Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Tish kariyesiga qarshi ta’sir ko`rsatuvchi tish pastalari



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

Tish kariyesiga qarshi ta’sir ko`rsatuvchi tish pastalari. 
Bu guruhga kiruvchi tish pastalari o`z tarkibida ftor, fosfor, kaltsiy 
birikmalari tutganligi uchun tish qattiq mineral to`qimalarini (emal, dentin) 
mustahkamlab, to`yintirib, tish karashlarini paydo bo`lishiga yo`l qo`ymasdan, 
ularni kariyesdan muhofaza qiladi. 
Ftorli birikmalardan tish pastalari tarkibiga mono-ftorfosfat natriy, natriy-
ftor, mis-ftorid, organik ftor saqlovchi moddalar qo`shadi. Ftorli tish pastalarini 
hosil qilishda ftor konsentratsiyasiga juda katta ahamiyat beriladi. Samarali ta’sir 
ko`rsatuvchi tish pastalari tarkibidagi ftor miqdori 1 gramm pastada 1-3 
milligrammni tashkil qiladi. Shunday tarkibli tish pastalarini muntazam ishlatish 


289 
kariyes jadalligini o`sishini bolalarda 15-35% gacha pasaytirganligi to`g`risida 
aniq ma’lumotlar mavjud. 
Mazkur tish pastalarining kariyesga qarshi samarali ta’siri avvalambor ularni 
mahalliy qo`llash tish emal qavatining turg`unligini oshirish va tashqi ta’sirotlarga 
berilmasligini ta’minlashdan iborat. 
Ftor ionlari tish emali tarkibiga singib kirib, mustahkam ftorappatit 
sistemasini hosil qiladi. Fosfor-kaltsiy birikmalarini tish qattiq to`qimalariga 
mustahkam birikishii ta’minlaydi, shu bilan birgalikda og`iz mikroflorasini 
o`sishini to`xtatadi va karashlarni hosil bo`lishini oldini oladi. Ftorli tish pastalari 
bolalar yoshida yangi chiqa boshlagan va yorib chiqqan tishlar emal qavatini 
mustahkamlashda muhim ahamiyati kasb etadi. Keyinchalik yosh o`tishi bilan bu 
xususiyat tishlarga nisbatan ancha pasayadi. Shuni nazarda tutgan holda tarkibida 
ftor tutuvchi tish pastalarini bolalar yoshida tavsiya qilish katta samara beradi va 
kariyes o`sishini kamaytiradi. Ushbu guruhga kiruvchi ―Cheburashka‖ tish pastasi 
o`z tarkibida natriy ftor, fosfatlar va mikroelementlar saqlaydi. ―Cheburashka‖ tish 
pastasi bolalar uchun mo`ljalangan bo`lib kariyesga qarshi samarali ta’sir 
ko`rsatadi. Tarkibida ftor saqlovchi tish pastalari qatorida ―Ftorodent‖ pastasi ham 
ma’lum. U o`zining tarkibida natriy ftor birikmasini tutadi va uni kariyes 
profilaktikasi hamda davolashda ishlatish tavsiya qiladi. Bundan tashqari bu tish 
pastasi tishlarda sodir bo`ladigan giperesteziyani susaytiruvchi, tish emali 
kristallarini mustahkamlab, emal qavatning kariyesga nisbatan turg`unligini 
oshiradi. 
Tish emalining mustahkamligini ta’minlovchi omil ftordan tashqari qator 
makro va mikro elementlardan iboartdir. Shuni nazarda tutib o`z tarkibida kaliy bir 
va ikki fosfat, natriy fosfat, glitserofosfat kaltsiy, kaltsiy glyukonat, fosfat 
kislotasining tuzlarini va boshqa makro-mikroelementlar tutvchi tish pastalari ham 
ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari mazkur guruxga kiruvchi bir qancha pastalar 
o`z tarkibida davolovchi xususiyatga ega bo`lgan moddalarni saqlashi ma’lum. 
―Zodiak‖ tish pastasi o`z tarkibida natriy ftor birikmasidan tashqari 
yallig`lanishga qarshi ta’sir etuvchi va regeneratsiyani, epitelizatsiyani 
kuchaytiruvchi xususiyatga ega bo`lgan oblepixa moyi tutadi. Shu xususiyatlarini 
inobatga olib mazkur turdagi pastalarni kariyes profilaktikasida va parodont 
kasalliklarini, og`iz shilliq parda kasalliklarini davolash maqsadida shunday 
bemorlarga tavsiya etish mumkin. 
―Jemchug‖ va ―Arbat‖ tish pastalari fosfat tuzlari saqlovchi davolash 
profilaktik xususiyatga ega bo`lgan og`iz bo`shlig`i shaxsiy gigiyenasining asosiy 
vositalaridan bo`lib hisoblanadi. Mazkur tish yuvish pastalari kariyesdan tishlarni 
muxofaza qilishda, tishlar giperesteziyasiga barxam berishda yuqori samaraga 
egadir. Ular o`z tarkibida glitserofosfat kaltsiy va antiseptiklar tutadi. Bular 
guruxiga ―Kristall‖ va ―Remodent‖ singari tish yuvish pastalari xam kiradi. O`z 
tarkibida fosfat tuzlarini saqlovchi tish pastalarini bugungi kunda uch yo`nalishda 
ishlatish maqsadga muvofiqdir. 
Birinchidan – Bolalar va katta yoshdagi kishilarda kariyes profilaktikasida 
tishlarni muntazam har kuni tozalab turish uchun va applikatsiya(chaplash) uchun. 


290 
Ikkinchidan – fosfat tuzlari tutvchi tish pastalari nokariyes kasalliklarini 
(giperesteziya, siyqalanish, eroziya, ponasimon nuqson, gipoplaziya, flyuoroz) 
davolashda samaralidir. 
Uchinchidan – ortodontik qurilmalar, xususan breket-sistema taquvchi 
bemorlarda har kunlik tishlar tozalanishi va applikatsiya qilinishi demineralizatsiya 
sohalarini sodir bo`lishini oldini oladi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish