaklida tish emali tarkibiga singib kirib, emalni kislotali 
demineralizatsiya jarayoniga to`sqinlik qiladi. Ftor ioni emal tarkibida kislotalarda 
erimaydigan birikmalar hosil qilishda ishtirok etadi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish