Abraziv moddalar.
Pastalarning tishlarni tozalash samaradorligi ular tarkibiga
kiruvchi abraziv moddalar komponenti hususiyatiga bog`liqdir.
Abraziv moddalar
tishlarni karashlardan tozalash va ularni silliqlash bilan
birgalikda emalning noorganik birikmalari bilan muloqotda ham bo`ladi. Shuni
inobatga olgan holda an’anaviy foydalaniladigan abraziv material bo`lib
hisoblangan-cho`ktirilgan bo`r bilan bir qatorda bugungi kunda dikalsiy fosfat
digidrati, dikalsiy fosfatning monogidrati, suvsiz dikalsiy fosfat, trikalsiy fosfat,
kalsiy pirofosfat, erimaydigan metafosfat natriy, alyuminiy gidrooksidi, kremniy
ikki oksidi, sirkoniy silikat, metilmetakrilatning polimerli birikmalari va boshqalar
shilatiladi. Ko`pgina hollarda cho`ktirilgan bo`r va yuqorida sanab o`tilgan abraziv
moddalardan birortasining aralashmasi ishlatiladi. Shunday aralashmalar
quyidagicha bo`lishi mumkin:
1. bo`r va dikalsiy fosfat
2. bo`r va allyuminiy gidrooksidi
3. bo`r va suvsiz dikalsiy fosfat va x.k.
Har bir abraziv modda o`zining ma’lum disperslik (zarrachalarining o`lchami),
qattiqlik va rN ko`rsatkichiga ega bo`lib, bu ko`rsatkichlar hosil qilinadigan tish
pastalarining, tozalash xususiyati abrazivligi kabi sifatlarini keltirib chiqaradi. Tish
pastalarining hosil qilish jarayonida uning tarkibiga kiruvchi moddalar tish
pastasiga qo`yilgan vazifalardan kelib chiqib tanlanadi.
Biriktiruvchi (gel hosil qiluvchi) moddalar.
Tish pastalarining turg`unligi,
qattiq-yumshoqligi, plastikligi ko`proq biriktiruvchi gidrokolloid moddalarning
fizik va kimyoviy xususiyatlariga bog`liqdir. Zamonaviy tish pastalarini hosil
qilishda ishlatiladigan godrokolloid biriktiruvchi moddalar sun’iy va tabiiy
birikmalar bo`lib hisoblanadi. Tibiiy gidrokalloidlar bo`lib, suv o`tlaridan
olinadigan alginat natriy, karraginat natriy va shu o`simliklar mevasi va shirasi
hisoblanadi.
Sun’iy sintetik gidrokolloidlarga-natriykarboksimetilselyuloza,
selyulozaning metil va etil efirlari kiradi. Bularning barchasi paxta sellulozasi va
poyasining hosilalaridir.
Ko`p atomli spirtlardan-glitserin, polietilenglikol tish pastalari tarkibida
plastik, bir xil konsistensiyadagi massa hosil qilishda muhim rol o`ynaydi. Bunday
xususiyatga ega bo`lgan pastalarni tyubiklarga solish va undan siqib chiqarish
ancha yengil va qulaydir. Mazkur spirtlar tish pastalarini saqlash davrida ularning
namligini saqlaydi va sovuqdan muzlab qolishini oldini oladi. Bundan tashqari
ko`pirishiga yordam berib, ta’mini yaxshilaydi.
284
Do'stlaringiz bilan baham: |